Kreativ pedagogika fanini o'qitish shakllari

Kreativ pedagogika fanini o'qitish shakllari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kreativ pedagogika fanini o'qitish shakllari - rasmi

Material tavsifi

Kreativ pedagogika fanini o'qitish shakllari Reja: 1.Pedagoglarning kreativlik sifatlariga egaliklarini aniqlovchi shakl, metod va vositalar. 2.Talabalarda kreativlik ko'nikmalarini shakllantirishda DTSning ahamiyati. 3.Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish bosqichlari. 4.Kreativ fikrlash ko'nikmalariga egaliklarini baholash. Tayanch tushunchalar: kreativlik sifatlari, kreativlik sifatlariga egalikni aniqlash, shakl, metod, vosita, kreativlik sifatlarini rivojlantirish, axborot texnologiyalari. 1. Pedagoglarning kreativlik sifatlariga egaliklarini aniqlovchi shakl, metod va vositalar. Xorijiy mamalakatlarning ta'lim tizimi amaliyotida shaxs kreativlik sifatlarida shakllantirish yoki rivojlantirishga xizmat qiladigan ko'plab metod va strategiyalar qo'llaniladi. Ushbu metod va strategiyalarning didaktik ahamiyati shundaki, ular talaba va o'quvchilarni o'quv materiallari yuzasidan chuqur o'ylashga majbur qiladi. Shu sababli bu metod va strategiyalarni kreativlik sifatlari nihoyatda past rivojlangan o'quvchi va talabalar bilan ishlash jarayonida samarali qo'llab bo'lmaydi. Kzikszentmixayli (Csikszentmihalyi, 1996 y.) kreativ shaxslar ikki toifaga bo'linadi degan fikrni ilgari suradi: Katta kreativlar (katta K). Ular o'zlari faoliyat olib borayotgan sohaning yetakchilari bo'lib, sohada doimo o'zgarishlarni sodir etishga intiladi. Kichik kreativlar (kichik K). Ular o'zlarining kreativlik sifatlaridan faqatgina kundalik hayotda muayyan foydaga erishish uchun foydalanadi. Aksariyat talabalar o'zlarini kreativ shaxs emas, deb hisoblaydi. Ularning nazarlarida kreativlik go'yoki ular etisha olmaydigan orzu va u faqat iqtidorli shaxslardagina namoyon bo'ladi. Bunday fikrga ega talabalar kreativlik sifatlariga egalik o'z sohasining yetakchilari (yani katta K toifasiga kiruvchi shaxslar), san'at sohasida tahsil olayotgan yoki faoliyat yuritayotgan talabalarda bo'lishiga isxonadilar. Talabalar qachonki kreativ shaxs bo'lish uchun o'z sohasining yetakchisigina bo'lish shart emasligi tushunsalar, o'zlarida kreativlik sifatlarini samarali shakllantirishga muvaffaq bo'ladi. Shundagina ular o'zlarini past baholashga barham berib, yangi, ilg'or g'oyalar bilan o'zlarini namoyon etishlari, ta'lim jarayoni kun sayin faollik ko'rsatishga muvaffaq bo'ladilar, ta'lim olishga bo'lgan qiziqishlari ortadi, o'zlashtirish ko'rsatkichlari yanada yaxshilanadi. O'zlarini baland baholay boshlab, kreativ sifatlarni namoyon etish borasida mavjud ko'rsatkichlardan ko'ra yuqori natijalarga erishishga intiladilar. Amaliyotning ko'rsatishicha, talabalar qancha ko'p kreativlik sifatlarini namoyon etsalar, shuncha ko'p faollikka erishadilar. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar bugungi kunda iqtidorli bolalarni aniqlash borasida katta tajribalarga ega. ta'lim tizimida iqtidorli bolalarni aniqlash va ularga ta'lim berishga oid ko'plab metodikalar mavjud. Quyida ularning ayrimlari to'g'risida to'xtalib o'tiladi: Slosson testi Katta yoshlilar hamda bolalarning aqliy qobiliyatini o'lchashga xizmat qiladi. Berilayotgan barcha testlarga javoblar og'zaki tarzda olinadi. Kichik yoshli bolalarga berilayotgan topshiriqlarning ayrimlari bolalar tomonidan ayrim harakatlar (masalan, qog'oz, qalam yoki ruchkalardan foydalanish)ning bajarilishiga oiddir. Test aqliy qobiliyat darajasining o'rganilayotgan sifatlarga nisbati tarzida aniqlanadi. Bu o'rinda yuqori natija 120 va undan ortiq ko'rsatkich sanaladi. Veksler shkalasi (PPSI testi) aqliy qobiliyatni aniqlashga imkon beruvchi individual test hisoblanadi. U ikki qismdan iborat: og'zaki shkala (malum materialni o'zlashtirish, uning mazmunini tushunish, arifmetik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 256.75 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 256.75 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga