Kichik guruhlarda aqliy hujum usuli

Kichik guruhlarda aqliy hujum usuli

O'quvchilarga / Pedagogika
Kichik guruhlarda aqliy hujum usuli - rasmi

Material tavsifi

Kichik guruhlarda aqliy hujum usuli: Bu usulda dars o'tilganda qisqa vaqt ichida har xil variantdagi javoblarni va shu mavzuga oid talabalarning mulohazalarini to'plash imkoniyatiga ega. O'qituvchi bergan savolga talabalar tomonidan noto'g'ri javob ham bo'lishi mumkin, lekin unda tanbeh berilmaydi. Usulni yutug'i shundaki, u guruhni birlashtirib , yakdil qiladi. Har bir qatnashchi uning taklifini yozib olishga arziguliki ekanligini sezish uchun imkon beriladi. Guruhning topshiriqdan chalg'ishiga yo'l qo'ymaslik ham muhim. Miya jangida ishtirok etishga o'rganib qolgan guruh ham taklifni yozib borish uchun bir kishini ajratish o'rinlidir. Bu jarayon guruh bilan visual aloqani quvvatlab borish va talabalarning fikrlash jarayoni sur'atlarini pasaytirmaslik uchun o'qituvchiga yordam beradi. AQLIY HUJUM AQLIY HUJUM Aqliy hujum biror muammoni yechishda guruh qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to'plab, ular orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan eng samarali metoddir. Bu metod orqali shaxsni texnik rivojlantirish mumkin. U to'g'ri va ijobiy qo'llanilganda shaxsni erkin, ijodiy fikrlashga o'rgatadi. Aqliy hujum metodining prinsipi quyidagicha: - Siz bir guruh ishtirokchilarini to'playsiz, hamda ular oldiga biror muammoli vaziyatni yechish bo'yicha o'z yechimlarini bildirishlarini so'raysiz. Mazkur ishtirokchilardan hech biri boshqa qatnashuvchilarni g'oyasi, fikrini muhokama qilishi yoki baholashi mumkin emas. Aqliy hujum metodini qo'llashdagi asosiy qoidalar: Bildirilgan g'oya va fikrlar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi; Bildirilgan har qanday g'oya va fikrlar, ular xatto bo'lmagur bo'lsa ham hisobga olinadi; Qancha ko'p g'oya va fikrlar bildirilsa, shuncha yaxshi. Bildirilgan g'oya va fikrlarni to'ldirish va yanada kengaytirish mumkin; G'oya va fikrlarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi Bahs-munozara usuli: Munozara-bahs usulini o'tkazish tartibi: 1. Yetakchi qatnashuvchilarga muammo bo'yicha Aqliy hujum masalasini beradi va uni o'tkazish tartibini belgilaydi; 2. Yetakchi munozara temasini tanlaydi va qatnashuvchilarni taklif qiladi. 3. Yetakchi Aqliy hujum vaqtida bildirgan g'oya va fikrlarini yozib borish uchun kotib tayinlaydi; Bu etapda yetakchi guruh qatnashchilarni har bir a'zosi o'z fikrini bildirishga sharoit yaratib beradi; 4.Yetakchi ikkinchi etapga o'tishdan avval qisqa tanaffus e'lon qiladi.Ikkinchi etapda Aqliy hujum qatnashchilari bildirgan fikr va g'oyalarni gruppalashtirib, ularni tahlil qilishga o'tladi. Tahlil orqali qo'yilgan vazifani eng maqbul yechimini topishga harakat qilinadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.76 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.76 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga