Konstantin Dmitrievich Ushinskiyning pedagogik nazariyasi va didaktik ta'limoti Reja: K.D.Ushinskiyning hayoti va ijodi. K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari. K.D.Ushinskiyning ta'lim metodidagi hizmatlari. 21. Konstantin Dmitrievich Ushinskiyning pedagogik nazariyasi va didaktik ta'limoti Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, «rus o'qituvchilarining o'qituvchisi» Konstitantin Dmitrievich Ushinskiy 1824 yilning 19 fevralida Tula shahrida tug'ildi. Ushinskiy 9 yoshga qadar oilada tarbiyalanib, savod chiqardi. So'ngra Novgorod-Seversk gimnaziyasiga o'qishga kirib, uni 1840 yilda muvaffaqiyatli tamomladi. O'sha yili Moskva dorilfununining yuridik fakultetiga o'qishga kirdi va o'sha davrning mashhur professori Redkinning bevosita rahbarligi ostida ta'lim oldi. Ushinskiy 22 yoshida Yaroslav litseyiga kameralь (yuridik) fanlar professori vazifasini bajaruvchi sifatida xizmatiga kirdi va ish boshladi. U uch yillik dastlabki pedagoglik faoliyatida katta iste'dod egasi ekanini namoyish eta oldi. SHuningdek, Ushinskiy zo'r ishtiyoq bilan o'qituvchilik ishini olib borib, talabalarga havas bilan bilim berishga harakat qildi, ularda ilm-fanga nisbatan qiziqish uyg'otdi, eng muhimi, o'z halqi va ona yurtini jondan sevish, ardoqlash hamda vijdonan halol mehnat qilishga da'vat etdi. Bu yosh va iste'dodli professorning mazmunli ma'ruzalarini litsey talabalari maroq bilan tinglab, chuqur va mustahkam saboq olar edilar. Ushinskiy bolalar mehnati haqida gapirib, insonning to'g'ri rivojlanishidagi zarur shart mehnatdir, deb hisoblagan edi. Uning fikricha «agar tarbiya kishini baxtli qilmoqchi bo'lsa, uni baxt uchun tarbiyalamaslik kerak, balki hayotdagi mehnat uchun tayyorlashi lozim». Tarbiya kishida mehnatga muhabbat va odatni o'stirish kerak. Ushinskiy kishi o'z faoliyatida jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatni birlashtirsa, juda foydali bo'lur edi, deb hisoblaydi. U o'quvchilar mehnati haqida gapirib, «O'qish mehnatdir va mehnat bo'lib qolishi, ammo to'la ma'noli mehnat bo'lishi lozim», - deydi. U ta'limni ovunchoqlik, ko'ngil ochish yo'li bilan o'tkazishga, ba'zi pedagoglarning ta'limni mumkin qadar yengilroq qilishga harakat qilishlariga qarshi chiqdi. Bolalar o'qish davrida mehnatga, qiyinchiliklarni yenga olishga o'rganishlari kerak. Faqat kichkina bolalarnigina o'ynab turib o'qishga o'rgatish mumkin, deb yozadi Ushinskiy. Aqliy mehnat og'ir, o'rganmagan kishini tezda charchatib qo'yadi. SHuning uchun bolalarni kuchi yetadigan ishlar bilan sekin-asta o'rgatish lozim. K.D.Ushinskiyning aqliy mehnatni jismoniy mehnat bilan qo'shib olib borish to'g'risidagi, o'qish va dam olishni to'g'ri tashkil etish haqidagi pedagogik fikrlari hozirgi kunda ham qimmatlidir. K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari pedagogika tarixida o'zining chuqurligi va o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushinskiy ta'limni bolalarning psixologik jihatdan kamol topishlarining yosh bosqichlarini hisobga olishni va ular psixologiyasining xususiyatlarini e'tiborga olib tashkil etish kerakligini talab qildi. Ushinskiy xotira bilan esda saqlab qolish to'g'risida gapirib, unutishning oldini oladigan tez-tez takrorlash yo'li bilan tarbiya oluvchilarda o'z xotiralariga ishonchni mustahkamlash kerak, deb ko'rsatdi. U darsda ko'rsatmalilik tamoyiliga katta ahamiyat berib, psixologik ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: pptx