Korxonalarda moliyaviy rejalashtirish va byudjetlashtirish

Korxonalarda moliyaviy rejalashtirish va byudjetlashtirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Korxonalarda moliyaviy rejalashtirish va byudjetlashtirish - rasmi

Material tavsifi

Korxonalarda moliyaviy rejalashtirish va byudjetlashtirish Reja: Moliyaviy rivojlanish strategiyasi moliyaviy rejalashtirishning asosi sifatida Moliyaviy rejalashtirish - moliyaviy boshqarishning tarkibiy qismi. Moliyaviy rejalashtirishning asosiy ko'rsatkichlari va usullari Moliyaviy rejalashtirish va taxminlashtirish tizimi hamda ularni qo'llash Korxona byudjetini tuzish va byudjet rejasini ishlab chiqish Moliyaviy o'sish rejasi Moliyaviy rivojlanish strategiyasi moliyaviy rejalashtirishning asosi sifatida Moliyaviy strategiya - bu korxonani pul mablag'lari bilan ta'minlash bo'yicha harakatlarining bosh rejasi hisoblanadi. U bozor munosabatlari sharoitida korxonaning moliyaviy mustahkamligini ta'minlash bo'yicha masalalarni qamrab oladi. Moliyaviy strategiya nazariyasi xo'jalik yuritishning bozor sharoitlarini obyektiv qonuniyatlariga monand ravishda faoliyat ko'rsatishdagi moliyaviy usullar va shakllarini ishlab chiqadi, moliyaviy operatsiyalarni yuritish va tayerlash strategiyasini asoslab beradi. Korxonaning moliyaviy strategiyasi o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: moliyaviy holatni tahlil qilish; asosiy va aylanma mablag'larni optimallashtirish, foydani taqsimlashni optimallashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblarni optimallashtirish, soliq siyosati; baho siyosati, qimmatbaho qog'ozlar bo'yicha siyosatni optimallashtirish. Yuqoridagilarga asoslanib, korxonaning moliyaviy strategiyasi quyidagi qismlar bo'yicha tuziladi: daromadlar va mablag'larning tushumi; xarajatlar va ajratmalar; byudjet bilan hisoblashishlar; kredit va bank bilan munosabatlar. Moliyaviy strategiya har tomonlama korxonaning moliyaviy imkoniyatlarini, ichki va tashqi omillariining obyektiv xususiyatlarini hisobga oladi. Agar korxonaning moliyaviy strategiyasi mahsulotlar bozoridagi vujudga kelgan sharoitga va korxonaning moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlariga javob bermasa bu salbiy oqibatlarga olib keladi. Bosh strategik maqsadlari va ayrim strategik vazifalarning bajarilishi strategiyasiga (ayrim strategik maqsadlarga erishishlar) qarab bosh va tezkor moliyaviy strategiyani farqlash lozim. Bosh moliyaviy strategiya deb bir yilga korxonaning faoliyatini aniqlaydigan, uning hamma darajadagi byudjetlar bilan o'zaro munosabatlarini, korxonaning daromadini shakllantirish va undan foydalanishni, moliyalashtirish manbalari va talab miqdorlarini aniqlaydigan moliyaviy strategiyaga aytiladi. Joriy davrda mavjud moliyaviy resurslarga moslashish uchun, ichki zaxiralarni jalb qilish va mablag'larni foydalanish ustidan nazorat qilish uchun, ba'zan esa iqtisodiy nochor sharoitda, moliyaviy strategiyalar bir chorak, oyga yoki zarur bo'lganda undan ham qisqa muddatga ishlab chiqiladi. Tezkor moliyaviy strategiyaning bosh moliyaviy strategiyadan farqi shundaki, u barcha yalpi daromadni va mablag'lar tushumlarini (ish haqi, sotilgan mahsulotlar uchun sotib oluvchilar bilan hisob-kitoblar, kredit operatsiyalar bo'yicha tushumlar) va barcha yalpi chiqimlarni(yetkazib beruvchilarga to'lovlar, ish haqi, barcha darajadagi byudjetlar va banklardan qarzlarni qoplash) qamrab oladi. Bunday tushumlarning va xarajatlarning tarkibini sinchiklab o'rganish rejalashtirilayotgan davrga pul tushumlari va xarajatlari bo'yicha oborotlarni oldindan aniqlashga imkon beradi. Daromadlar bilan xarajatlarning tengligi yoki daromadlarning xarajatlarga nisbatan oshishi normal holat hisoblanadi. Moliyaning bosh strategik maqsadi korxonani zarur va yetarli darajadagi pul resurslari bilan ta'minlash hisoblanadi. Shuning uchun bozor talabiga va korxonaning imkoniyatlariga mos keladigan moliyaviy strategiya ishlab chiqiladi va shuning asosida ishning yo'nalishlari hamda bajaruvchilari bo'yicha moliyani tashkil qilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.63 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.63 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga