Keys-stadi - nazariya va amaliyot

Keys-stadi - nazariya va amaliyot

O'quvchilarga / Pedagogika
Keys-stadi - nazariya va amaliyot - rasmi

Material tavsifi

Keys-stadi: nazariya va amaliyot Keys-stadi haqida tushuncha Keys‑stadi inglizcha sase - aniq vaziyat, study - ta'lim co'zlarining birikuvidan hosil qilingan bo'lib, aniq vaziyatlarni o'rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta'lim metodidir. Mazkur metod muammoli ta'lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o'rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o'quv jarayonida malum bir maqsadga erishish yo'li sifatida qo'llanilsa, metod xarakteriga ega bo'ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, malum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o'zida aks ettiradi. Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida ma'lumot Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabida qo'llanilgan. Garvard biznes maktabining o'qituvchilari biznes yo'nalishidagi aspirantura bo'limi uchun to'g'ri keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani yechish uchun biznes maktabining o'qituvchilari tomonidan qo'yilgan dastlabki qadam yetakchi biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menedjerlarning faoliyati, unga ta'sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil hisobot yozish bo'ldi. ma'ruza tinglovchilarga u yoki bu tashkilot to'qnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil ravishda yoki jamoa bo'lib munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yo'nalishidagi ta'lim muassasalarida keng targ'ib etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan mazkur metod tarafdorlari ko'payib bormoqda. XX asrning 50 yillaridan boshlab biznes-keyslar G'arbiy Yevropamamlakatlarida ommalashdi. Yevropaning yetakchi biznes maktablari keys-stadi metodi asosida dars beribgina qolmay, keyslarni yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar. Keys-stadi maktablari Keys turlari Keys - bu yaxlit axborotlar majmui. Qoidaga ko'ra, keys uch qismdan iborat bo'ladi: 1) keysni tahlil etish uchun zarur yordamchi axborotlar; 2) aniq vaziyat bayoni; 3) keys topshirig'i. Bosma holatdagi keys (uni yanada ko'rgazmali bo'lishini ta'minlaydigan grafik, jadval, diagramma, illyustratsiyalarni ham o'z ichiga oladi). Multimedia-keys (so'nggi vaqtlarda keng qo'llashni talab etayotgan. Video keys (film, audio va video materiallardan iborat bo'lishi mumkin). Keys-stadi metodida qo'llaniladigan tahlil (analiz) turlari Keys - stadi metodi quyidagilarni ko'zda tutadi: keys topshirig'ini yozma ko'rinishda tayyorlashni; talabalarning keys topshirig'ini mustaqil o'rganishlari va muhokama etishni; Professor-o'qituvchi rahbarligida auditoriyada hamkorlikda keys-topshirig'ini muhokama etishni; «muhokama yechimdan ham muhim» tamoyiliga rioya etishni. KYeYS-TOPShIRIG'INI BAJARISh JARAYoNIDA QO'LLANILADIGAN STRATYeGIYaLAR Intsident (axborotni qidirish) ma'lumotlarni tahlil etish (ishbop korresponden-tsiya) O'yin tarzida loyihalash Vaziyatli-rolli o'yin Munozara SWOT tahlil Tuzuvchi: Ishmuxamedov R.J. Tuzuvchi: IShMUHAMYeDOV R.J 3. G'oyalar yig'ish va muammoning yechimini izlash (kichik guruhlarda) 2. Asosiy muammoni (o'quv muammosini) ajratib olish va o'rganish (individual va kichik guruhlarda) 1. Keys bilan tanishuv (individual) 4. Keys yechimi uchun taklif etilgan g'oyalarni taqdimoti, tahlil va baholash (o'qituvchi va kichik guruhlar) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 463.57 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:14 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 463.57 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga