Konflikt va uning imkoniyatlari

Konflikt va uning imkoniyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Konflikt va uning imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Konflikt va uning imkoniyatlari Reja: Ziddiyat. Ziddiyatni kuchaytirish. Ziddiyatni pasaytirish. Konfliktning imkoniyatlari. Konfliktning yaratuvganlik imkoniyati. Konfliktning vayron qilish imkoniyati. Konfliktlar tipologiyasi. Ziddiyat. Ziddiyatni kuchaytirish. Ziddiyatni pasaytirish Xitoyliklar hayotdagi har bir vaziyat va holatning ikki ajralmas tarkibiy qismini ta'kidlashadi: bir tomondan, konflikt, albatta odatdagi holatni vayron etadi, va boshqa tarafdan, konflikt, uning kelib chiqishi bilan vaziyatga o'z ta'sirini o'tkazadi, natijada yangi vaziyat vujudga keladi, ana shu yangi vaziyatda esa o'ziga xos ijobiy holat ham mavjud bo'ladi, shu bois konflikt yangi ijobiy o'zgarishlar uchun ham imkon yaratishi mumkin. Konfliktning ijobiy va yaratuvchanlik qobiliyati konflikt vaziyatni siz qanday maqsadlarga ishlata olishingizga bog'liq bo'ladi. Xitoyliklar fikricha, konflikt ikki asosiy tushuncha: vayron etish va yaratuvchanlikning yaxlitligi, yagonaligidan iboratdir. Qadimgi xitoy falsafasida In va Yan tushunchalari mavjud. Ularga ko'ra Yan - oq rang, yaxshi va ijobiy narsalarda iborat bo'lgan, faol birlik, tashqi olamni bilishga qaratilgan va erkaklik belgilaridan iborat bo'lgan voqelikdir. In esa - qora rang, sust bo'lgan, ya'ni faol bo'lmagan birlik, ayollik belgilarini o'zida mujassam etgan, ichki olamni anglashga qaratilgan voqelikdir. Hayot esa, mana shu ikki muhim kategoriya - Yan va In birligi, o'zaro qorishmasi, yagonaligi, uzviyligi, biri birini mutlaqo inkor etmasligi, o'zaro hamkorligidan tashkil topadi. Ularni o'zaro qarama-qarshi qo'yish olamdagi tabiiy mavjud bo'lgan muvozanatni buzishga, uni ichdan qo'porishga olib keladi. Shu bois, qadimgi obidalardan bo'lgan I szin (O'zgarishlar kitobi) da ta'kidlanishicha, Yan va In olamdagi rang-baranglik asosida vujudga keladigan birlikni tashkil etuvchi omillar hisoblangan. Tabiatdagi yorug'lik va qorong'ulik, nur va og'u, yumshoqlik va qattiqlik, tosh va suv, ayol va erkak, kun va tun, osmon va yer, quyosh va oy, issiq va sovuq, yaxshilik va yomonlik kabi qarama-qarshiliklar muvozanati tabiiy bo'lib, ularni o'zaro qarama-qarshi qo'yish emas, ularni o'z holicha qabul qilish kerak. Tabiatdagi evolyutsion taraqqiyot mana shu tabiatan qarama-qarshi bo'lgan birliklarning hamkorlikdagi tabiiy harakatidan iboratdir. Borliqning evolyutsion o'zgarishlari Inning Yanga aylanishi jarayoniga teng keladi. In va Yan tabiatning ikki fundamental asosi hisoblanadi. Ular borliq - makon va kosmosni tashkil qiladi. Ularning o'zaro munosabatlari borliqdagi barcha o'zgarishlarning kelib chiqishi uchun xizmat qiladi. Ular harakati - borliqdagi garmoniyaning negizidir. Aslida, har bir narsa, har bir o'zgarishda Yan va Inning o'zaro qarama-qarshiligi mavjud bo'ladi. Chunki ular ikki qarama-qarshi energiya birligidan iborat bo'lib, ular o'rtasidagi harakat olamdagi barcha dinamik taraqqiyotning asosini tashkil qiladi. Demak, reallik - qarama-qarshi birliklarning o'zaro hamkorlikdagi harakatidan iborat bo'lgan kategoriyadir. Shu bois, Yan va In mustaqil holda mavjud bo'la olmaydi, ulardan birining borligi ikkinchisi bilan solishtirgandagina o'zini namoyon qiladi. Ular o'zaro bir biri bilan aloqadordir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 124.59 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:15 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 124.59 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga