Kitobxonlik madaniyatini oshirishning asosiy omillari

Kitobxonlik madaniyatini oshirishning asosiy omillari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kitobxonlik madaniyatini oshirishning asosiy omillari - rasmi

Material tavsifi

KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRISHNING ASOSIY OMILLARI Xalqimiz turmush tajribasidan ma'lumki, ajdodlarimiz farzand tarbiyasida kitob mutolaasiga alohida e'tibor qaratishgan. Buyuk Navoiy-u Bobur, Amir Temur-u Ulug'bek kabi alloma-yu ijodkorlarimiz, tojdor-u daholarimiz ma'naviyati bolalikdan kitobga mehr qo'yish bilan shakllangan. Ajdodlarimiz xalq ertaklari-yu dostonlarini tinglab tasavvur va tafakkur dunyosini, ruhiyat olamini boyitishgan. Adabiyot durdonalari - xoh xalq og'zaki ijodi namunalari, xoh yozma asarlar bo'lsin - xalqimiz qalbida yurtiga, ona tiliga, oilasiga, vatandoshlariga mehr-muhabbat va sadoqat, milliy g'urur, or-nomus, adolat-u insof, andisha-yu hurmat, olijanoblig-u saxovatpeshalik sifatlari shakllanishida asosiy vosita bo'lib xizmat qilgan. Bunday ma'naviyat durdonalari mutolaa qilingan, tinglangan, eng muhimi, oila davrasida yoki jamoat ichida muhokama qilingan, bahs-u tortishuvlar asosida asarlar mazmun-mohiyati anglangan, anglatilgan. Ahamiyatlisi shundaki, yosh-u qari birday qiziqish bilan ishtirok etadigan bunday davralarda mushohada qilish va mulohaza yuritish, mantiqiy fikrlash qobiliyati, keng dunyoqarash va tafakkur shakllangan, e'tiqod va iroda mustahkamlangan, notiqlik mahorati o'sgan, kishilar ongi ham ma'nan, ham ruhan, ham ilman boyib borgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.12.2020 yildagi 781-sonli qarori 2020 - 2025-YILLARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH VA QO'LLAB-QUVVATLASH MILLIY DASTURINI TASDIQLASH TO'G'RISIDA O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 - 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi uch bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqich - 2020-2021-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo'yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; ikkinchi bosqich - 2022-2023-yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash; uchinchi bosqich - 2024-2025-yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati o'sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash. Buyuk alloma, haqiqiy vatanparvar, yuksak salohiyatli ustoz Najmiddin Kubro Muvaffaqiyatni sa'y-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda ko'rdim degan ekanlar. Har bir ota-ona farzandining nafaqat jismoniy, balki ham aqliy, ham ruhiy, ham ma'naviy tarbiyasiga alohida e'tibor qaratishi, yoshiga mos badiiy kitoblar bilan ta'minlab turishi, o'qigan kitoblari yuzasidan ular bilan fikr almashishi, bolani rag'batlantirib borishi lozim. Kitob va kitobxonlikka eng yuqori darajadagi bu e'tibor bejiz emas, balki mamlakat ertangi kuni, uning egasi bo'lmish yosh avlod ma'naviy olami, rostgo'ylik, mulohazakorlik, adolatpeshalik, illatlarga murosasizlik, mantiqiy fikrlay olish fazilatlaridan havotir taqozosidir. Zero, mutolaaga bog'langan ko'ngil kitobdan behad ulug' ma'naviy ozuqa oladi. Unda yaratilgan obrazlar baxtidan quvonadi, tashvishi, xato va kamchiliklaridan iztirob chekadi, odob-axloq va tarbiyasidan namuna, sabr va matonatidan ruhiy quvvat oladi. Eng yaxshi sovg'a bu - kitob! KITOBNI QADRLAMOQ KERAK, BU TAFAKKUR QASRIGA IZZAT-EHTIROM BILAN QADAM QO'YMOQ LOZIM GERSEN Oila boshliqlari farzandlar taqdiriga bee'tibor bo'lmasliklari, bolalar bilan ularning yoshiga mos kitoblar mutolaasini yo'lga qo'yishlari va o'qilgan asarlar, olingan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 998.74 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 998.74 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga