Korxona aktivlarini boshqarish

Korxona aktivlarini boshqarish

O'quvchilarga / Pedagogika
Korxona aktivlarini boshqarish - rasmi

Material tavsifi

Korxona aktivlarini boshqarish Reja: Korxona aktivlarining mazmuni. Korxona aktivlarining turkumlanishi Aylanma kapitalni baholash shakli va tartibi Korxonaning aylanma mablag'larini boshqarish Debitorlik qarzlari va ularni boshqarish Korxona aktivlarining mazmuni. Korxona aktivlarining turkumlanishi Korxona ixtiyoridagi iqtisodiy resurslar korxonaning aktivlari deb ataladi. Aktivlarning eng muhim xususiyati shundaki, ular joriy davrda va (yoki) kelajakda korxonaga iqtisodiy naf keltiradi. O'z navbatida bu iqtisodiy naf korxona aktivlarining ko'payishida yoki iqtisodiy majburiyatlarning kamayishida ifodalanadi. Korxonaning joriy davrda iqtisodiy naf keltiruvchi aktivlari joriy (qisqa muddatli) aktivlarni tashkil etadi. Joriy davrdan tashqarida naf keltiruvchi aktivlar esa, uzoq muddatli aktivlar deb yuritiladi. Joriy aktivlarda mujassamlashgan mablag'lar korxonaning aylanma mablag'laridir. Uzoq muddatli aktivlarda mujassamlashgan mablag'larni ba'zan oborotdan tashqaridagi aktivlar deb aytadilar. Ularning qaytadan pul resurslariga aylanishi aylanma mablag'larga nisbatan ancha sekin kechadi. Korxona kapitalining uzoq muddatli aktivlarni shakllantirishni moliyalash uchun xizmat qilayotgan qismi asosiy kapitalni tashkil etadi. Uzoq muddatli aktivlar tarkibiga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy qo'yilmalar, kapital qo'yilmalar va uzoq muddatli debitorlik qarzlari kiritiladi. Xo'jalik amaliyotida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga bir yildan ko'proq muddat xizmat qiladigan, ishlab chiqarish, tijorat yoki ma'muriy maqsadlar uchun foydalaniladigan, qayta sotish uchun mo'ljallanmagan aktivlar kiritiladi. Qiymatining mahsulot tannarxiga yoki davr xarajatlari tarkibiga o'tib borishi xususiyatlariga ko'ra uzoq muddatli moddiy aktivlar uch guruhga bo'linadi: amortizatsiya qilinadigan moddiy aktivlar (binolar, uskunalar va boshqa shu kabilar); yemirilishga tegishli bo'lgan moddiy aktivlar (foydali qazilmalar, o'rmon boyliklari); yemirilishga tegishli bo'lmagan va amortizatsiya qilinmaydigan moddiy aktivlar (yer). Asosiy vositalar hisoblanmaydigan boshqa tahlil qilinadigan aktivlar qatoriga tugallanmagan qurilish, eskirish qiymati bilan nomoddiy aktivlar va boshqalar kiritiladi. Moliyaviy menejmentning asosiy vazifasi asosiy mablag'lar tahlil ko'rsatkichlarining o'zgarish dinamikasiga asoslangan holda ularni moliyalashtirishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlashdir. Korxonalarda joriy aktivlarni boshqarish aktivlarni boshqarish tizimining muhim bo'g'inlaridan biri sanaladi. Joriy aktivlar ko'p hollarda aylanma mablag'lar yoki aylanma kapital deb ham yuritiladi. Umuman olganda korxonalarning aylanma mablag'lari - bu uning joriy aktivlariga qo'yilgan kapitallarning qismi hisoblanadi. Korxona aylanma mablag'larining tarkibi va ularni boshqarish masalalari alohida keltiriladi. Asosiy va aylanma kapitalning bir qismi moliyaviy mablag'lar yoki moliyaviy aktivlar ko'rinishida bo'ladi. Shu o'rinda kapital atamasi korxona aktivlarini ta'riflashda ishlatilishi bilan birga korxona balansi passivida mablag'lar kelib o'z manbalarini ko'rsatish uchun (qarz yoki chetdan jalb etilgan manbalardan farqli ravishda) ham qo'llaniladi. Lekin kapital atamasi ikkala holda ikki xil ma'noda keladi. Birinchisida kapital boylikning o'zini ifodalasa, ikkinchisida boylikning manbaini ifodalaydi. Moliyaviy aktivlar. Investitsion aktivlar. Iqtisodiyot subyektlari daromadlari bir qismi jamg'armaga aylanadi. Jamg'armalar esa investitsiyalarning manbai bo'lib xizmat qiladi. Investitsiya vositasida ishlab chiqarish kengaytiriladi, texnik va texnologik jihatdan takomillashtiriladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 121.12 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 121.12 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga