Kimyo sinf-laboratoriya xonasida baxtsiz hodisalar ro'y berganda ko'rsatiladigan dastlabki yordam

Kimyo sinf-laboratoriya xonasida baxtsiz hodisalar ro'y berganda ko'rsatiladigan dastlabki yordam

O'quvchilarga / Pedagogika
Kimyo sinf-laboratoriya xonasida baxtsiz hodisalar ro'y berganda ko'rsatiladigan dastlabki yordam - rasmi

Material tavsifi

Kimyo sinf-laboratoriya xonasida baxtsiz hodisalar ro'y berganda ko'rsatiladigan dastlabki yordam Maktab kimyo xonasida baxtsiz hodisalar bo'lgan vaqtda shikastlangan kishiga quyidagicha birinchi yordam berish kerak: Agar kishi xushidan ketsa: 1.Toza havo kelib turishini ta'minlash. 2. Yoqa va ko'krak tugmalarini echib, bo'yin va ko'krakni bo'shatish. 3. Bemorning oyoqlarini yuqoriga ko'tarib qo'yish. 4. Yuziga sovuq suv purkab,novshadil spirt hidlatish. Jarohatlanish,shisha tilib ketishi sodir bo'lsa jarohat vodorod peroksidning 3 % li eritmasi bilan yaxshilab yuviladi, shisha siniqlari dezinfeksiya qiluvchi suyuqlikka solib qo'yilgan pinset bilan olib tashlanadi. Jarohat atrofiga yod surkab, bint bilan bog'lanadi. Qon tizillab otilayotgan bo'lsa yara tang'ib bog'lanadi. Bemor vrachga yuboriladi. Ko'z shikastlanganda unga quruq bog'lam qo'yiladi va vrachga yuboriladi. Burundan qon ketganda yoqaning tugmalari bo'shatiladi, qansharga sovuq latta ho'llab qo'yiladi, oyog'iga grelka qo'yiladi. Kuyish. Tananing kuygan joyi kaliy permanganatning 2% li eritmasi bilan yuviladi. Kislota yoki ishqor bilan kuyganda shikast egan joyni kuchli sovuq suv oqimi bilan tez yuvib tashlash kerak. Kislotada kuyganda, kuchsiz choy sodasi eritmasi bilan yuvish, bo'r kukuni sepish lozim. Ishqorda kuyganda, shikastlangan joyni sirka kislotaning kuchsiz eritmasi bilan yuvish kerak. Ko'z kislota yoki ishqorda kuyganda darhol suv bilan yuvib tashlash kerak; a) kislotada kuyganda kaliy bikarbonatning kuchsiz eritmasi bilan yuvish; b) ishqorda kuyganda sirka kislotaning kuchsiz eritmasi bilan yuvish kerak. Bemor vrachga olib boriladi. Fosfor bilan kuyganda shikastlangan joy suvga botiriladi, yaxshilab yuviladi, fosfor bo'laklari olib tashlanadi, so'ngra kuygan joyga mis kuporasining 5%li eritmasi bilan ho'llangan latta qo'yiladi. Bemor vrachga olib boriladi. Zaharlanish. Alkagoliar, aldegidlar bilan zaharlanganda qayt qildiriladi. Bemor havosi toza bo'lgan iliq xonaga olib chiqiladi. Bemorni grelkalar bilan isitiladi.Bazan novshadil spirt hidlatish, issiq quyuq choy, kofe ichirish mumkin. Anilindan zaqarlanganda iloji bo'lsa qayt qildiriladi. Tuxum oqi, issiq achchiq choy ichiriladi. Darhol vrachga murojaat etish lozim. Ammiak teriga tushganda limon sirka, xlorid kislotalarining 5% li eritmasidan quyiladi. Ko'zga tushganda natriy xloridning 0,85%li eritmasi bilan yuviladi. Vrachga yuboriladi. Ichga ketganda bemor qayt qilguncha kislota qo'shilgan suvdan juda ko'p ichiriladi, vrachga olib boriladi. Benzin, benzol. Bu moddalarning bug'i bilan zaharlanganda bemor toza havoga olib chiqiladi. sun'iy nafas oldiriladi va achchiq choy beriladi. Bemor qayt qilishi lozim. Brom. Brom bilan kuyganda karbol kislotaning 1% li eritmasidan qo'yiladi, yog' surtiladi. Bug'i bilan zaharlanganda toza havoga olib chiqiladi, novshadil spirt bug'i aralashgan suv bug'i hidlatiladi. Og'zi orqali zaharlangan bemorga ko'mir, kuydirilgan magneziya, sut, natriy xlorid, natriy tiosulfatning 0,5%li eritmasi ichiriladi. YOD. Og'iz org'ali yod bilan zaharlanganda suyuq kraxmal kleytseri, ko'mir qo'shilgan suv, oqsil qo'shilgan suv ichiriladi. Karbol kislota (fenol). Teriga tushganda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.75 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.75 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga