Keys-stadi metodi afzalliklari va imkoniyatlari

Keys-stadi metodi afzalliklari va imkoniyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Keys-stadi metodi afzalliklari va imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Keys-stadi metodi: afzalliklari va imkoniyatlari Keys-stadi haqida tushuncha Keys‑stadi inglizcha sase - aniq vaziyat, stadi - ta'lim co'zlarining birikuvidan hosil qilingan bo'lib, aniq vaziyatlarni o'rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta'lim metodidir. Mazkur metod muammoli ta'lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o'rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o'quv jarayonida malum bir maqsadga erishish yo'li sifatida qo'llanilsa, metod xarakteriga ega bo'ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, malum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o'zida aks ettiradi. Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida ma'lumot Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabi (Harvard Business School)da qo'llanilgan. Garvard biznes maktabining o'qituvchilari biznes yo'nalishidagi aspirantura bo'limi uchun to'g'ri keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani yechish uchun biznes maktabining o'qituvchilari tomonidan qo'yilgan dastlabki qadam yetakchi biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menedjerlarning faoliyati, unga ta'sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil hisobot yozish bo'ldi. ma'ruza tinglovchilarga u yoki bu tashkilot to'qnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil ravishda yoki jamoa bo'lib munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yo'nalishidagi ta'lim muassasalarida keng targ'ib etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan mazkur metod tarafdorlari ko'payib bormoqda. XX asrning 50 yillaridan boshlab biznes-keyslar G'arbiy Yevropamamlakatlarida ommalashdi. Yevropaning yetakchi biznes maktablari INSEAD, LBS, HEC, LSE, ESADE va boshqalar keys-stadi metodi asosida dars beribgina qolmay, keyslarni yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar. Keys-stadi maktablari Keyslar tipologiyasi Keyslar tipologiyasi Tuzuvchi: Ishmuxamedov R.J. Tuzuvchi: IShMUHAMYeDOV R.J 3. G'oyalar yig'ish va muammoning yechimini izlash (kichik guruhlarda) 2. Asosiy muammoni (o'quv muammosini) ajratib olish va o'rganish (individual va kichik guruhlarda) 1. Keys bilan tanishuv (individual) 4. Keys yechimi uchun taklif etilgan g'oyalarni taqdimoti, tahlil va baholash (o'qituvchi va kichik guruhlar) 5. Keys yechimi va tavsiyalar (o'qituvchi, kichik guruhlar va individual) Keys-metodini amalga oshirish bosqichlari: KYeYS Keys-texnologiyasini amalga oshiruvchi o'qituvchi faoliyatining bosqichlari 1) tayyorgarlik bosqichi; 2) asosiy bosqich: keys-texnologiyasini amalga oshirish; 3) tahliliy, baholovchi bosqich. Tayyorgarlik bosqichi Auditoriyadan tashqarida bajariladigan murakkab ilmiy-tadqiqotchilik, uslubiy va konstruksiyalash faoliyatini o'z ichiga olib, o'qituvchi harakatlarining quyidagi izchilligi bilan bog'liq bo'ladi: keysni yaratadi (agar tayyor keysdan foydalanilmasa); ta'lim texnologiyasini loyihalashtiradi va rejalashtiradi; o'quvchilarni tayyorlaydi, ularning keys bilan mustaqil ishlashi uchun o'quv va uslubiy ta'minotni ishlab chiqadi. Keys - texnologiyasini loyihalashtirish O'qituvchi harakatlarining izchilligi: Ishchi dasturi asosida o'quv mashg'uloti shakli, turi va vaqtini belgilaydi (amaliy mashg'ulotmustaqil ish o'quv amaliyoti). O'quv mashg'uloti maqsadini oydinlashtiradi, o'quv mashg'ulotidan kutiladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 146.64 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:14 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 146.64 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga