Ko'makchi - rasmi

Material tavsifi

Ko'makchi Reja: Bog'lovchi Yuklamaiar Alohida guruh so'zlari Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so'zga bog'lash uchun xizmat qiJuvchi so'zlar ko'makchi sanaladi. Ko'makchilar xuddi kelishiklar kabi tobe so'zni hokim so'zga bog'lashga xizmat qiladi, o'zidan oldingi so'z bilan bitta so'roqqa javob bo'ladi: siz bilan xamsuhbat bo 'Imasdan avval boshqacha xayolda edim. Ko'makchilar o'zgarmaydi, turlanmaydi yoki yasalmaydi, ma'noli qismlarga ajralmaydi, vosita sabab, maqsad, yo'nalish, qiyos kabi ma'nolarni hosil qiladi. Ko'makchilar qaysi turkumdan o'sib chiqishiga ko'ra sof ko'makchi vavazifadosh ko'makchilarga ajraladi. Sof ko'makchilarga uchun, kabi,sarin, sayin, qadar, uzra, singari, tufayli, haqida kabi ko'makchilar kiradi. Atash ma'nosini tamoman yo'qotib faqat o'zi birikkan so'zni boshqa so'zga tobelantirib bog'lash uchun xizmat qiladigan ko'makchilar sof ko'makchilar deyiladi: Temur tig'i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. Qishloq uzra qorong'ilik cho'kkan. Sof ko'makchilar urg'u olmaydi, urg'u ko'makchi bilan birga kelgan mustaqil so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi. Shuning uchun ko'makchi ohang tomonidan o'zidan oldingi so'z bilan bir butunlikni tashkil qiladi, lekin yozuvda ko'makchi doimo ajratib yoziladi: Buyuk kishilar doim insoniyat uchun qayg'uradi. Bu hoi kun sayin takrorlanib turardi. Ba'zan bilan, uchun, ko'makchilari badiiy uslubda -la, -chun shaklida qo'llaniladi, chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Qalam-la men to'qiyman qo'shiq. Tinchgina yashash-chun tug'ilmaganman. Vazifadosh ko'makchilar ot, ravish yoki fe'ldan o'sib chiqqan so'zlardir. Ularga ost, yon, ust, old, orqa, ro'para, oldin, avval, keyin, so 'zng tomosh, qosh, bo yiab, qaraganda, yarasha, ko 'ra, deya, deb, atab, tortib kabi so'zlar kiradi. Bunday so'zlar ko'makchi vazifasida kelganda atash ma'nosini yo'qotadi ma'lum so'roqqa javob bo'lmaydi. O'zi qo'shilgan so'z bilan birgalikda bir so'roqqa javob bo'ladi va bitta gap bo'lagi vazifasida keladi: Go'ro'g'lining G'irko'k degan oti bor. Bir haftadan keyin ishga tushib ketdi. Dehqonlar to'dasi qishloqqa qarab yugurdi. Anvarotin yostiq ostiga qo'l yugurtirdi. Ko'makchilar yetakchi so'zga bog'lanib unga turli qo'shimcha ma'nolar yuklaydi: sababli, tufayli, uchun ko'makchilari maqsad ma'nosini: Qalamni Salima uchun oldim. tomon, qarab, sari, bo'ylab ko'makchilari yo'nalish ma'nosini; haqida, to'g'risida fikr mavzusi ma'nosini; kabi, singari ko'makchilari o'xshatish ma'nosini qadar ko'makchisi o'xshatish ma'nosini bildiradi. Ko'makchilar uch xil kelishik shaklidagi so'zlarni boshqarib keladi: bosh va qaratqich kelishigidan keyin qo'llaniladigan ko'makchilar; jo'nalish kelishigidan keyin qo'llaniladigan ko'makchilar; 3) chiqish kelishigidan keyin qo'llaniladigan ko'makchilar. Bosh va qaratqich kelishigidan keyin qo'llaniladigan ko'makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, yanglig', sayin, sari, sababli, orqali, tufayli, chog'li, osha, bo'ylab, bo'yicha, uzra, ichra, degan, bo'yi, chamasi, haqida, to'g'risida, hoda ko'makchilari kiradi: Uyi doim do'stlar bilan gavjum.e-avjum. Buvasi eshitsin uchun qattiq yig'ladi. Bu hoi kun sayin takrorlanadi. Ko'l osha uzoqlarga tikildi. Qish bo'yi qiynalishdi. Jo'nalish kelishigidagi so'zlardan keyin qo'llaniladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.73 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.73 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga