Korreksion pedagogika va logopediya kursining maqsadi va vazifalari

Korreksion pedagogika va logopediya kursining maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Korreksion pedagogika va logopediya kursining maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Reja 1. Maktabgacha tarbiya muassasining asosiy maqsadi, vazifalari. 2. Bola huquqlari haqidagi konvensiya 3. Korreksion pedagogika fanining maqsadi va vazifalari. 4. Alohida yordamga muhtoj bolalar 5. Alohida yordamga muhtoj bolalar uchun diffrensial va integratsiyalashgan ta'limni tashkil etish. «Uchinchi ming yillikning bolasi» kitobidagi tayanch dasturida «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari» asosida maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ishlarning vazifasi, mazmuni yoritilgan. Dasturning VI bo'limi Maktabga tayyorlov davrideb nomlangan. Ushbu bo'limda 6-7 yoshli bolalarni jismonan rivojlantirish, nutqi va tafakkurini rivojlantirish va ularni ma'nan rivojlantirish bo'yicha olib boriladigan ishlarning mazmuniga qo'yilgan talablar yoritilgan. Dasturning «Bolalarni ma'nan rivojlantirish» qismida: -savollarga javob berish, turli mavzularda fikr bayon qilish hamda atrofdagi odamlarning she'r, ertak va hikoyalarida bayon etilgan, rasm, multfilm, kinofilmlarda ifodalangan fikrni anglash, ularning mazmunini qayta so'zlab bera olish ; -nutq tovushlarini to'g'ri talaffuz qilish. Fikrni grammatik jihatdan aniq bayon qila olish; -so'zda tovushlarning ketma-ketligini farqlash, bo'g'in va so'zlarni to'g'ri tuzish, eshitgan nutq tovushlarini farqlay olish; -bosma harflarni o'zaro farqlay olish, nutq tovushi bilan harfni bir biridan farqlay olish; -ertak, hikoya, maqol va topishmoqlar obrazliligini his eta olish; -ifodali tarzda she'r ayta olish va boshqa talablar qo'yilgan. Bolaning maktabga tayyorlash guruhiga o'tishi uni alohida mavqega qo'yadi : u o'zini yangi hayot-maktab hayoti bo'sag'asida turganligini anglaydi; u endi tarbiyachisini o'qituvchi deb biladi. Bolaning mashg'ulotlardan tashqari vaqtdagi jamoa faoliyatlarida o'zini-o'zi tashkil etish va bir-birini nazorat qilish kuchayib boradi. Bolalarning jamoa fikrlari va umumiy oddiy talablari paydo bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar o'rtasida mashg'ulotlar, shuningdek, didaktik o'yinlar, qoidali o'yinlar va harakatli o'yin- musobaqalar tobora ko'proq ahamiyat qozonadi. Bola o'yin bilan jiddiy ish o'rtasidagi farqni tushunib oladi, qachon va qayerda o'ynash, jiddiy ish bilan shug'ullanish kerakligini bilib olgan bo'ladi. U oilasida va bolalar bog'chasida o'ziga topshirilgan muayyan vazifalarni bajaradi. Bunda katta yoshdagi kishilarning bolalar mehnati natijalariga, bu mehnatning tevarak-atrofdagi kishilar uchun bo'lgan ahamiyatiga tegishli baho berishlari, bolaning o'z tashabbusi bilan biron ishni boshlab yuborish istagini maqullashlari muhimdir. Bolaning bilish faoliyati murakkabroq tus ola boshlaydi, idrok qilishi muayyan maqsadga yo'nala boshlaydi. Turli narsalar yoki ularning tasvirlari bilan muntazam ravishda tanishib borish natijasida bolaning muayyan vazifaga bo'ysundirilgan kuzatuvchangligi oshib boradi. Idrokning o'sishiga rahbarlik qilinsa, maktabgacha tarbiya yoshi oxirida bolada muhim sensor qobiliyatlar: ko'z bilan aniq chamalab bilish, proporsiyalarga ko'rib turib baho berish, fonematik o'quvlari va musiqa tovushlarini to'g'ri idrok etish va ayta bilish qobiliyatlari paydo bo'lib boradi. Bola kuyning harakatini, tovushlarning pasayishi va yuqorilanishini, balandligi va uzunligi har xil bo'lgan tovushlarni, ashula aytish va she'r o'qish tempining o'zgarib turishini farq qilish va buni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.54 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.54 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga