M U N D A R I J A KIRISh2 I. BOB. FUTBOL O'YINING PAYDO BO'LIShI VA RIVOJLANISh TARIXI5 I. 1. DUNYoDA VA O'zbekistonDA FUTBOL O'YINING PAYDO BO'LIShI VA RIVOJLANISh TARIXI5 I. 2. FUTBOL O'YINI TYeXNIKASI VA UNI TAVSIFI19 II. BOB. FUTBOL O'YINI TYeXNIKASI VA TAKTIKASI29 II. 1. FUTBOLChILARNI O'YIN TYeXNIKASI VA UNI O'RGATISh USLUBIYoTI29 II. 2. FUTBOL O'YINIDA DARVOZABONNING O'YIN TYeXNIKASI…50 X U L O S A58 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR60 KIRISh Mavzuning dolzarbligi - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining 1996 yil 17-yanvardagi 27-sonli «O'zbekistonda futbolni rivojlan-tirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari tug'risida» gi, 1998 yil 27-maydagi 271-sonli «O'zbekis-tonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari tug'risida»gi qarorlari, 26.01.1996 yildagi O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi xayyatining «O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimidagi o'quvchilar va bolalar o'rtasida bundan buyon futbolni rivoj-lantirish tug'risida» gi qarori, maktab dasturiga futbolni alohida bo'lim bo'lib kiritilishiga asos bo'ldi. Futbol qadimgi o'yinlardan biri builb inglizlar etirof etishicha, Britan orollarida IX asrdayoq juda mashhur bo'lgan. 1863 yil 26 oktyabrda Londonda Angliya futbol uyushmasining tashkil etilishi paytida bu o'yinning 13 moddadan iborat bo'lgan ilk rasmiy qoidalari tasdiqlangan. Keyinchalik bu qoidalar boshqa barcha milliy uyushmalar uchun futbol o'yinining asosi bo'lib koldi. Futbol o'yinining ilk qoidalarida belgilanishicha, maydon uzunligi 200 yard (183 metr)dan, kengligi 100 yard (91 metr)dan oshiq bo'lmasligi kerak. Darvozalar ikki ustundan iborat bo'lib, ular orasida to'sin bo'lmagan va ustunlar orasidagi masofa 8 yard (7,32 m) bo'lgan. 1866 yilda balandlikni cheklash uchun ustunlar orasiga arqon tortib qo'yilgan. Yana 10 yil o'tib, bu arqonni yog'och to'singa almashtirishgan. Futbol o'yindagi turli-xil tarzda uyg'unlashtirilib qo'llaniladigan maxsus usullar to'plami futbol o'yini texnikasini tashkil etadi. Futboldagi texnik usullar futbol o'yinini vujudga keltirish vosita-sidir. Yuksak sport natijalariga erishish ko'p jihatdan futbolchining ana shu turli-xil vositalarni qanchalik to'liq bilishiga, raqib jamoa o'yinchilari qarshilik ko'rsatayotgan, ko'pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o'yin faoliyatidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo'llay bilishga bog'liq. O'yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida futbol texni-kasida muayyan o'zgarishlar bo'ldi. Bu evolyutsiyaning asosiy yo'nalishlari boshning chakka qismi va orqasi bilan zarba berish, to'pni boldir bilan to'xtatish singari nomaqbul usul va usullarni qo'llash ancha kamayib ketdi, oyoq yuzi bilan zarba berish, to'pni son va ko'krakda to'xtatish, to'pni qo'l bilan tashlash (darvozabon texnikasi) kabilardan foydalanish koeffitsien-ti oshdi, aldash harakatlari (fintlar) taraqqiy etib keldi. Hozirgi futboldagi texnik usullar o'yin harakatlari tezligi va aniqligini oshirish uchun kuchdan etarlicha tejab foydalanish imkonini beradigan, biomexanika nuqtai nazaridan maqbul harakatlar tizimi bilan xarakterlanadi. Futbol texnikasini qo'llashga qo'yiladigan bugungi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.72 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.72 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:14 ]
Arxiv ichida: doc