Kollej pedagogi shaxsining psixologik xususiyatlari Reja: Kasb-hunar kolleji pedagogi shaxsining faolligi. Pedagogik qobiliyat va uning turlari. Jamoa va guruhlarda munosabatlarni tashkil qilish. guruhda olib boriladigan tabiyaviy va tashkiliy ishlar. Shunday bir kasb borki, jamiyat uchun zarur bo'lgan biror mutaxassis uning ishtiroki va mehnatisiz o'z kasbini mukammal egallab chika olmaydi. Bu -o'qituvchilik kasbidir. o'qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Chunki xar qanday odam xam bu murakkab kasbni egallab ololmaydi. O'zbekiston Respublikasi xalq ta'lim to'g'risidagi qonunda hozirgi zamon o'qituvchisi kaysi sifatlarga ega bo'lishi kerakligi shunday sanab utiladi: - pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; -milliy madaniyat va umum insoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan xam xabardor, ma'naviy barkamol; -O'zbekistonningmustaqil davlat sifatida taraqqiy etishga isxonadigan, vatanparvarlik burchini to'g'ri anglagan, e'tiqodli fukoro; -ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, shuningdek nazariy ilmlarni mukammal egallagan; -o'qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi odam bo'lishiga chin kungildanisxonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga kumaklashadigan; -erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odoblibulmogi darkor. Bundan tashqari hozirgi zamon madaniyatli kishisi ega bo'lishi kerak bo'lgan barcha sifatlarga, jumladan yuksak ma'naviyatga ega bo'lish, fan-texnika taraqqiyoti va undan kundalik turmushda foydalanish yo'llari bilan kizikish, o'z xatti-harakatlari bilin xar jihatdan oilada, mahallada, jamoatchilik o'rtasida ijobiy namuna bula olish va b. mustaqil O'zbekiston Respublikasida o'qituvchilarga gamxurlik qilishning juda ko'p kirralari mavjud, bular «o'qituvchilar kuni» umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi, turli faxriyunvonlar tasis etilganligi,maoshi, turli imtiyozlari va x. O'zbek xalqi kadimdan ustozni ezozlab kelgan xalq bo'lishi bilan shuxrat kozongan. « Ustoz otangdan aziz », « Usta qanday-shogird shunday », « Ustoz bilimli- shogird ilmli » singari xalq makollarida xam o'z ifodasini topgan. Texnika taraqqiyotini jadallashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish sharoitida odamlarning umum ta'lim va kasbiy tayyorgarligiga xarbir kishining mehnatga eng birinchi ijtimoiy burch sifatida ongli, ijodiy munosabatni shakllantirishga nisbatan qo'yiladigan talablar xam oshib bormokda. hozir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan umum ta'lim va hunar ta'limini isloh qilish tadbirlari, ta'lim to'g'risidagi qonun, kadrlar tayyorlash milliy dastur va boshqalar mana shu talablarga javob beradi. Maktab islohotini amalga oshirishda o'qituvchi xal qiluvchi rol uynaydi. Shuni aytish kerakki, milliy dasturda kuzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish suratlari kupjihatdan umum ta'lim va kasb-hunar maktabi o'qituvchisining faolligiga, uning nazariy va amaliy tayyorligi sifatiga va darajasiga bog'liq. hozirgi zamon ijtimoiy vokeligi zamonaviy ishlab chiqarishningilmiy yo'nalishlarining asoslarini, uni intensivlashtirishning yetakchi yo'nalishlarini o'rganishni yanadapuxtarok yulga kuyishni talab etadi. o'quvchilarning kompyuter savodxonligini ta'minlashesa, ayniqsa zarurdir. Umuman ta'limni ishlab chiqarish mehnati bilan kushib olib borish prinsipini yanada tularok ruyobga chiqarishga, ta'lim berish samaradorligini oshirishga, yoshlarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.88 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.88 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: doc