Korxonada narx shakllanish jarayonini boshqarish Reja: Korxonalarda narx siyosatining maqsad va asosiy yo'nalishlari Baholarning turlari va ularni shakllantiruvchi omillar Baholarni belgilash strategiyasi Baholarni hisoblash metodikasi Korxonalarda narx siyosatining maqsad va asosiy yo'nalishlari Korxona moliyaviy resurslari shakllanishining eng asosiy va eng ishonchli kanali mahsulot sotishdan pul tushumlaridir. Bu esa narx siyosati bilan chambarchas bog'lanib ketadi. Xo'jalik amaliyotida mahsulot narxi bo'yicha olib boriladigan ishlarni marketing faoliyati deb qaraladi. Lekin bu faoliyatning asosida obyektiv zarur moliyaviy yo'nalganlik yotadi. Baho - bu bozor elementlari ichida eng murakkabidir. U o'zgaruvchan, harakatchan, bozordagi konyukturali tebranishlarga moslashuvchan, doimo o'zgarib turuvchi elementdir. Bir tomondan, u tovar qiymatining puldagi ifodasidir (xarajatlar va ular bo'yicha tovar qiymati). Ikkinchi tomondan esa, tovar bahosi tovarning xaridor uchun qanchalik naf keltira olishiga bog'liq (tovar iste'moli iste'molchiga qanchalik zarur samara bera olsa, u shunchalik yuqoriroq bahoda sotib olishga rozi bo'ladi). Baho orqali moliyaviy resurslarning sotuvchi va xaridor o'rtasida taqsimlanishi sodir bo'ladi, ya'ni baho iqtisodiy mazmuniga ko'ra taqsimlash munosabatlarini ifodalaydi. Ayni paytda baho ishlab chiqaruvchining faoliyati jamiyat ehtiyojlarini (to'lovga qobiliyatli talabni) qondirishda qanchalik ahamiyatli ekanining o'lchovi hamdir. To'lov qobiliyatli talabning qondirilmayotganligi bahoning oshishiga olib keladi va ko'proq moliyaviy resurslar sotuvchi ixtiyoriga o'tadi. Aksincha, jamiyat ehtiyojlariga unchalik muvofiq kelmayotgan tovarlarni pasaytirilgan baholarda sotishga to'g'ri keladi va bu moliyaviy resurslarni qayta yo'naltirish uchun signal vazifasini o'taydi. Korxonaning narx siyosatida birlamchi bahoni aniqlashda qator omillar e'tiborga olinadi. Bu siyosat bozor segmentiga, tovarning hayotiylik davriga, tovarga talab va taklifning potensial miqdoriga bog'liq bo'ladi. Korxonada narx va tovar siyosati birinchi navbatda mavjud ishlab chiqarishning imkoniyatlariga tayangan holda uning barcha bosqichlari xususiyatlarini nazardan qochirmasdan ishlab chiqiladi. Chunki faqat ishlab chiqarilishi mumkin bo'lgan tovarnigina sotish uchun taklif etish mumkin. Shu bilan birga bozor va bozor talabini o'rganish, unga moslashish va, hatto, o'z bozorini yaratishga harakat qilishsiz ham korxona o'z maqsadlariga erisha olmaydi. Demak, ishlab chiqarishning, taqsimlashning, almashuv va iste'molchining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda siyosat yuritiladi. Har bir bosqichda tovar bahosiga ta'sir qiluvchi o'ziga xos omillar harakat qiladi. Tovar va xizmatlar bahosida: sarflangan xarajatlar, bahoda aks etgan foyda, talab va taklifning nisbati hisobga olinadi. Baholarning turlari va ularni shakllantiruvchi omillar Baholar xo'jalik yurgizishning muhim vositasidir. Moliyaviy jarayonlarni boshqarish baholarning ko'plab turlaridan foydalanadilar. Mahsulot vositachilarga sotilishida ulgurji baholar, shaxsiy iste'molga to'g'ridan-to'g'ri sotilishida chakana baholar qo'llanadi. Mahsulotga barqaror talab mavjudligi preyskurant baholardan foydalanishga imkon beradi. Bunday vaziyatda xaridorlar bilan muzoqara yuritish unchalik zarur emas. Muzoqara zarur bo'lganda esa shartnoma baholar yoki buyurtma baholari vujudga keladi. Mahsulotni ishlab chiqarish uzoq davom etganda (masalan, qurilishda) ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.86 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.86 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: doc