Keksalarni ijtimoiy-tibbiy muhofazasi bo'yicha nazariy qarashlar Malumki qariyalar (gerontoguruh), ularning o'ziga hos xususiyatlari yakka shaxs, kichik guruhlar va ijtimoiy tizimdagi o'rniga karab, o'rganiladi. Birinchi yo'nalishda qarilik boshlanishi bilan shaxsning rivojlanishi tekshiriladi. Tarjimai holining dastlabki bosqichlari va kasbiy aoliyatining kariyaning shaxsiy xarakteriga ta'siri, uning keyingi davrdagi tabiati o'rganiladi. Hayot tarzini o'zgartirish qobiliyati, nizoli vaziyatlarda o'zini tutishi (eng avvalo, avlodlararo nizolarda), ehtiyoj, qiziqishlari tahlil kilinadi. Ikkinchi yo'nalishda qariyaning ishlab chiqarish jamoasida, ko'shnilar orasida, do'stlar, tanishlar, qarindoshlar hamda oila davrasidagi o'rni, vazifasi va bajaradigan ishlari o'rganiladi. Uchinchi yo'nalishda gerontoguruhning jamiyat jarayoniga aralashishi, siyosiy voqealarga ta'siri o'rganiladi. Hozir qarilikni tushunishda ijtimoiy gerontologik nazariyalar bo'yicha quyidagilar alohida diqqatga sazovor: ajralyash, faollik o'z madaniyati va yosh tizimidagi farqlanish. Ajralish nazariyasida (E. Kaminz va U. Xenri) qarilikdan qochib kutulib bo'lmaydigan o'zaro begonalashish, qariyotgan shaxs bilan jamiyat o'rtasidagio'zaro harakatning pasayishi tushuniladi. Buni yana ozod bo'lish nazariyasi deb ham atashadi. Go'yoki qarilik uni jamiyat oldidagi barcha majburiyatlardan ozod kilar emish. Amerikalik sotsiolog Robert Batlerning - eydjeizm (ingliz tilida eydj - yosh) nazariyasi bir hil yoshdagi guruhlarning boshqalariga nisbatan munosabatida kamsitishni anglatadi. Uning fikricha, odatda, eydjeizm Amerika jamiyatida eng past mavqega ega bo'lgan katta yoshdagi guruhga nisbatan ishlatiladi. R.Batlerning kricha, eydjeizm yoshlar va o'rta yoshlilarorasida chuqur ildiz otgan qarilikni yoktirmaslikni aks ettiradi. Ular qarilik, kasalliq, mehnatga layoqatsizlikni yoqtirmaydi va undan jirkanadilar hamda yordamga muhtojlik, foyda keltirmaslik va o'lim qarshisida qo'rquvni his qiladilar. Eydjeizm, ayniqsa, AQSHda kuchli, - deb takidlaydi Smelzer, - chunki u yerda hamma vaqt mahorat, kuch, yoshlik va g'ayrat qadrlangan. Yevropava Yaponiyada esa qariyalarga munosabat buning aksidir. Polyak sotsiologi Helena Izdebskaya 200 talabaning (19 yoshdan 22 yoshgacha) buva va buvilariga munosabatlarini o'rgandi. So'rovda qatnashganlarniig ko'pchiligi ularni yoktirmasliklarini, ularga nisbatan yahshilik tilash, hurmat va mas'uliyat hissi yo'qligini aytgan. Ularning fikriga ko'ra, qariyalar ularga bo'yinturuq bo'lmasliklari kerak qariyalar bilan yaqin qarindoshlari emas, balki davlat, jamiyat shug'ullanishi kerak. Ularning asosiy kismi buva-buvilarning hayot muammolarini qariyalar uyi hal qilishi keraq deya fikr bildirdi. Yillar o'tishi bilan keksalar fel-atvorida, ruhiyatida o'zgarishlar yuz beradi. Qariyaning xatti-harakati va holatini uning yoshiga kdrab baholash mumkin, chunki turli yoshda insoniy fazilatlar har xil bo'ladi. Keksalarning tabiatidagi o'zgarishlar uning ta'sirlanishiing susayishi bilai belgilanadi. Bundan tashqari, bu yoshda ularga hudbinlik hos bo'lib, kim etarli etibor ko'rsatmasa yoki aksincha, etarlilik eng yuqori darajada bo'lsa ham uning barchasiga toqat kilolmaydi. Agar atrofidagilar mehribonlik ko'rsatmasalar, hudbinlar ro'yhatiga kiritiladi. Aytadilarku Hudbin -bu o'zini mendan ko'ra ortikrok yaxshi ko'radigan odam. Shu bois aqliy gerontoguruh - yangi bilimlarni egallashda, kutilmagan sharoitga moslashishda qiyinchiliklar paydo ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.7 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.7 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:14 ]
Arxiv ichida: doc