Kashfiyotlar va ixtirolar ALOQA QURILMALARI QACHON IXTIRO QILINDI XIX-asrda aloqa sistemasi va mexanizmlari kashf qilish jarayoni anchagina qiyinchiliklar va sekinlik bilan davom etdi. Qadimgi davrlarda odamlar bir biriga maktubni choparlar yoki karvonlar yordamida yetkazar edi. Bundan tashqari biror hodisa haqida bir biriga xabar yuborish uchun signal minoralari, osmonga tutun chiqarish, gulxan yoqish va cherkov qo'ng'iroqlaridan foydalanar edi. Bu usullar faqat yaqin masofa uchun samarali edi, ammo uzoq masofalarga bu usulda xabar yuborishning imkoni yo'q edi. Uzoq masofalarga maktub jo'natish juda ko'p vaqtni talab qilar edi. Masalan: Yevropadan O'rta osiyogacha maktub yetib borishi uchun ber necha oylar vaqt ketgan. Birinchi elektr telegrafi 1837-yilda angliyalik ixtirochi Uilyam Kuk (1806-1879) va Charlz Uitson (1802-1875) yaratdi. Bu telegrafda elektr toki o'tkazgich sim orqali qabul qiluvchiga yetkazilgan. qurilmada signallar qabul qiluvchining strelkasini harakatga keltirib turli harflarni ko'rsatgan va shu usul yordamida har xil axborotlarni uzoq masofaga yetkazish imkoni paydo bo'lgan edi. Ko'plab ixtirochilar odamlarning uzoq masofadan turib bir biri bilan so'zlashish imkonini beruvchi qurilma yaratishga harakat qilishardi. Bunday qurilmani yaratishda Aleksandr Grexem Bell (1847-1922) katta hissa qo'shdi. Aleksandr Bell asli shotlandiyalik bo'lib, AQSHning Boston shahrida yashagan. U avvallari karlar maktabida oqituvchilik qilardi, keyinchalik esa Boston universitetida tahsil oldi. Aleksandr Bell bilan Tomas Uotson (1854-1934) hamkorlikda ishlab uzatuvchi (mikrofon) va qabul qiluvchi (dinamik) dan iborat qurilmani yasashdi. Bu qurilmada mikrofonning vazifasi tovush to'lqinlarini elektr signalga aylantirish. Elektr signal esa boshqa apparatning dinamikiga borib avvalgi tovush to'lqini holatiga keltiriladi. Demak, mikrofon tovushni elektr tokiga aylantirsa, Dinamik esa ana shu tokni qayta tovush to'lqiniga aylantiradi. Birinchi telefondagi so'zlashuv 1876-yil 10-mart kuni bo'lgan. Bellning shimiga kislota quyiladi va u o'z hamkasbiga telefon orqali murojaat etib:- Janob Uotson, siz hozir mening oldimga kela olasizmi, menga kerak bo'ldingiz -deydi. Birinchi telefon stansiyasi 1877-yili Kannikuta (AQSH)da ochildi. Stansiyadagi telefonchilar abonentlarni bir biriga qo'l bilan bog'lab bergan. 1883-yilda Boston va Nyu-York orasida yangi telefon aloqasi yo'lga qo'yildi. Shundan so'ng telefon aloqasi dunyo mamlakatlarida juda tez tarqaldi. Bu ixtironi fan texnikaning katta yutuqlaridan biri desak bo'ladi. Telefon aloqasi to hozirgi kungacha ko'p bosqichlardan o'tdi. Ular kun sayin mukammallashib va takomillashib bormoqda. Odatda ikkita telefon so'zlashuvlarini bog'lash uchun ichida mis sim bo'lgan kabellar ishlatiladi. Bunday kabellar qalinligi 15mm.dan 50 mm.gacha va sig'imi esa 1600x2 gacha bo'lib, ular: mahalliy , shaharlararo va magistral turlarga bo'linadi. Mahalliy turdagi kabellar asosan ATS larni bir biriga bog'laydi. Ular yer osti kanalizatsiyalari orqali o'tkaziladi. Shaharlararo yoki magistral turdagi kabellar ikki shahardagi telefon so'zlashuvlarini bog'laydi. Ular tuzilishi jihatdan ozgina murakkabroq va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
627.43 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
627.43 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:13 ]
Arxiv ichida: pptx