Kognitiv uslublar va ulardan ta'lim jarayonida foydalanish

Kognitiv uslublar va ulardan ta'lim jarayonida foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Kognitiv uslublar va ulardan ta'lim jarayonida foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Mavzu:Kognitiv uslublar va ulardan ta'lim jarayonida foydalanish R e j a Kognitiv uslub haqida. Tafakkur haqida umumiy tushuncha. Analiz (tahlil) va sintez. Abstraksiyalash, umumlashtirish va aniqlashtirish. Kognitiv uslublar va ulardan ta'lim jarayonida foydalanish. Kognitiv uslub haqida. Kognitiv uslubda mavjud bilimlarni qayta tafakkurlash, ularni o'zlashtirilgan harakat usullari bilan chog'ishtirish, ya'ni g'oyalar tuzish zaruratiga tegishli o'quv maqsadlari kiritiladi. Ular o'qituvchining kundalik faoliyati uchun kerakli hisoblanib, o'quv dasturi va darsliklarda o'z ifodasini topgan. O'qitish maqsadini predmet mazmuni, o'qituvchining faoliyati yoki o'quvchilar orqali aniqlash o'qitishning kutilayotgan natijalari to'g'risida to'liq tasavvurni bermaydi. U to'g'risida faqat o'quvchilarning tashqi faoliyatlari orqali fikr yuritish mumkin. O'qitish natijalarini konkretlashtirishni o'z oldiga maqsad qilib qilib qo'ygan pedagog shu bilan birga o'qitish natijalarining tashqi kuzatilayotgan belgilarini (nutq, harakat) to'liq ifodalashga harakat qiladi. TAFAKKUR HAQIDA TUSHUNCHA, TAFAKKUR VA HISSIY BILISH Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog'liq, muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish uni bavosita va umumlashtirib aks ettirishdan iborat jarayondir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishdan paydo bo'ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi. . Tafakkur qilish davomida tashqi olamni bilish chuqurroq amalga oshiriladi. Buning natijasida narsalar, hodisalar va boshqa shuning kabilar o'rtasidagi murakkab o'zaro bog'lanishlarni ajratish, yechish mumkin bo'ladi. Zarur hollarda turli vositalar qo'llaniladi. Quyidagi uch xil hodisalarni o'rganish davomida vositalar qo'llaniladi. 1. Hozirgi paytda bevosita idrok qilishning imkoni bo'lmagan hodisalarni o'rganish uchun. Bunga tarixiy voqealar, kelajak rejalar, gipotezalar, umuman yoki o'tmishda ruy bergan yoki kelajakda ruy berishi mumkin bo'lgan hodisalarni o'rganish davomida; 2. Sezgi organlarimizning moslashmaganligi sababli bevosita idrok qilishning imkoni bo'lmagan hodisalarni o'rganishda. Bunga misol tariqasida juda kichik zarrachalar, elementlar, inson sezgi organlari sezmaydigan turli to'lqin uzunliklari yoki juda uzoq masofada joylashgan obyektlar (planetalar, yulduzlar va h.k.); 3. Bevosita idrok qilishning imkoni mavjud, ammo vosita qo'llash samarali bo'lgan hollar. Masalan, o'sib turgan daraxtning balandligini trigonometrik funksiyalar yordamida o'lchash, havo haroratini termometr yordamida o'lchash kabilar. YUqoridagilardan ko'rinib turibdiki, hissiy bilish samarali bo'lmay qolgan hollarda tafakkur boshlanadi. Tafakkur hissiy bilish idrok qilish imkonini bermaydigan voqea, hodisalarni ham o'rganish imkonini beradi. Masalan, yorug'lik tezligini o'lchash, o'rganish, uning xossalaridan foydalanish faqat tafakkur orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Qachon tafakkur faoliyati boshlanadi (qachon biz fikrlab boshlaymiz)? Biz doimo fikrlamaymiz. Agar vaziyat bizga tushunarli bo'lsa, etarli hamma ma'lumot va vositalarga ega bo'lsak biz o'ylamaymiz. Tafakkur jarayoni muammo paydo bo'lsa, muammoli vaziyatda paydo bo'ladi. Muammoli vaziyat - biror masalani yechish uchun zarur bilimlar, vosita yoki ma'lumot, malakalarning yetishmasligi bilan bog'liq bo'ladi. Muammoli vaziyatda bizning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.54 MB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:15 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.54 MB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga