Kishi hayot tarzining yosh davrlari. Xar bir yosh davrining qisqacha tavsifi Reja: Yosh davrlari psixologiyasi predmeti. Yosh davrlarining rivojlanish bosqichlari. Yosh davrlarini tabakalash nazariyalari. Psixik rivojlanishga ta'sir etuvchi omillar. Yetakchi faoliyat turi tushunchasi. Odamga chaqaloqligidan keksalik davrigacha uning ichki imkoniyati, mayli, iktidori, qobiliyati, aql - zakovati, kizikishi, irodasi, his-tuyg'usi, diqqati va bilish jarayonlarining xususitlariga ko'ra individual munosabatda bo'lish yosh psixologiyasini insonparvarlik g'oyalaridan biridir. Uning muhim xususiyati xar bir davrdagi rivojlanishning o'ziga xos kulay (senzitiv) holatidan unumli foydalanishdir. Xar bir yosh davrining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyaviy ta'sir o'tkazish insonda o'z vaqtida o'zini anglashni vujudga keltiradi. Bolada o'zini anglash tuyg'usi kancha erta uygonsa, shaxsiy nuqtai nazar, o'z huquqini his etish, uzining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo'ladi. ta'limning barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirish yosh psixologiyasining qonuniyatlariga suyanmogi zarur. Shuning uchun xam ta'lim tarbiya ishi bilan shugullanadigan barcha mutaxassislar, jumladan muhandis -pedagoglar yosh davrlari psixologiyasini chuqur bilishlari talab kilinadi. Yosh davrlari psixologiyasi fanining MA'RUZA bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o'quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning) ontogenezda (tug'ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o'zaro munosabati qonuniyatlarini o'rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va xakozolar) rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini (o'yin, o'qish, mehnat kabilar), yer va ayolning jinsiy tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Inson ruhiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi ma'lumotlarni to'plash xam mazkur psixologiyaning mavzu bahsidir. Yosh davrlari psixologiyasi - inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojla-nishning bosqichlari to'g'risidagi fandir. Yosh davrlari psixolo-giyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o'zaro ta'siri xususiyatlarini aniklashdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifani xal qilish bilan amaliy maqsadlarni ruyobga chikaradi: ta'lim - tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi, moddiy nematlarning ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosa-batlarini yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to'g'ri yo'naltirishga, jamoada ijobiy psixologik muhit yaratishga, uzoq umr ko'rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga, ajra-lishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Yosh davrlari psixologiyasi predmeti va qonuniyatlari to'g'risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar nazariyalar mavjud. Ularni juda keng tarkalganlari biogenetik (V. Shtern 1871-1938), sotsiogenetik (K. Levin 1890-1947), bixevioristik (E. Torndayk-1874-1949), psixoanalitik (Z. Freyd - 1856-1939) nazariyalaridir. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishida namoyon bo'ladi. Insonning borliqni (vokelikni) aks ettirishi - faol jarayondir. Malumki, inson zotining rivojlanishi obyektiv borliqka (vokelikka) va uziga faol ta'sir ko'rsatishida sodir bo'ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.82 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.82 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:14 ]
Arxiv ichida: doc