Konfutsiyning pedagogik qarashlari

Konfutsiyning pedagogik qarashlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Konfutsiyning pedagogik qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Maqsad:Xitoy mutafakkiri Konfutsiyning falsafiy va pedagogik-psixologik qarashlarini o'rganish Konfutsiyning pedagogik qarashlari 1.Konfutsiylik haqida umumiy tushuncha 2.Konfutsiylik evolyutsiyasi 3.Konfutsiychilikning asosiy tushunchalari va uning muammolari 4.Konfutsiylik ta'limot sifatida Reja: Konfutsiylik yoki konfutsiychilik - Xitoydagi axloqiy-siyosiy ta'limot; keyinchalik eng ta'sirli 3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm bilan birga). Konfutsiy asos solgan. Konfutsiyning ilk davomchilari - Men-szi (Mek Ke - miloddan avvalgi 371-289), Ven-szi (miloddan avvalgi 6-asr), Xan Fey-szi (miloddan avvalgi 233 yil v.e.), keyingi davrda Fan Chjen (6-asr), Xan Yuy (768-824) va boshqalar. 1.Konfutsiylik haqida umumiy tushuncha Konfutsiylikning ramziy belgisi.Bu atama aslida Xitoyda dastlab Bilimdonlar maktabi, Olimlar maktabi deb atalgan.Konfutsiylik bu G'arbda paydo bo'lgan hisoblanadi. 1-rasm Konfutsiylik uzoq davr mobaynida shakllangandan beri quyidagi bosqichlarga bo'linadi: 1)Ilk konfutsiylik-Konfutsiyning vafotidan keyin uning ko'pchilik shogirdlari tomonidan m.a II asrda shakllantirilgan.Masalan,Xan Fey ilk bor adabiyotga 8 ta yo'nalishni nomlagan,ularning ba'zilari haqida kam ma'lumotlar saqlanib qolgan. 2)Neo-konfutsiylik-Tan sulolasi davridan boshlangan. Taniqli siyosatchi Xan Yu bu ta'limotni sezilarli ravishda o'zgartirgan.XIX asrning oxirida bir nechta yo'nalishlar paydo bo'ladi. 2.Konfutsiylik evolyutsiyasi Konfutsiy ta'limotiga muvofiq, odamlar o'z tabiatlariga ko'ra hammasi bir, faqat tarbiya tufayli ular bir-birlaridan farq qiladilar.Chunonchi, Konfutsiyning e'tirof etishicha, «Odamlar o'z tabiatiga ko'ra bir-birlariga yaqindirlar.Lekin o'zlarining xulq-atvorlari, odatlariga ko'ra bir-birlaridan yiroqdirlar».Konfutsiy - Xitoyning taniqli mutafakkiri.U eramizdan avvalgi 551 yilda kambag'al oilada tug'ildi.Konfutsiy umri davomida, asosan, o'qituvchilik bilan shug'ullanadi. Xitoyda Konfutsiy tuzgan maktab ko'p asrlar davom etdi.Miloddan avvalgi 136 yilda imperator U-Di hukmronlik qilgan davrda Konfutsiy qarashlari rasmiy ravishda ta'limot - tizim deb e'lon qilindi. 3.Konfutsiychilikning asosiy tushunchalari va uning muammolari Shundan keyin Konfutsiy ta'limoti ikki ming yildan ortiq vaqt maboynida hukmron g'oya sifatida davom etdi. Konfutsiyning inson to'g'risidagi fikr-mulohazalarini, shogirdlari bilan suhbatlarini aks ettiruvchi «Suhbatlar va mulohazalar» asarida ko'rishimiz mumkin.Jamiyatda sodir bo'layotgan turli axloqsizliklardan Konfutsiy qattiq tashvishga tushadi, fuqarolarni tarbiyalashga harakat qilib, ularni insof-diyonatga, bir-birlarini hurmat qilishga, atrof-muhit musaffoligini ta'minlashga chorlaydi.Uning tushuntirishicha, insoniylikning turli fazilatlarini o'zida mujassamlashtirgan chinakam inson faqat o'zi uchun emas, balki jamiyat uchun, boshqalar uchun ham yashamog'i darkor. Konfutsiylik mohiyati Insonning insoniyligi, eng avvalo, quyidagi talablarga javob bermog'i darkor. Chunonchi: a) o'zing erishishni orzu qilgan muvaffqiyatlarga boshqalar erishishi uchun har tomonlama ko'mak ber; b) o'zing boshingga tushshini istamagan kulfatlarni boshqalarga ham ravo ko'rma. Konfutsiyning pedagogik qarashlarida jamiyatda mavjud bo'lgan tartib-qoidalarni hurmat qilish ham asosiy o'rinda turgan. Konfutsiyning qarashlari Jamiyatda insonparvarlikka (Jen) asoslangan barcha tartib - intizomlar osmondan tushgan, unga hamma itoat etishi shart deyilgan.Konfutsiy qarashlari - «li» degan tushunchada o'z ifodasini topgan.Jamiyatda «li» bo'lmasa tartib-intizom ham bo'lmaydi, tartib-intizom yo'q joyda esa rivojlanish bo'lmaydi, degan fikr-mulohazalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 587.79 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 587.79 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga