Kitob - mening baxtim

Kitob - mening baxtim

O'quvchilarga / Pedagogika
Kitob - mening baxtim - rasmi

Material tavsifi

Besh ijobiy tashabbus dorisida to'rtinchi yo'nalish yuzasidan Kitob - mening baxtim, Kitob - Ma'naviyatga eltuvchi yo'l Bugungi axborot asrining ilg'or texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmamasak-da, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno bo'lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir. Ko'cha ko'yda, transportlarda qo'llarida kitob tutgan insonlarni ko'rib quvonamiz. Afsuski, ba'zan yoshlar orasida qimmatli vaqtini behuda ishlarga, xususan, haddan tashqari ko'p kompyuter va qo'l telefoni o'yinlarini o'ynash, mazmunsiz filmlarni ko'rishga sarflashlari to'g'ri emas. Buning o'rniga, o'qishdan tashqari o'tadigan vaqtini samarali ishlar uchun rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kunning ma'lum qismlarini foydali kitob mutolaasi uchun ajratish muhim ahamiyatga ega. Chunki, yoshlikda olingan ilm toshga o'yilgan nAQSH yanglig' o'qigan kitobi yillar o'tsa-da hayotda albatta asqotadi. Yapon maktablaridan birida jahon tarixidagi eng buyuk kashfiyot nima, degan so'rovnoma o'tkazilgan ekan. Bu so'rovnomada ishtirok etganlar o'zlari mo'jiza deb bilgan turli narsalarni tilga olishgan: olov, dvigatel, atom bombasi, elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar. Biroq qatnashchilar ichidan 6- sinf o'quvchisining Eng zo'r kashfiyot - kitob deb bildirgan javobi hay'at a'zolariga ma'qul tushgan ekan. Nima sababdan aynan kitob, degan savoliga u Qolganlarning fikrlari ham to'g'ri, lekin kitob bo'lmasa, ularning birortasi ham ixtiro qilinmasdi-ku, deb javob bergan. Buni qarangki, ko'pchilikni xayoliga ham kelmagan ushbu javob chinakam haqiqat ekanligi asta - sekin o'z isbotini topib boryapti. Kitob haqiqatdan ham, mo'jiza, unda keltirilib o'tilgan jumlalar beixtiyor kitobxonga yuqish, unga ruhiy ta'sir o'tkazish, aqliy o'stirish kabi vazifalarni bajarishga qodir . «Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy. Hududlarga kitob yetkazib berish yaxshi. Lekin ularni o'qish, o'qitish yetarli darajada emas. Bolalarimizni bog'cha yoshidan, boshlang'ich sinflardan kichik- kichik kitoblarga o'rgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulg'aytirish zarur. Shundagina jamiyatimizda kitobxonlik muhiti shakllanadi, boshqalar ham kitob o'qishga qaytadi,-deya ta'kidlab o'tgan mamlakatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlarida ham yaqqol aks etgan: Ayni paytda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o'zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do'st bo'lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim bo'ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ'ib qilishga alohida e'tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb yetadi. Globallashuv davrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizga shunchalik singib ketdiki, nafaqat kundalik faoliyatimiz, balkiijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiztasavvur qilib bo'lmaydi. Axborot texnologiyalarining bu qadar jadal taraqqiy etishi kitobxonlikka ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Bugun jahondagi ko'pgina bosma nashrlarning adadi kamayib, ularning onlayn versiyasi ko'proq o'qilmoqda. Dunyoning eng boy kutubxonalarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 924.86 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 924.86 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga