Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uning rezervlari Reja: 1. Ishlab chiqarish quvvati tushunchasi. 2. Ishlab chiqarish quvvatiga ta'sir qiluvchi omillar. 3. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish asosiy ko'rsatkichlari. Ishlab chiqarish quvvati tushunchasi. Sanoat korxonasi (tsex yoki ishlab chiqarish uchastkasi) ning ishlab chiqarish quvvati deyilganda malum vaqt ichida malum sifat va assortiment, mavjud uskunalar va ishlab chiqarish maydonidan to'liq foydalanilgan holda ilg'or texnologiya, mehnat va ishlab chiqarishni yaxshi tashkil qilish natijasida maksimal darajada mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati tushuniladi. Ishlab chiqarish quvvati sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rejalashtirishda qo'llaniladigan (tonna, dona, metr va boshqalarda) birliklarda aniqlanadi. Agar korxonalar bir necha mahsulot ishlab chiqarsa, ishlab chiqarish quvvati bir necha xil natura ko'rsatkichida aniqlanishi mumkin. Bunday holda ishlarni osonlashtirish uchun hamma mahsulotlar nomenklaturasi ichida ulushi katta bo'lgan mahsulot olinadi. Ishlab chiqarish quvvati korxonada asosiy ishlab chiqarishda mavjud bo'lgan potok chiziqlari ishlab chiqarish quvvatining yig'indisi asosida hisoblanadi. Agar asosiy ishlab chiqarish bir xilda ixtisoslashgan tsexlardan iborat bo'lsa, bunda ishlab chiqarish quvvatlari yig'indisi bilan aniqlanadi. Har bir tsex ishlab chiqarish quvvati uning potok chiziqlari quvvatini qo'shish orqali bilan aniqlanadi:Potok chizig'i ishlab chiqarish quvvati quyidagicha aniqlanadi. Ml = Ntex Fm bu yerda: Ntex - yetakchi mashina unumdorlik texnik normasi; Fm - ish vaqti fondi. Agar bir potok chizig'ida bir necha turdagi mahsulot ishlab chiqarilsa, unda shu potok chizig'ining unumdorlik texnik normasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: bu yerda: S - mahsulot ishlab chiqarishda bir navdan 2 navga yoki bir assortimentdan 2 assortimentga o'tishda vaqt yo'kotuvlarini hisobga oluvchi koeffitsiyent; 1. . . n - har bir mahsulot turining umumiy hajmidagi solishtirma og'irligi, % Nt1, Ntn- alohida tur mahsulot unumdorlik normasi. Ishlab chiqarish quvvatiga ta'sir qiluvchi omillar. Korxona, tsex va uchastkalarning ishlab chiqarish quvvatining hajmiga ta'sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat: a) asosiy fondlarning ishga yaroqligi va yetakchi mashinalar soni. Bunga asosan ishlab chiqarish va texnologik uskunalar olinadi. Korxonalarda hamma uskunalar 3 turga: mavjud, o'rnatilgan va rezervdagi uskunalarga bo'linadi. Mavjud uskunalarga tsexdagi va korxona omboridagi hamma asbob-uskunalar: o'rnatilganiga esa tsexdagi va ishlab chiqarish uchastkalaridagi uskunalar: rezervlardagiga esa jihozlarni almashtirish uchun mo'ljallangan uskunalar kiradi. Ishlab chiqarish quvvatini hisoblayotganda uskunalarning hammasi va rejalashtirish davrda ishga tushiriladigan quvvatlar ham hisobga olinadi. Rezervdagi uskunalar esa hisobga kirmaydi: b) uskunalardan foydalanishning texnik - iqtisodiy unumdorlik normalari. Bunday normalarni belgilashda, rejada ko'zda tutilgan yangi texnikani, texnologiyani joriy qilish, mehnatni tashkil etishning ilg'or uskunalaridan foydalanish va ishlab chiqarishni takomillashtirish hamda boshqa bir qator tadbirlar hisobga olinadi. Har bir mashina va agregat uchun loyihaviy texnika unumdorlik normasi belgilanadi. Bunday normalarning bo'lishi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.72 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.72 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: doc