Korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etish mexanizmi

Korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etish mexanizmi

O'quvchilarga / Pedagogika
Korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etish mexanizmi - rasmi

Material tavsifi

Korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etish mexanizmi Reja: Moliyaviy faoliyatning asosiy yo'nalishlari Korxonalarda moliyaviy faoliyatni tashkil etish masalalari Korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etish mexanizmi Moliyaviy menejment mexanizmining elementlari Moliyaviy richag (dastaklar). Moliyaviy metodlar tizimi. Moliyaviy instrumentlar (vositalar) Korporativ moliyani boshqarish metodlarining majmui. Operatsion leveridj. Moliyaviy leveridj. Operatsion richag darajasi Moliyaviy richag darajasi. Zararsizlik nuqtasi. Umumiy richag darajasi Moliyaviy menejmentning axborot ta'minot tizimi Moliyaviy faoliyatning asosiy yo'nalishlari Bozor iqtisodiyoti xo'jalik subyektlari orqali ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida bozordagi talab va taklif, aniq iste'molchilarning talablari, ishlab chiqaruvchi uchun maksimal foyda olish imkoniyatini tug'diruvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko'zda tutadi. Boshqaruvning bozor shart-sharoitlari, O'zbekistonning iqtisodiy istiqbollari va mentaliteti uchun xususiyatli hisobla-nuvchi boshqaruv tizimini shakllantirishni, mamlakatimizda shakllantirilayotgan bozor iqtisodiyoti aholi uchun real iqtisodiy erkinlikning mavjud bo'lishini nazarda tutadi. Menejment subyektlarning boshqaruvni samarali tizimi sifatida bunday imkoniyatlarga egaligini tasdiqlaydi. O'zbekiston Respublikasi tashkilotlari, korxonalarining tashqi muhitini o'rganish (tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari, tovarlar, xizmatlar, moliyaviy bozorlar, baholarni shakllantirish tizimlari, buxgalteriya hisobi tizimlari) va ularning asosiy faoliyat sohalarini o'rganishning tahlili (marketing tadqiqotlari, moliyaviy menejment, ishlab chiqarish, sotish jarayonlari, buxgalteriya hisobi va personallarni boshqarish) shuni ko'rsatadiki, ba'zi subyektlar imkoniyat darajasida bunday tashqi muhitning o'zgarishlari natijasidagi noan'anaviy yangi muammolarni an'anaviy usullar vositasida o'ziga xos faoliyat sohalarini moslashtirishga harakat qiladilar. Shuning uchun zamonaviy shart sharoitlarda ayrim subyektlarning oldida asosiy vazifa sifatida tashqi muhitning o'zgarishlariga o'z faoliyat sohalarini tezlik bilan moslashtira olish va vujudga kelgan muammolarni osonlik bilan o'z foydasiga hal etish masalasi yuzaga keladi. Xuddi shuningdek, har qanday subyektning asosiy faoliyat sohalaridan biri moliyaviy menejment hisoblanadi. Moliyaviy menejment - subyektlarda moliyaviy resurslar va kapitallarni boshqarish hisoblanadi. Moliyaviy menejment faoliyatining turi sifatida 2 ta yirik sohani ko'rish mumkin: subyektning rahbariyati tomonidan qarorlar asosida moliyaviy resurslar va kapitallarni boshqarishni o'z ichiga oluvchi ichki xo'jalik faoliyati; korxona va boshqa xo'jalik subyektlari o'rtasidagi moliyaviy munosabatlarni o'rnatish jarayonida amalga oshiriladigan moliyaviy resurslar va kapitallarni boshqarishning tashqi jarayoni. Boshqaruv tizimi boshqarilayotgan obyektlarga zaruriy ta'sirini ta'minlaydi. Boshqaruv faoliyati odatda tashkilotning ma'sul shaxslari o'rtasida va maxsus bo'g'inlari o'rtasida taqsimlanadi. Boshqaruv tizimining bo'g'inlari chiziqli, funksinal, chiziqli-funksional, funksional- chiziqli va boshqa turli kombinatsiyalarda bo'lishi mumkin. Moliyaviy boshqaruvning zamonaviy tizimi hisoblangan moliyaviy menejmentning asosiy maqsadi iqtisodiy subyektlar o'rtasida o'zaro ijtimoiy adolatlilik tamoyillari asosida iqtisodiy manfaatlarning taqsimotiga erishish hisoblanadi. Moliyaviy menejmentning muhim uslubiy asosi sifatida uni tashkil qilishning umumiy tamoyillarini aniqlab olish hisoblanadi. Bu o'z navbatida moliyaviy menejmentning harakat faoliyatini aniqlab olish uchun, uni amal qilishini umumiy mezonlarini aniqlab olish uchun zarur hisoblanadi. Shuni hisobga olish kerakki, moliyaviy menejment subyektlarning ichki doirasida emas, balki doimiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 267.47 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 267.47 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga