Konflikt inson hayotining ajralmas tarkibi sifatida konfliktogenlar Reja: Konfliktlarning mazmuni va ularga bo'lgan munosabat. Konfliktlarning kelib chiqish qonuniyatlari, ildizlari va sabablari. Konfliktogen - konfliktga imkon beruvchi, konflikt uchun sharoit yaratuvchi sifatida. Konfliktogenlar eskalatsiyasi va yuzaga kelmasligi uchun shart-sharoitlar. Konfliktlarning mazmuni va ularga bo'lgan munosabat Inson ilk bolalik davridanoq turli nizolar va ziddiyatlar bilan o'zi xohlamagan tarzda to'qnash keladi. Agar o'zimizning bolaligimizni esga olsak, oddiy narsalar ustida juda qattiq qayg'urganimiz, o'z his-tuyg'ularimizga berilib ketib, manfaatlarmiz himoyasi uchun kurashga kirganimizni anglaymiz. Masalan, urishib qolgan bolani o'zimizning ko'chadan o'tishga qo'ymaganimiz, bizga velosipedini bermagan bolani masxara qilishga uringanimiz, keyinroq esa sizning yangi kiygan chiroyli ko'ylagingiz boshqa qizlarning havasini keltirgani, ular sizni qutlash o'rniga namun-cha o'zingga zeb beribsan?! deb piching qilgani, akangiz dars qilayotganida ataylab kassetani baland ovozda qo'yib qo'yganingiz, yoki o'zingiz yaxshi ko'rgan o'yinchoqlaringizni mehmon boladan yashirganingiz mana shunday oddiy konflikt vaziyatlardir. Bularning barchasi kundalik turmushda uchrab turadigan odatdagi nizo va kelishmovchiliklar hisoblanadi. Aytmoqchimizki, ilk bolalikdanoq, biz o'z maqsadlarimizga yetishish uchun boshqalar manfaatlari bilan to'qnashamiz. Ammo ulg'ayganimiz sari ikki xil hodisa yuz beradi. Birinchidan, bolaligimizda bizga katta ta'sir o'tkazgan kelishmovchiliklar ulg'ayganimiz sari bizga e'tiborsiz, kichik, jiddiy bo'lmagan hodisalarga, ba'zan esa kulgili holatlarga aylanadi. Ko'nglimizda, nima uchun shunchalik ko'yingan ekanman, deb o'ylaymiz. Shu oddiy bir narsa menga shunchalik ta'sir qilgan ekanda, deb xulosa qilamiz. Tabiiy ravishda, katta bo'lganimizda yoshligimizda urishgan bolani ko'chamizdan o'tkazmaslik, yoki mehmondan biror narsani yashirish xayolimizga ham kelmaydi. Bolalik davrimizda hammamiz ham juda jo'n narsalar uchun kurashganmiz. Ammo hozir hech qaysi birimiz mehmon boladan o'z o'yinchoqlarimizni, o'yinchoqlar bizga qanchalik qadrli bo'lmasin, yashirib qo'ymaymiz. YA'ni, biz ulg'aygan sari konfliktlarga aqli rasolik va sipolik, sog'lom fikrlilik asosida yondoshamiz. Shubha yo'qki, ulg'aygan insonlar, ya'ni kattalar konfliktlarga kichiklarga nisbatan boshqacharoq yondoshishadi. Ikkinchi tomondan esa, ulg'ayganimiz sari, bizning hayotimizdagi kelishmovchilik, nizo va ziddiyatlar ham o'sib, ulg'ayib, kattaroq mazmun va mohiyat kasb eta boshlaydi. Masalan, siz bir qizni yoqtirib qoldingiz. Ammo u sizga emas, sizning do'stingizga e'tibor qaratdi. Sizni Nima qilish kerak? degan savol qiynaydi. O'sha bola bilan bir chekkaga chiqib, gaplashib olish xayolingizga keladi. Ammo mana shu niyat to'g'rimikin, siz buni bilmaysiz. O'z emotsiyalaringizga bo'ysunasiz. Emotsiyalar esa sizni qasd olishga, baxti chopgan bolani bir o'qitib qo'yishga, orani o'g'il-bolachasiga ochiq qilib olishga chaqiradi. Ammo 17-18 yoshimizdagi bu his-tuyg'ular - 40-50 yoshli odamga jizzakilik, hovliqmalik, o'ylamasdan ish tutish bo'lib ko'rinishi aniq. Chunki, 40-50 yoshli inson ko'ngil ishi qiyin ekanligini, aslida qizni birovni tanlashga majburlab bo'lmasligini, bu uning shaxsiy huquqi ekanligini, shu bilan birga, qiz ko'nglini o'zi tomon og'dirib olish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
930.44 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
930.44 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: docx