Koreya va Xitoyda ta'lim-tarbiya jarayonlari

Koreya va Xitoyda ta'lim-tarbiya jarayonlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Koreya va Xitoyda ta'lim-tarbiya jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Koreya va Xitoyda ta'lim-tarbiya jarayonlari Reja: Koreya ta'limining xususiyatlari Oliy ta'lim va uning darajalari Xitoyda boshlang'ish va o'rta ta'lim. Kasbiy ta'lim.Oliy ta'lim va undan keyingi o'qish. Xitoy maktablarining tarixi juda qadimiy davrlarga borib taqaladi. Xitoyda dastlabki maktablar eramizdan ancha ilgari vujudga kelgan. Qadimgi xitoy faylasufi va pedagogi eramizdan avvalgi V-IV asrlarda yashagan Konfutsiy qator ajoyib pedagogik g'oyalarni olg'a surgan va xususiy o'qitishga asos solgan. 1949 yilda xalq inqilobi g'alaba qozonganidan sung Xitoyda savodsizlikni tugatish va maktab ta'limini rivojlantirish borasida keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Xalq ta'limini isloh qilishdagi qarorda bolalar va o'smirlar uchun ham, kattalar uchun ham boshlang'ich hamda o'rta maktablar tarmog'ini yaratish kuzda tutilgan edi. Islohotga muvofiq o'qish muddati boshlang'ich maktabda 5 yil, o'rta maktabda 6 (3-3) yil qilibbelgilandi. Ta'lim sohasida 1958 yildagi uzgartirishlar yaxshi natija bermadi. XKP MK ning 1985 yil 27 mayda qabul qilgan Ta'lim tizimini isloh qilish to'g'risida gi qarori hozirgi bosqichda XXR ta'limini rivojlantirishning muhim omili buldi. 1986 yilda qabul qilingan majburiy ta'lim to'g'risidagi Qonunga ko'ra majburiy ta'limning muddati boshlang'ich va tuliqsiz o'rta maktabda 9 yil, tuliq o'rta maktabda 3 yil qilib belgilandi. Xitoy maktablarida ta'lim putunxua tilida olib boriladi. U xitoy tilining pekin shevasiga asoslangan. Xitoydagi bolalarning bir qismi boshlang'ich maktabga kirishdan oldin bolalar bog'chalarida tayyorlanadilar. Xitoyda sunggi 20 yil mobaynida har qaysi oila bittadan bolaga ega bo'lishi siyosati yurgizilishi sababli o'quvchilar soni ancha kamaydi. Boshlang'ich maktab o'quv rejasiga 9 ta predmet: axloqiy tarbiya, ona tili, arifmetika, jamiyat (tarix, geografiya) tabiatshunoslik, jismoniy tarbiya, ashula va musiqa, badiiy tarbiya, mehnat ta'limi kiritilgan. Ana shu asosiy o'quv predmetlaridan tashqari, haftada 6-8 soat faoliyatning har xil turlariga: mustaqil tayyorlanishga (1-2 soat), sinf majlislari o'tkazishga 1 soat, sport o'yinlariga (2-3 soat), qiziqishlar bo'yicha mashg'ulotlarga (2 soat) ajratiladi. Xitoyda oliy ta'lim jarayonida talabalar uchun ibratli shart-sharoitlar yaratilgan. Avvalo universitetlar kontengentiga mamlakatning demografik holati o'z ta'sirini kursatgan. Masalan: birgina Shanxay universitetining uzida 26 fakultet bo'lib, 33 00 talaba bakalavriat va magistraturada uqiydi. Kupchilik professor-o'qituvchilar AQSH da malaka oshirib kelishadi. Hozirgi kunda universitetda Zamonaviy kommunikatsion va axborot texnologiyalari, Raqamli tizimlar xavfsizligi, Kompyuter grafikasi va WEB dizayn kabi fanlar uqitilmoqda. Oliy ta'lim tizimida o'qitishning kredit tizimi joriy etilgan. Bu omil talabalarning mashg'ulotlarga qatnashishi, mustaqil ishlashi va ilmiy izlanishga jalb etilishiga ijobiy ta'sir etgan. o'qitishning kredit tizimida bakalavr diplomiga ega bo'lish uchun jami 311 kredit yig'ishi kerak. Har bir kredit 10 soat ma'ruza darslari davomida tuplanadi. Amaliy darslardan 20 soat mashg'ulotda 1 kredit tuplanadi. Talabalar o'qishni 4 yilda tugatishi shart emas. Lekin 8 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.37 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.37 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga