KYeYS-STADI TYeXNOLOGIYaSI Reja: 1. Keys-stadining ahamiyati va mohiyati. 2. Keyslar tipologiyasi. 3. Keys-stadining uslubiy pasporti Tayanch tushunchalar: keys, stadi, tavsifnoma, tipologiya, protsessual tizim, uslubiy pasport, annoattsiya, vaziyat, uslubiy ko'rsatma Keys-stadi texnologiyasi (ingliz tilida case - to'plam, chemodan (chamadon), study - muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) Keys-stadi texnologiyasi talabalarda aniq, real yoki sun'iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. U talabalarni bevosita har qanday mazmunga ega vaziyatni o'rganish va tahlil qilishga o'rgatadi Texnologiyaning asosiy elementlari: ta'lim, boshqarish, muammoni hal qilish, axborotlarni to'plash, ularni o'rganish, ilmiy tahlil, shuningdek, o'qituvchi va talaba o'rtasidagi ta'limiy aloqaning shakl, metod, vositalari hamda o'quv natijalari sanaladi Keys-stadi metodi dastlab 1870 yilda Garvard universitetining huquq maktabi (AQSH)da, 1924 yilda esa Garvard biznes maktabida qo'llanilgan. Hozirda ushbu metod xorijiy mamlakatlarda iqtisodiyot va biznes yo'nalishlarida keng qo'llaniladi. Rossiyada esa u o'tgan asrning 80-yillarida dastlab MDUda, keyinchalik esa boshqa mamlakatlarning ta'lim tizimida ham faol qo'llanila boshlagan Keys-stadining ikki klassik maktabi: 1) Garvard (Amerikada); 2) Manchester (Yevropada) maktablari mavjud. Xorijiy ta'limida keyslarni qo'llashga nisbatan shunday yondashuv mavjud: keys - bu real hayotning bir parchasidir (ingl. True life) Chet ellardagi biznes-maktablarda odatiy vaziyatlarni o'rganishga o'quv vaqtining o'rtacha 25 %dan 90 %gacha bo'lgan qismi ajratiladi. Masalan, Chikago universiteti biznes-maktabida o'quv vaqtining 25 % keyslar ulushiga, Kolumbiya universitetida - 30 %, Uortonda esa - 40 % to'g'ri keladi. Mashg'ulotlarni ushbu uslub bo'yicha o'tkazishga ajratiladigan soatlar soni bo'yicha Garvard yetakchilik qiladi. Oddiy talaba ta'lim davrida 700 tagacha keyslarni ko'rib chiqadi va buning uchun o'quv vaqtining 90 %gacha qismini sarflaydi Metodning imkoniyati: - talabalarda predmetni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqishni, amaliy ko'nikmalarni, vaziyatni tahlil qilish va to'g'ri qaror qabul qilishga nisbatan ijodiy yondashish malakalarini rivojlantiradi; - turli muammoli vaziyatlar va ularni hal qilish asosida bilimlarni faol o'zlashtirishlari uchun imkoniyat yaratadi Keyslar tipologiyasi Keyslar tipologiyasi ta'limiy xarakterdagi keyslarning turlari: - talaba faoliyatini tahlil qilish va baholash imkoniyatini beruvchi keyslar; - muammoning yechimi va qarorlarni tahlil qilishga yo'naltirilgan keyslar; - qaror yoki yaxlit muammoni ifodalovchi keyslar Keys yordamida hosil bo'ladigan ko'nikma va malakalar: Tahliliy ko'nikma (malaka)lar. Amaliy ko'nikma (malaka)lar. Ijodiy ko'nikma (malaka)lar. Muloqot ko'nikma (malaka)lar. Ijtimoiy ko'nikma (malaka)lar. O'z-o'zini tahlil ko'nikma (malaka)lar Keys-stadiga qo'yladigan talablar: maqsad aniq ifoda etilishi; malum darajada murakkab bo'lishi; ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayot va pedagogikaning bir necha jihatlarini yorita olishi; samarali bo'lishi; milliy xususiyatlarni o'zida namoyon eta olishi; biznes, madaniyat, ta'lim yoki boshqa sohalarga oid tipik vaziyatlarni ifodalashi; bugungi kun kun dolzarb bo'lishi; talabalarda tahliliy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
109.11 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:14
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
109.11 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:14 ]
Arxiv ichida: ppt