Ko'rishda nuqsoni bor bolalar Ko'rish analizatori yordamida dunyoni idrok etish bolaning ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Tevarak-atrof haqidagi eng kuchli taassurotlar ko'z bilan idrok etiladi. Bola ko'rish qobiliyati orqali narsalarning rangi, shakli, hajmi, harakati, uzoq-yaqinligi, fazodagi o'rni haqida tasavvurga ega bo'ladi. Malumki, ko'rish analizatori nurlarni qabul qiluvchi qism-ko'z olmasi (soqqasi) va uning yordamchi apparatidan ko'zga tushgan tasvirni avval po'stloq osti markazlariga, keyin esa oliy ko'ruv markazlari joylashgan katta miya po'stlog'iga (ensa bo'laklariga) yetkazib beradigan o'tkazuvchi yo'llardan tashkil topgan. Ana shu analizatorning har qanday qismlaridagi o'zgarishlar bolaning ko'rish qobiliyatiga albatta ta'sir ko'rsatadi. Tiflopedagogikada ko'zi ojiz bolalar ko'r (so'qir), yaxshi ko'ra olmaydigan, ko'zi xirabolalar guruhiga bo'linadi. Ko'r bolalarning ko'rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko'rlik) yoki korreksiya qo'llanilganida (ko'zoynak tutilganda) ham ko'rish o'tkirligi 0,04 gacha pasaygan, yani bunday bolalar amalda ko'r bo'ladi. Zaif ko'ruvchi bolalarda ko'rish o'tkirligi 0,05 dan to 0,4 gacha bo'lishi mumkin. Ushbu guruhdagi bolalar tevarak-atrofni ko'rish analizatori orqali idrok etadi. Ko'rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko'ra tug'ma va orttirilgan bo'ladi. Tug'ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar (masalan, tug'ma kataraktaning bazi shakllari va boshqalar), homilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha kasalliklari bilan og'rishi, homila ko'rish organlarining embrional rivojlanish paytda zararlanishi, miya o'smasi va shu kabi kasalliklar katta rol o'ynaydi. Orttirilgan ko'rish anomaliyalari hozirgi kunda nisbatan kam uchraydi. Aholiga davolash-profilaktika, oftalmologiya yordamining yaxshilangani tibbiyot sohasidagi katta yutuqlar qo'lga kiritilgani munosabati bilan zaif ko'ruvchi bolalar ancha kamaydi. Traxoma, chechak, so'zak, ko'z sili, skarlatina va boshqa kasalliklar oqibatida bolalarning ko'r yoki zaif ko'ruvchi bo'lib qolish hodisalariga deyarli tamomila barham berildi. Ko'z ojizligi, yani ko'rish nuqsonlari zo'rayib boradigan va bir xil turadigan (muqim) bo'ladi. Zo'rayib boradigan xili kun sayin og'irlashib, bora-bora ko'rlikka olib keladi. Muqim xili esa turg'un bo'ladi, bolaning ko'rish darajasi doim bir xilda turaveradi. Ko'rish qobiliyatining zo'rayib boradigan zaifligi, ko'ksuv, yani glaukoma kasalligi (ko'z ichki bosimining ko'tarilib ketishi) ko'ruv nervi atrofiyasi, to'r parda (ko'zning yorug'likni qabul qiladigan qismi) distrofiyasi (aynishi) ga bog'liq bo'lib, bolaning har qanday rivojlanish davrida vujudga kelishi mumkin. gigiyenik talablarga rioya qilmaslik refraksiya anomaliyalar bilan bog'liq bo'lgan ko'z kamchiliklari zo'rayib borishiga ham olib keladi (faqat yaqindan yoki uzoqdan ko'rishga). Yosh go'daklarda bazan ko'zga oid tug'ma nuqsonlar xam uchraydi: kriptoftalm - ko'z olmasi, qovoqlarining tug'ilishdan rivojlanmay qolgani; mikroblefaron -ko'z qovoqlar kaltaligi tufayli ko'zning yumilmay turishi, koloboma - ko'z qovoqlarining nuqsoni va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday kamchiliklarning ko'pchiligini jarrohlik yo'li bilan davolab, ularni bartaraf etsa bo'ladi. Ko'zi ojiz, so'qir bolalar ko'r tug'ilgan va ko'r bo'lib qolgan bolalar deb ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
313.42 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
313.42 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: ppt