Korxonalarda xarajatlarni boshqarish Reja: Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari Mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi xarajatlarning guruhlanishi Yalpi foydadan qoplanadigan xarajatlar Sof foydadan qoplanadigan xarajatlar Tovar moddiy zaxiralarga tegishli xarajatlar Xarajatlarni rejalashtirish Xarajatlarni optimallashtirishda moliyaviy leverijdan foydalanish Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari Har bir xo jalik yurituvchi subyekt mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan bog liq xarajatlarni amalga oshiradi. Mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy resurslar (asosiy vositalarning eskirishi, materiallar, urug lik, o g it, yonilg i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqa) va jonli mehnat sarflari ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil qiladi. Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa moliyaviy -xo jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin (chizma): 1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko ra: ishlab chiqarish xarajatlari; noishlab chiqarish xarajatlari. 2. Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslarning manbaiga ko ra: ichki xarajatlar; tashqi xarajatlar. 3. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o zgarishiga nisbatan: doimiy xarajatlar; o zgaruvchan xarajatlar. 4. Mahsulotning tannarxiga olib borilishi jihatidan: bevosita xarajatlar; bilvosita xarajatlar. 5. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa xo jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan: mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; davr xarajatlari; moliyaviy faoliyat bo yicha xarajatlar; favqulodda zararlar. Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish bilan bog liq quyidagi xarajatlardan tashkil topadi: bevosita moddiy material xarajatlari; bevosita mehnatga haq to lash xarajatlari; ishlab chiqarishga taalluqli ustama xarajatlar. Bevosita mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog liq bo lmagan xarajatga noishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga: mahsulotni sotish bilan bog liq xarajatlar; ma'muriy boshqaruv xarajatlari; boshqa operatsion xarajatlar va zararlar; moliyaviy faoliyat bo yicha xarajatlar; favqulodda zararlar kiradi. Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan o ziga tegishli resurslar sarfi uning ichki xarajatlarini, tashqi mol yetkazib beruvchilar va boshqa subyektlardan sotib olingan resurslar uchun to lovlar korxonaning tashqi xarajatlarini tashkil qiladi. Qisqa muddatli davrda mahsulot hajmining o sishiga nisbatan doimiy va o zgaruvchi xarajatlar farq qiladi. Doimiy xarajatlar mahsulot hajmining o zgarishiga bog liq bo lmay, korxonaning ma'lum bir vaqt oralig ida sarflashi qat'iy belgilab qo yilgan o zgarmas xarajatlarini ifoda etadi. Bunga asosiy vositalarning eskirish, boshqaruv xodimlarining mehnat haqi, sug o'rta to lovlari, telefon uchun abonentlik to lovi ijara to lovlari va shunga o xshashlarni misol qilib keltirish mumkin. Doimiy xarajatlarning o ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahsulot hajmining oshib borishi bilan bir birlik mahsulotga to g ri keluvchi doimiy xarajatlar kamayib boradi. O zgaruvchan xarajatlarning miqdori mahsulot ishlab chiqarish hajmining o sishi yoki kamayishiga qarab o zgarib turadi, ya'ni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
74.31 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
74.31 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: doc