RYeJA: Tiflopedagogika fani haqida tushuncha. Ko'zi ojiz va ko'r bolalarni qktish va tarbiyalash mazmuni. Tiflopedagogikaning metodlari. Ko'r va zaif ko'ruvchi bolalarni ko'ruvini himoya qilish. Tayanch iboralar: (tiflopedagogika, oprava, okulist, korreksiya, metod) Tiflopedagogika grekcha tiflos ko'r so'zidan olingan bo'lib, ko'rishda nuqsoni bo'lgan shaxslar ta'lim-tarbiyasi haqidagi fan. U umuman umumiy pedagogikaning qismi va defektologiyaning bo'limlaridan biridir. Tiflopedagogikaning tabiiy ilmiy asosi I.Sechenov va I.P.Pavlovning «Oliy nerv faoliyati to'g'risidagi» ta'limoti sanaladi. Tiflopedagogika pedagogika fan sifatida quyidagi asosiy muammalarni xal qiladi: ko'rishda jiddiy nuqsoni bo'lgan shaxslarni psixologik, pedagogik va klinik o'rganish nuqsonlar mavjud bo'lganda ruhiy va jismoniy rivojlantirish va ko'rish funksiyasi buzilishlarini aniqlash. Ko'rish va ko'zi ojizlarda buzilgan va to'la rivojlanmagan funksiyalarni korreksiyalash va tiklash yo'llari va shartlari. Shaxsning ko'rish faoliyatida turli buzilishlari mavjud holda shakllanishi va har tomonlama rivojlantirish shartlarini o'rganish, fan asoslariga o'rgatish, politexnik mehnat va kasb tayyorgarligi. Ko'r va ko'zi ojizlarni o'qitish va tarbiyalash uchun maxsus muassasalar tiplari va strukturasini belgilash. Ko'rishda nuqsoni bo'lgani shaxslarning bilim imkoniyatlarini kengaytirish, ularni o'qitish va jamiyatda mehnatga tayyorlash samaradorligini imkonini beradigan maxsus texnik vositalarni yaratish. To'la qonli bo'lmagan ko'rishni muhofazalash va rivojlantirish bo'yicha gigiyenik tadbirlar tizimini ishlab chiqish. ta'lim-tarbiya va kasb tayyorgarligi uchun binolarni loyihalashga alohida etibor qaratish. Zamonaviy tiflopedagogikani rivojlantirish, nuqsonlarni oldini olish va tugatish yo'llarini kompensatsiyalash. (Aniqlash) Tiflopedagogikaning metodlari: 1. Eksprment: a) ilmiy b) laboratoriya v) tabiiy: 2.suhbat 3.Anketa. 4.Kuzatish. 5.hujjatlarni o'rganish. 6.Kasbiy faoliyatni tahlil qilish. 7.Tajribani kengaytirish. 8.O'z-o'zini kuzatish. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun maktabgacha muassasalar 2-3 yoshdan 7 yoshgacha bo'ladi. Ko'r va zaif ko'ruvchilar, g'ilay bolalar shunday muassasalarda ta'lim-tarbiya oladilar. Bu muassasalarning maqsadi ko'rish faoliyatini imkon qadar tiklash va rivojlantirish, bolalarni tarbiyalash, davolash va maktab tizimiga tayyorlashdan iborat. Bu yerda avvalo eshitish, fazoda mo'ljalga olish, o'z-o'ziga xizmat qilish kabi qobiliyatlarning rivojlanishiga alohida etibor beriladi. Bolalar bog'chasiga ko'rish o'tkirligi 0,5 va 0,4 ko'zoynakli bo'lgan korreksiyali bolalar qabul qilinadi. Tiflopedagogikaning vazifalari: 1. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan o'quvchilarni pedagogik va psixologik o'rganish, nuqsonlarning turlarini oydinlashtirish, jismoniy va ruhiy rivojlantirish. 2. Ko'zida nuqsoni bo'lgan bolalarning ta'lim-tarbiyasi maqsadi, mazmuni va metodlarini qayta ishlash. 3.Bola shaxsiyatini har tomonlama rivojlantirishda maxsus ishlarni amalga oshirish. 4.O'quvchilarni mehnatga va kasb-hunarga yo'naltirilgan imkoniyatlarni yaratish. 5.Maxsus o'quv rejalari, dasturlar va darsliklarni tuzish. 6.Maxsus maktablarni rivojlantirishni yo'lga qo'yish. Davolash va tiklash ishlari maktab-internatlarda okulist rahbarligida amalga oshiriladi. Pedagog va tarbiyachilar ham vrach tavsiyalarini o'z vaqtida bajarishga yordam beradilar. Ko'zoynak va boshqa optik ko'ruvchi korreksiyalovchi vositalarni tavsiya qilish davolash ishining asosi hisoblanadi. Pedagog va tarbiyachilar bolalarni ko'zoynaklardan shifokor tavsiya etganidek to'g'ri foydalanishlarini nazorat qiladi. ko'zoynakni opravasini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.62 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.62 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: doc