Korxonada inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvni tashkil etish asoslari

Korxonada inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvni tashkil etish asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Korxonada inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvni tashkil etish asoslari - rasmi

Material tavsifi

Korxonada inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvni tashkil etish asoslari Reja: Inqirozga qarshi boshqarish tushunchasi va uning vazifalari Inqirozga qarshi boshqarish usullari va bosqichlari Inqirozga qarshi boshqarish tushunchasi va uning vazifalari Inqiroz mazmunan korxonada iqtisodiy ahvolning korxona faoliyati davom etishiga xavf soladigan darajada keskinlashuvini ifodalaydi. Uning zaminida makroiqtisodiy darajada yuzaga chiqayotgan salbiy jarayonlar ham, korxonada menejmentnig qoniqarli olib borilishi ham yotishi mumkin. Aslida bozor raqobati va bozor konyunkturasi o'zgarishlarga duchor bo'ladigan sharoitlarda hech bir korxonaning inqirozga duch kelmasligi kafolatlangan emas. Shuning uchun har bir moliyaviy menejer inqirozga qarshi boshqaruvchi ham bo'lishi lozim. Inqirozga qarshi choralar makrodarajadagi chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi va mikrodarajadagi tadbirlar ta'sirchanligi va real natijalari makroiqtisodiy vaziyattga ham o'ta muhim ravishda bog'liq bo'ladi. Makroiqtisodiy choralar yo'nalishlarini quyidagicha ta'riflash mumkin. Birinchidan - korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. Bu vazifa, avvalo, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo'naltirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishlidir. Ikkinchidan - jahon bozori joriy konyunkturasiga sezilarli ravishda bog'langan va eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo'lishini qo'llab-quvvatlash bo'yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag'batlantirish uchun qo'shimcha omillar yaratish. Uchinchidan - qat'iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag'batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish. Chunonchi tannarxni optimallashtirishning quyidagi usullari qo'llanishi mumkin: - import resurslarga va ularning narxlariga qaramlikni pasaytirish; - materiallar sarfi me'yorlarini qayta ko'rib chiqish; - mahalliylashtirish darajasini kuchaytirish orqali tannarxni kamaytirish; - mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini o'zgartirish; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni optimallashtirish; - ishchilar va xodimlar sonini optimallashtirish. chizma 14 Tannarxni pasaytirishning asosiy yo'nalishlari To'rtinchidan - elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste'molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish. Beshinchidan - jahon bozorida raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag'batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini saqlab qolishda g'oyat muhim ahamiyatga ega. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlashda tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari ahamiyatli o'rin tutadi. Inqirozga qarshi boshqarish - korxonani moliyaviy-xo'jalik faoliyatini sog'lomlashtirishga va uni inqirozdan chiqarishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab va amalga oshirishdir. Rossiyalik olim Nosova N.S. Inqirozga qarshi boshqaruviga quyidagicha ta'rifbergan: «Inqirozga qarshi boshqaruv - bu murakkab jarayon bo'lib, o'z ichiga inqiroz holatini oldindan ko'rish, inqirozni aniqlash va uning paydo bo'lish ko'rinishlarini aniqlash, korxonani kelajakda rivojlanishi uchun tizimga inqirozning ta'sirini maksimal darajada pasaytirish va yumshatish yo'llarini izlab topishdir»6. Demak, inqirozga qarshi boshqarish bu inqiroz tufayli sodir bo'layotgan salbiy jarayonlarni to'xtatish va oldini olish, jarayonlarga ijobiy tus ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.31 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.31 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga