Kimning xati chiroyli tanlovini tashkil etish

Kimning xati chiroyli tanlovini tashkil etish

O'quvchilarga / Pedagogika
Kimning xati chiroyli tanlovini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

KIMNING XATI CHIROYLI TANLOVINI tashkil ETISH To'garak mashg'uloti dars mashg'ulotini takrorlamaydi, balki uni to'ldiradi va takomillashtiradi. Dars tuzilishi va qurilishi jihatidan muayyan qoliplar asosida tashkil etilsa to'garak mashg'ulotida bunday qat'iylik bo'lmaydi. O'quvchi to'garak mashg'ulotida darsda olgan bilimlarga tayangan holda hayotiy tajribalarni ishga soladi. Krossvordlar tuzish va yechish, insho tanlovi o'tkazish, ma'lum bir she'riy asar yoki hikoyaning til xususiyatlari ustida ishlash singari ishlar to'garak mashg'ulotlarining qiziqarli o'tishini ta'minlaydi. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning ona tili faniga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning bo'sh vaqtlarini qiziqarli va maqsadga yo'naltirilgan holda tashkil etish vositasidir. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarga savol-javob kechalari, uchrashuvlar, o'tkir zehnlilar mushoirasi, so'zlar olamiga sayohat, ko'rik-tanlovlar o'tkazish, olimpiadalar, konferensiyalar, albom va devoriy gazeta chiqarish kabilarni kiritish mumkin. Savol-javob kechasida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishadi. Kechaga tayyorgarlik 1-1,5 oy oldin boshlanadi. O'quvchilar maktabda tashkil etilgan qutiga o'zlarini qiziqtirgan savollarni yozib tashlaydilar. Bu savolla mavzu jihatdan har xil bo'lishi mumkin. Masalan, O'rta Osiyo xalqlarining qadimgi yozuvlari qanaqa bo'lgan?, Yozuv qanday kelib chiqqan?, Lotin alifbosiga o'tish bizga nima beradi?, Ko'zi ojizlar qanday yozadi va o'qiydi?, Az - Zamaxshariy kim bo'lgan? kabi. Muayyan vaqt o'tgach, to'garak a'zolari savollarni yig'ib, ularga javob tayyorlaydilar va kechani tashkil etadilar. Uchrashuvlar juda katta tarbiyaviy amaliyotga ega. Unga ona tili darsliklarining mualliflari, mashhur tilshunos-olimlar, hukumat mukofotiga sazovor bo'lgan ona tili o'qituvchilari taklif etilishi mumkin. Ayniqsa, shular orasida maktabning sobiq talabalari bo'lsa, ularni taklif etish juda katta tarbiyaviy ahamityaga ega. O'tkir zehnlilar mushoirasining mavzusi ham 1-1,5 oy oldin e'lon qilinadi. Bellashadigan guruhlar o'zlariga sardor belgilaydilar. Mushoira shartlari asosida har bir guruh mustaqil tayyorgarli ko'radi. Mushoira odatda guruhlarning o'zaro tabrigi bilan boshlanadi. Asosiy qism savol-javobdan iborat. Savollar o'qituvchi yoki bellashayotgan guruhlar tomonidan tuzilishi mumkin. Hakamlar tabrik so'zzi va har bir savol-javobga tegishli ball qo'yishadi hamda ular e'lon qilib boriladi. Mushoira ona tilining muayyan bir bo'limi yoki bir necha kichik mavzularni o'z ichiga olishi mumkin. Masalan, Orfografiya, To'g'ri talaffuz me'yorlari, So'zning shakl va ma'no munosabatlari, So'zlarning o'zaro birikishi, Sodda gap turlari, Qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o'zaro birikishi usullari kabi. So'zlar olamiga sayohat. Bu tadbir o'quvchilarning so'z zahirasini oshirishga qaratilgan tadbirdir. O'quvchilar darsdan keyingi bo'sh vaqtlarida so'zlarning etimologiyasi, ularning leksik ma'nosi olamiga sayohat qilishadi. Tilimizdagi so'zlar juda katta xazina bo'lganligi sababli, o'qituvchi qaysi uyadagi so'zlart (har bir tadbirda taxminan 50-60 so'z) yuzasidan o'quvchilarning tayyorgarlik ko'rishlari lozimligini 10-15 kun oldin ma'lum qiladi va qanday manbalardan foydalanish lozimligini uqtiradi. Ko'rik tanlovlar ham sinfdan tashqari ishlarning muhim turlarida biridir. Bu tadbir vaqt-vaqti bilan o'tkaziladigan tadbir bo'lib, uni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.34 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.34 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga