Kichik yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o'ziga xos xususiyatlari

Kichik yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kichik yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

KIRISH «Bolalarimiz bizdan ko'ra dono, aqlli, bilimdon,sog'lom va albatta baxtli bo'lishi kerak.» I. A. Karimov Istiqlol sharofati bilan yurtimizda «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish» yo'lidan borar ekanmiz, jamiyatimizning barcha sohalarida tup o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. O'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal inson qilib tarbiyalash hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqadan foydalanish, bu, kichkintoylarni yoshligidan boshlab musiqaga oshno qilib tarbiyalash demakdir. O'z navbatida shuni aytish kerakki, maktabgacha ta'lim muassasalarida ya'ni, kichik yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o'ziga xos o'rni bor. Prezidentimiz ham, Kuy, qo'shiqqa, san'atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg'u asbobi bo'lmagan, musiqaning hayotbahsh ta'sirini o'z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak, mubolag'a bo'lmaydi- deya musiqiy madaniyatning tarbiyaviy kuchiga yuksak baho beradilar. Ajdodlarimiz ham musiqiy tarbiyaning tarbiyaviy kuchiga yuksak e'tibor bilan qarashgan. Kichik yoshdagi bolalarga berilayotgan musiqiy ta'limning sifati, samaradorligi butkul musiqa rahbari zimmasiga, uning izlanuvchanligi, fidoiyligi, o'z mas'uliyatini qay darajada his etishiga bog'liq. Albatta? Bu sharafli ishda tarbiyachi ham unga ko'makdosh sanaladi. Har bir musiqa rahbari estetik tarbiya berishda o'zi o'qitayotgan fan yuzasidan ta'lim muassasasining tarbiyalanuvchilari shu fanlardan egallashlari lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malakalar mezoni Uchinchi ming yillikning bolasi tayanch dasturi talablari darajasida bo'lishini ta'minlashi kerak. Shunday ekan kichkintoylarning estetik madaniyatini rivojlantirishda musiqaning munosib o'rni borligini hisobga olgan holda dasturlarni shunga mos ravishda tayyorlash kerak. Albatta musiqa rahbarlar tomonidan maktabgacha ta'lim tizimida berilayotgan musiqiy tarbiya kichkintoylarning musiqiy iqtidorini rivojlantirish bilan birgalikda barkamol bo'lib o'sishlarida munosib o'rin tutadi. Mavzuning dolzarbligi. Kichkintoylarning kelajakda estetik jihatdan yetuk bo'lishi uchun maktabgacha ta'lim muassasalarida tasviriy san'at va boshqa fanlar qatori boshlang'ich musiqiy tarbiya ham sifatli berilmog'i lozim. Demak, tarbiyachi kichkintoylarni musiqaga oshno qilishda ta'limning turli usullaridan munosib foydalanishi kerak. Bolalar qo'shiqlarini kichkintoylarga o'rgatishda musiqa rahbari kasbiy malakalarga ega bo'lib mashg'ulotlar jarayonida bolalarni faollashtirish, mustaqil faoliyat ko'rsata oladigan qilib tarbiyalashi lozim. Chunki bolalar kuy-qo'shiqlari, raqslari kelajakda kichkintoylarni jamiyatimizga sodiq farzandlar qilib tarbiyalashda munosib o'rin tutadi. Albatta, estetik tarbiya berishda, kichkintoylar musiqiy madaniyatini shakllantirishda musiqaning tutgan o'rni beqiyosligini hisobga olgan holda bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini Kichik yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o'ziga xos xususiyati deb tanladik. Bitiruv malakaviy ishimiz maqsadi kichik yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning tutgan o'rnini tatqiq qilishdan iborat. Tadqiqotimiz obyekti maktabgacha ta'lim muasasasalaridagi ta'lim jarayoni. Bitiruv malakaviy ishimiz predmeti. Maktabgach ta'lim muassasalari mashg'ulotlari jarayoni. Bitiruv malakaviy ishini bajarish davomida quyidagi vazifalarni amalga oshirishga harakat qildik: Maktabgacha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 650.12 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 650.12 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga