Kichik janrning katta ahamiyati Jo'raxonov Abduahad, dotsent Tez aytishlar o'zbek xalq og'zaki ijodiyotining kichik janrlaridan biridir. Xalqimiz qadim zamonlardan boshlaboq boshqa ko'pgina janrlar qatorida tez aytishlarni ham yaratgan va ularni bolalarga ayttirib, shu bolalar bilan birga zavqlanib kelishgan. Tez aytishlarning qadimiy namunalarini alohida ko'rsatib bera olmasak ham, maqollardek sermazmun va ixcham, ertaklardek didaktik xarakterdagi bu jumlalarni donishmand xalqimiz yaratganligini bilamiz. O'tgan asrning 30- yillariga kelib xalq og'zaki ijodiyotining boshqa namunalari qatori tez aytishlar ham yozib olindi va ayrim to'plamlarga kiritildi. Jumladan, Hodi Zarif tomonidan 1939 yilda nashr etilgan o'zbek folklori kitobiga 12 ta tez aytish va 8 ta so'z o'yini kiritilganligi malum. Tez aytishlarning barchasini bolalar yaratgan deb ayta olmaymiz. Ularning ko'pchiligini katta yoshdagilar, murabbiy va o'qituvchilar yaratgan bo'lishlari ham mumkin. Bizningcha, bolalar tomonidan yaratilgan tez aytishlarda u yoki bu undosh tovular ko'p ishtrok etadilar. Masalan: «Samarqand soyida sasigan sabzini savatga solib sotayotgan Salomova Salimaxonga sog'inchlik salom.» «S» undoshini quyi sinflarning o'quvchilari aytishga, talaffuz qilishga unchalik qiynalmaydilar. Ularga zavq beradigan narsa har bir so'zning albatta «S» tovushi bilan boshlanishidir . Shunga o'xshagan so'z o'yinlaridan talabalar anchaginasini biladilar va aytib yuradilar. Birinchi sinf o'quvchilari harflarni taniy boshlagan paytlarida «O» unlisini vpa «L»undoshini ko'proq takrorlashlari uchun shutovush va harflarning so'o'z tarkibida kelishlarini o'rganishlari, eslab qolishlari uchun quyidagi tez aytishdan foydalanish mumkin «Olim Olimadan olma oladimi?». Keyingi sinflarda ham talabalarning tovush va harflarning birlashib bo'g'inlarni tashkil etishlariga misol tarzida mazkur tez aytishdan foydalanish mumkin. Bir xil o'zakka ega bo'lgan 4 ta so'zning har birini kerakli o'rinlarga qo'yib aytishning o'zi talabaning harflar, tovushlar va so'zlar haqidagi bilimlarini ayni vaqtda uning xotirasini o'stiradi va mustahkamlaydi Fonemalarni talaffuz qilishda qiynaladigan bolalarninig aksariyati «R» tovushini talaffuz qilishga qiyinchilik sezadilar. Yuqoridagi tez aytish esa ana shu qiyinchilikni bartaraf etish uchun yordam beradi. Aytish jarayonida esa bola so'zlarni tez aytishga urinib xatolarga yo'l qo'yadi. Mashqlar natijasida u qanchalik tez talaffuz qilmasin, barcha fonemalarni to'g'ri talaffuz kila oladigan bo'ladi. Bizning maqsadimz tez aytishlar haqida umumiy ma'lumot berish emas balki tez aytishlarning tarbiyaviy ahamiyatlari haqilda qo'proq fikr bildirish, tez aytishlarning mazmun mohiyatlarini o'quvchilarga kengroq tushuntirish orqali bolalarning tabiat va jamiyat haqidagi bilim va tushunchalarini boyitishdan iborat. Shunday tez aytishlar borki, o'zining g'oyaviy ahamiyati bilan maqollardan qolishmaydi. Ularni keng tahlil qilish natijasida o'quvchilarning ongini, dunyo qarashini, umuman olganda, u yoki bu narsa va hodisalarning mohiyatini, tabiat va jamiyatda tutgan o'rnini tushuntirib berish mumkin. Masalan, shunday tez aytish bor: «Qurilishga terak kerak, ko'proq terak ekmoq kerak». O'quvchi manashu tez aytishni bir nafasda ko'proq ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.54 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.54 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:14 ]
Arxiv ichida: doc