Kompyuterli o'qitish texnologiyasi RYeJA: 1.Kompterli o'qitish texnologiyasining mohiyati. 2. ta'lim jarayonida axborot texnologiyalarining tatbiqi. 3. Elektron darsliklar. Kompyuterlashtirilgan o'qitish texnologiyasi - bu kompyuterdan foydalanishga asoslangan o'qitishdir. O'qitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot texnologiyalarning bir turidir. Axborot texnologiyalarda bundan tashqari boshqa axborot vositalari (televideniye, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o'qitish g'oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan bog'liq bo'lgan o'qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning ko'chkisimon o'sishi bilan belgilanadi. Talabalarning individual tabiiy qobiliyatlarini hisobga olib, imkoni boricha maksimal darajadagi axborotni o'zlashtirish faqat kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Yani o'qitishning kompyuter texnologiyasi asosida o'quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga erishish mumkin. O'qitishning kompyuter texnologiyasi, kompyuterning inson individual qobiliyatlariga mosligiga tayanadi. O'qitish jarayonini optimal darajada tezkor boshqarish imkoniyati mavjudligi, bu o'qitishning turining universal muloqoti ko'rinishida ekanligi, psixologik qulayliklari, o'qitishning cheklanmaganligi bilan ajralib turadi. Kompyuterli o'qitish texnologiyasi mazmun jihatdan kompyuter xotirasiga kiritilgan pedagogik dasturiy vositalar bilan farqlanadi. Dasturiy vositalar mavzu, bo'lim yoki butun o'quv fani bo'yicha tuzilishi mumkin va u o'quv materiali o'zlashtirilishi diagnostikasi baholashni va monitoringini ham o'z ichiga oladi. Kompyuterli o'qitish texnologiyasining samaradorligi dasturiy vositalarning ishlab chiqilish darajasi bilan bir qatorda o'quv jarayonini va ishchi o'rinlarini (3.9, 3.10-rasm) to'g'ri tashkil etilganiga bog'liq bo'ladi. 3.9-rasm. Kompyuterli o'qitish texnologiyasini blok-sxemasi 3.10-rasm. Kompyuterli o'qitishning texnologik sxemasi Kompyuterli o'qitish texnologiyasida quyidagilar zarur hisoblanadi: individual o'qitish; muntazam ravishda kompyuter yordamida diagnostik testlar o'tkazish; o'quv maqsadlariga erishilganligini baholash. Kompyuterli o'qitish texnologiyasida o'qitish siklining qayta takrorlanishi eng samarali ta'minlanadi. Bu o'qitish texnologiyasida pedagogning funksiyasi quyidagilardan iborat bo'ladi: dasturiy vositalarni tayyorlash; o'quv jarayonining (o'quv jarayoni grafigi, diagnostika, nazorat) guruh, fan miqyosida tashkil etish; ishchi o'rinlarini tashkil etish, yo'l-yo'riqlar berish, tarmoqni boshqarish; talabalar bilan muloqotda bo'lish, individual o'qitishni ta'minlash. FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO'YXATI «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori». T. 1997. 64 b. Avliyakulov N.X. Zamonaviy o'qitish texnologiyalari. O'quv qo'llanma. -T: 2001. - 68 s. Avliyakulov N.X. Prakticheskie osnovi modulnoy sistemi obucheniya i pedagogikheskoy texnologii. O'quv qo'llanma - Buxara: 2001. - 99 s. Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Kasb-hunar kollejlarida kasbiy fanlarning modulli o'qitish texnologiyalari. O'quv metodik qo'llanma. - T.: Yangi asr avlodi, - 2003. - 88 s. Azizxodjaeva N.N. pedagogikheskie texnologii i pedagogikheskoe masterstvo. - Tashkent: Moliya, 2002. Batishava S.Ya., Shaparinskiy S.A. Osnovi professionalnoy pedagogiki. - M: Visshaya shkola, 1977. - 504 s. Bespalko V.P. Slagaemie pedagogikheskoy texnologii. - M: Nauka, 1989. -192s. Borodina N.V., Samoylova Ye.S. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.46 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.46 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: doc