Reja: Bolalar ko'rish qobiliyatining buzilish sabablari. Ko'z refraksiyasi haqida tushuncha. Ko'rish qobiliyatidagi zaiflik darajalari. Umumta'lim maktablarida ko'rish qobiliyati sust bo'lgan bolalar bilan ishlashda o'qituvchining vazifasi. Tayanch iboralar va tushunchalar: ko'rish analizatorlari, o'qitishning Brayl sistemasi, tiflopedagogika, astigmatizm, ko'z pardalari, refraksiya, oftalmolog. O'qitish vaqtida ba'zi bolalarning ko'zi zaifligi tufayli qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin. Periferik qism (ko'z), o'tkazuvchi nerv hamda bosh miya katta yarim sharlarining ensa qismida joylashgan qobiq tugunidan iborat ko'rish analizatori yordamida amalga oshadigan optik idrok bolaning psixik kamol topishida g'oyat katta rol o'ynaydi. Bu idrok bolaning atrofini o'rab olgan dunyodagi predmetlar va hodisalar haqidagi tasavvurlarini tarkib toptirishda belgilovchi ahamiyatga egadir. Tevarak-atrofdagi voqelikdan eng ko'p taassurotni ko'rish analizatori orqali oladi. Ko'rish va ko'z bilan idrok qilishni kamol toptirishdagina emas, balki fazoviy tasavvurlarni (atrof-tevarakdagi fazoni mo'ljallash, harakat sohasini) kamol toptirishda ham juda katta rol o'ynaydi, chunki harakat ko'z nazorati ostida kamol topadi. Ko'rish fazoviy tasavvurlar bola maktabda o'qiyotgan davrda ham uning uchun alohida muhim ahamiyatga egadir, chunki alifbe harflarini, son tasvirlarini bilish, geografik kartani tushunish va hoka'zolar ko'rish fazoviy tasavvurning muayyan darajada kamol topgan bo'lishini taqozo qiladi. Bolalarda ko'rish qobiliyatining buzilishi turli sabablar orqali kelib chiqadi. Birinchidan, ona homilasining yaxshi tarbiyalanmaganligi bo'lsa, ikkinchidan bugungi kunimizda juda katta dolzarb muammo bo'lib hisoblangan narkomaniya, chekish, spirtli ichimliklarning ko'p iste'mol qilinishidir. Uchinchidan, bolaning kichikligida har xil yuqumli kasalliklar bilan og'rish. Masalan, traxoma, chechak, so'zak, ko'z tuberkulyoz bilan kasallanish orqali qizamiq, skarlatina va boshqa shu singari bolalarga xos yuqumli kasalliklar orqasidan ko'r bo'lib qolish mumkin. Bolada ko'rishning zaiflanishi turli darajada namoyon bo'ladi. Ba'zi bolalar, ayniqsa ko'rish organining o'zgarishi tug'ma bo'lgan bolalar tamomila ko'r bo'lib qoladi. Yoki ularning ko'rish qobiliyati shu qadar kamayadiki, bunday bolalar faqat ko'rlar maktabidagina sezgi zamirida - Brayl sistemasi asosida o'qish mumkin (ko'rish qobiliyati keskin kamaygan bolalar qatoriga faqat yorug'likni sezadigan yoki barmoqlarni yuziga yaqin keltirib ko'rsatilgandagina sanay oladigan yoki ko'rish qobiliyati 0,05 gacha bo'lgan bolalar kiradi). Bunday bolalar, odatda ommaviy maktabga olinmaydilar. Ko'rlar maktabiga ko'zi zaif bolalar ayrim hollardagina yuboriladi, bunday bolalarda ko'z kasalligi og'irlashib borayotgan bo'ladi va ularni ko'rish qobiliyatining qolgan qismini saqlab qolish maqsadida Brayl sistemasi asosida o'qitish foydalidir. Ko'rlar guruhiga nisbatan ko'proq qismini tashkil qiladigan ikkinchi guruh - ko'zi yaxshi ko'rmaydigan bolalardir. Bunday bolalarda yaxshiroq ko'radigan ko'zining markaziy ko'rish o'tkirligi ko'zoynak taqqanida 0,05 dan 0,4 gacha bo'ladi. Ko'zi ancha durust ko'radigan, ammo ko'rish funksiyasida boshqa buzulishlar bo'lgan, masalan, ko'rish maydonining chegarasi tor bo'lgan bolalar ham ko'zi yaxshi ko'rmaydigan bolalar qatoriga kiritilishi mumkin. Ko'zi yaxshi ko'rmaydigan bolalar uchun maxsus maktablar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.54 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.54 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: doc