Kreativ pedagogikaning mazmuni Reja: Kreativlik va Kreativ pedagogika tushunchalarining mohiyati. Kreativ pedagogikaning asosiy kategoriyalari. Kreativ pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Kreativ pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari. Tayanch tushunchalar: kreativlik, pedagogika, Kreativ pedagogika fani, fanning maqsadi, fanning vazifalari, fanning ob'ekti, fanning predmeti, fanning tarkibiy tuzilmasi, fanning asosiy kategoriyalari, Kreativ pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, ilmiy-tadqiqot metodlari. Foydalanilgan adabiyotlar: Barыsheva T.A., Jigalov Yu.A. Psixologo-pedagogicheskie osnovы razvitiya kreativnosti - SPb.: SPGUTD, 2006. Bashina T.F., Ilin Ye.P. Psixologiya tvorchestva, kreativnosti, odarennosti. - CPb.: Piter, 2009. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014. 4. Sirotyuk F.S. Diagnostika odaryonnosti Ucheb.posobie. - M.: DirektMedia, 2014. - 1229 s. 5. Utyomov V.V., Zinkovkina M.M., Gorev P.M. Pedagogika kreativnosti: prikladnoy kurs nauchnogo tvorchestva Ucheb.posboie. - Kirov: ANOO Mejreginalno'y sITO, 2013. - 212 1. Kreativlik va Kreativ pedagogika tushunchalarining mohiyati. Zamonaviy pedagogikada kreativ pedagogika tushunchasi qo'llanila boshlaganiga hali u qadar ko'p vaqt bo'lmadi. Biroq, o'qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo'lgan ehtiyoj Kreativ pedagogikaning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta'minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o'qitish metodikasi, ta'lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g'oyalari tashkil etadi. Kreativ pedagogika fanining umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, bo'lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratishga xizmat qiladi. Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o'zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur'ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog'liq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo'lishi taqozo etadi. Ko'plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o'rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o'rtasida hech qanday bog'liqlik yo'q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog'liq ekanligini ta'kidlaydilar (Kim, 2005 y.). Kreativlik tushunchasi o'zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G'arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan'anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg'usi va erkinlik mavjud bo'lishiga e'tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug'ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 200 y.). Garchi g'arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo'lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.). Kreativ fikrlash ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.09 MB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: pptx