Ko'rgazmalilik ahamiyati va boshlang'ich sinflarda qo'llanilishi Ko'rgazmalilik ahamiyati Matematikani o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda o'quvchilarning matematika darslarida texnika vositalaridan, matematik ko'rgazmali qurollar, jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalari tarkib toptiriladi. Ko'rgazmalilik ahamiyati Asta-sekin umumta'lim maktablarining mazmuni tubdan o'zgartirildi, ya'ni ta'limni maktabning maqsad va vazifalariga mos keladigan yangi, ancha takomillashgan izohli-illyustrativ metodi vujudga keltirildi. Izohli-illyustrativ ta'limda o'rganilayotgan obyekt mohiyati izohlanadi, hayotiy faktlar bilan bog'lanadi hamda o'qituvchining ana shu o'rganilayotgan obyektga nisbatan ko'rsatadigan misol va xilma-xil ko'rgazmali qurollari orqali tasdiqlovchi xulosasi bilan yakunlanadi. Ko'rgazmalilik ahamiyati Matematika darslarida «O'yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang'ich sinfda o'rganiladigan ko'plab mavzular bo'yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o'quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Ko'rgazmalilik ahamiyati Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta'limi dasturlaridan, o'quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog'i vositalaridan foydalanib, multimediali ta'lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o'quv fanlarda qo'llash mumkin. Darslarda o'quv va o'yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ko'rgazmalilik ahamiyati Matematika o'qish jarayonida yangi ta'lim texnologiyalaridan foydalanish shaxs komolotini ta'minlashga xizmat qiluvchi mustaqil fikr yuritish, o'z ustida ishlash, faoliyatiga nisbatan ijodiy yondashish kabi xislatlarni ham shaklla nishga zamin yaratadi. Shu yerda bu boradagi ichki imkoniyatlarni ochib berish haqida yuritamiz. Ko'rgazmalilik ahamiyati 1-4 sinflarda joriy etiladigan yangi texnologiya avvalo, fanlar orasidagi bog'liklikni ta'minlash, ortiqcha qiyinchilikni bartaraf etish, o'quvchi faoliyatini to'g'ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, tashabbuskorlik va ijodkorlik muhitini yaratish kabi qator maqsadlarni amalgam oshirish imkonini beradi. Shunday ekan, o'qituvchi darsda turli pedagogik usullardan foydalansa, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida to'siq yo'qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi; kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi; chunki darsda majburiy bilim berish bo'lmay, ilmni ixtiyoriy natijaga olib keladi. Buning uchun quyidagi metodik usullarni tavsiya etaman. Matematik darslari xususiyatidan kelib chiqib, o'yin - musobaqalarni va olimpiada o'yinlarini ajratish mumkin. Musobaqa - o'yinida topshiriqlarni bajarishning tezligi va to'g'riligi etiborga olinsa olimpiada o'yinlarida topshiriqning mazmuni, bajarilish sifati birinchi o'yinga qo'yiladi. Har bir didaktik o'yin o'z navbatida quyidagi komponentlardan tuziladi: o'yin maqsadi, qoidalari, jihozi, mazmuni, natijasi. O'yin maqsadi unung qaysi ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifani bajarishi bilan aniqlanadi. Maqsad o'quvchilarning bilimiga nisbatan aniqlanadi va biror bilimlarni esga tushirish, foydalanish, bilib olish va boshqalar bilan aniqlanadi. Ko'rgazmalilik ahamiyati O'yin qoidalari o'yinni olib borish va unga qatnashish tarkibini aniqlab beradi. Qoidalar o'yin maqsadiga mos holda o'quvchilar faoliyatini tarkibga solish uchun kerak bo'ladi. O'yin mazmuni o'quvchilarning bajarishi kerak bo'lgan harakatlari bilan aniqlanadi, matematika darslarida bu harakatlar ko'proq misol ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.47 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.47 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: ppt