Korxonalarda investitsion faoliyatni boshqarish Reja: Korxona qimmatli qog'ozlar portfeli tushunchasi, uni boshqarishning mazmuni Investitsiyaning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning zarurligi va ahamiyati Investitsiyaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning oddiy (an'anaviy) usullari Investitsiyaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning diskontlashga asoslangan usullari Korxona qimmatli qog'ozlar portfeli tushunchasi, uni boshqarishning mazmuni Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitida boshqalar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlarga investitsiyalar qimmatli qog'ozlar portfelini tashkil etadi. Bunday investitsiyalarning maqsadi korxona moliyaviy resurslarini oqilona harakatlantirib, korxona oladigan foydani ko'paytirishdir. Qimmatli qog'ozlar portfelini boshqarish murakkab jarayon bo'lib, u o'z tarkibiga bir qator bosqichlarni oladi. Qimmatli qog'ozlar portfelini boshqarish deganda qimmatli qog'ozlar protfelini shakllantirish, uning tarkibini tahlil qilish va tartibga solish, zarur likvidlik darajasi va xarajatlarni minimallashtirishni ta'minlash, portfel oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun zarur chora-tadbirlarini amalga oshirish tushuniladi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida qimmatli qog'ozlar sotib olish quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi: kapital qiymati qadrliligini saqlash; qo'shimcha foyda olish; qimmatli qog'ozlar kursining oshishi evaziga kapitalni ko'paytirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida qimmatli qog'ozlar yana qator boshqa maqsadlarda ham sotib olinadi. Bunday maqsadlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: qimmatli qog'ozlar sotib olish yo'li bilan mulkiy huquqlarga ega bo'lish, muayyan mahsulot va xizmatlarga erishish; muomala shartlariga ko'ra naqd pulning o'rnini bosa oladigan va ayni paytda daromad ham ketiradigan qimmatli qog'ozlarni sotib olish; mulki ta'sir doirasini kengaytirish va uni qayta taqsimlanishida ishtirok etish; qimmatli qog'ozlar kurslari o'zgarishlari asosida chayqovchilik qilish va h.k. Portfelning likvidligi qimmatli qog'ozlar portfeli to'laligicha yoki uning muayyan qismi kurs qiymatini yo'qotmagan holda pulga yoki boshqa qimmatli qog'ozlarga almasha olishidir. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida qimmatli qog'ozlarning o'ndan ortik turlari mavjud bo'lib, ularning ayrim turlari o'z navbatida, turli shartlar asosida muomalaga chiqarilgan har xil shakllarga bo'linishi mumkin. Quyidagilar qimmatli qog'ozlarning asosiy turlarini tashkil etadi: aksiya, veksel, fyuchers shartnoma, obligatsiya, davlat xazina majburiyatlari, opsion, varrant, banklarning jamg'arish va depozit sertifikatlari, konosament, mulkiy varaqa (masalan, uy-joy olish huquqini beruvchi qimmatli qog'oz). Aksiya - bu aksiyadorlik jamiyatiga mablag' qo'yganlikni tasdiqlovchi va uning egasiga dividend shaklida aksiyadorlik jamiyati (korxona) daromadining bir qismini olish huquqini beradigan qimmatli qog'ozdir. Aksiyalar muomalaga harakat etishi belgilanmagan muddatga chiqariladi. Obligatsiya - bu egasi pul mablag'larini o'tkazganligini tasdiqlaydigan va belgilangan ma'lum muddatga, qat'iy foiz to'lov bilan chiqarilgan qimmatbaho qog'ozdir. Obligatsiya belgilangan ma'lum muddatga chiqariladi. Davlat xazina majburiyatlari - davlat qimmatli qog'ozlari turi bo'lib, ular investorlar keng doirasida ixtiyoriy ravishda joylashtiriladi. Davlat xazina majburiyatlari quyidagi muddatlarda muomalaga chiqariladi: uzoq muddatli; o'rta muddatli; qisqa muddatli. Uzoq muddatli xazina majburiyatlari 5 yildan 25 yilgacha bo'lgan muddatga chiqariladi. O'rta muddatli xazina majburiyatlari 1 yildan 5 yilgacha bo'lgan muddatga chiqarilsa, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
212.98 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
212.98 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: doc