Korxona ishlab chiqarish strukturasi va uning rivojlanish omillari Reja: 1. Ishlab chiqarish strukturasi 2. Ishlab chiqarish strukturasining rivojlanish omillari. Ishlab chiqarish strukturasi. Korxona ishlab chiqarish (tuzilmasi) strukturasi bu sistema kirishi ni, biznes - rejada bajarilishi kerak tayyor mahsulot parametrlarini yani chiqishi ni qayta ishlashini ta'minlaydigan asosiy yordamchi va xizmat ko'rsatuvchi bo'linmalar yig'indisidir. Ishlab chiqarish strukturasi bir necha prinsiplar asosida ko'riladi: Predmetli prinsip bo'yicha har bir mahsulot yoki uning biror bir qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda shu prinsip asosida tsexlar tashkil qilinadi. Predmetli prinsip bo'yicha tsexlarda jihozlar, mashinalar texnologik operatsiyalarni bajarish tartibida joylashtiriladi. Predmetli tsexlar yoki uchastkalarga xos kamchiliklar shundan iboratki alohida operatsiyalarda ish hajmining to'liqsiz aylanishi tufayli jihozlarning kam yuklanganligi kuzatiladi. Bu ustaxonalar kam nomenklatura, assortiment yoki doimiy mahsulot ishlab chiqaradigan uchastkalar uchun tashkil qilinadi. Ular ko'p seriyali va ommaviy ishlab chiqarishga xosdir. Texnologik prinsip - tsex yoki uchastka uchun boshqarishni engillashtiradi: bir turdagi mashina, stanoklar uchun javob beradigan master ularni har tomonlama o'rganadi, bir stanokning haddan tashqari yuklanishi mumkin bir paytda ish boshqa xoli bo'lgan stanokka uzatilishi mumkin. Potok metodi asosida tsexlarda uchastkalarning potok chiziqlariga bo'linishi sodir bo'ladi. Potok chiziqlari bir yoki bir necha mahsulotga ishlov berishga ixtisoslashtirilgan alohida potok uchastkalari ko'rinishida tashkil qilinadi. Potok metodi ishlari ommaviy ishlab chiqarishga xosdir. Ishlab chiqarish strukturasi (tuzilmasi)ning asosiy zvenosi bo'lib ish joyi xizmat qiladi. Ish joylarining joylashuvi ishlab chiqarish turlariga bog'liq bo'ladi. Masalan, potok chiziqlarida ular texnologik jarayon bo'yicha joylashtiriladi. Ishlab chiqarishning potok metodi bo'lmagan joylarda ish joylari bir turdagi jihozlar guruhlari bo'yicha joylashtiriladi. Ishlab chiqarish strukturasining rivojlanish omillari. Korxona ishlab chiqarish strukturasini rivojlantirish asosiy omillari: korxona ishlab chiqarish bo'linmalari hajmi va miqdorini optimizatsiyalash; asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi bo'linmalar orasida tenglikni ratsional tashkil qilish; ishlab chiqariladigan mahsulot konstruktiv bir turdaligini ta'minlash; korxona bosh rejasi va bo'linmalarni ratsional loyihalash; ishlab chiqarish avtomatizatsiya darajasini oshirish; korxona ishlab chiqarish strukturasi komponentlarining proportsionallik prinsipi bo'yicha ishlab chiqarish quvvati, texnologik jarayonlarining progressivligi, avtomatizatsiya darajasi, kadrlar malakasi yoki ixtisosligi bilan to'g'ri kelishini ta'minlash: mehnat predmetlarining o'tish davomiyligini qisqartirish maqsadida texnologik jarayonlarning to'g'ri aniqlilik prinsipi asosida strukturaning to'g'ri kelishini ta'minlash; sistema jarayonlari sifati darajasining sistema kirishi sifati yuqori bo'ladi; yirik korxona ichida yuridik mustaqil blgan predmetli eki texnologik ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mayda tashkilot yaratish; asosiy fondlar me'yoriy xizmat vaqtini qisqartirish; korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari rejali - ogohlantirish grafigiga rioya qilish, o'tkaziladigan remontlar davomiyligini qisqartirish va uning sifatini oshirish, fondlarni o'z vaqtida yangilash. Namunaviy ishlab chiqarish strukturasi sxema tarzida tasvirlangan: ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.14 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.14 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: doc