Kreativ ta'limdan boshlang'ich ta'lim tizimida foydalanish

Kreativ ta'limdan boshlang'ich ta'lim tizimida foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Kreativ ta'limdan boshlang'ich ta'lim tizimida foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Nukus Innovatsion Instituti Samarqand filiali Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi OSTONOVA MARJONAning Tayyorlagan mustaqil ishi Kreativ ta'limdan boshlang'ich ta'lim tizimida foydalanish Kreativlik - bu shaxsning individual xususiyati bo'lib, madaniy vositalarni shaxsiy tushunchalaridan kelib chiqqan holda qo'llashi va rivojlantirishidir. Kreativlik psixologik nuqtayi nazardan tahlil etilgan va bugungi kunda pedagogik nuqtayi nazardan tadqiq etishni talab etayotgan muhim pedagogik muammodir. Kreativlik ijodiy tafakkurning yangi mahsuli yoki natijasi ekanligi yuzasidan bahslar hali ham ayrim olimlar orasida davom etmoqda. Boshqa izlanishlarda ijodkorlikning yangilik yaratishdagi yetakchiligi ta'kidlanadi. Kreativlik - bu madaniyat vositasi asosida shaxs sifatida shakllanish jarayonida namoyon bo'ladigan shaxsning shaxsiy sifati (fazilati)dir. Kreativlik - bu insonning shaxsiy xususiyati bo'lib, uning o'z-o'zini takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog'liq. Kreativlik o'qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatining integratsiyasidir. Chunki o'qituvchi tabiatan qiziquvchan, intiluvchan bo'lmas ekan, bunday o'qituvchihech qachon ijodkorlikni namoyon eta olmaydi. Kreativlik o'qituvchilarda o'z-o'zidan payda bo'ladigan sifat emas, u o'qituvchining yangiliklarga intilishi, yangiliklarni o'zlashtirish va o'zining pedagogik faoliyatida qo'llay olish jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yenga olishi, innovatsion yangiliklarni o'z faoliyatida faol, ijodkorona foydalana olish va o'z mualliflik g'oyalariga, yechimlarni (evristik) topa olishi bilan bog'liqdir. Boshlang'ich sinf o'quvchilari o'z idroklarining aniqligi, ravonligi, sofligi,o'tkirligi bilan boshqa yosh davridagi insonlardan keskin farqlanadi. Ular har bir narsaga berilib, o'ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Boshlang'ich sinf o'quvchisi har qanday obyekt, subyekt va voqelikdagi yangilikni yaqqol idrok qilishga intiladi, uni atrof muhitning sirli olami, sehri, jilolanishi, jozibasi o'ziga tortadi. Pedagogika fanida kreativlik masalasiga bevosita murojaat etgan pedagog olim pedagogika fanlari doktori, professor R.A.Mavlonova o'zining ilmiy ishlarida kreativlik haqida baholi qudrat fikrlar bildirgan. Uning «Boshlang'ich ta'limda innovatsiya», «Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, integratsiyasi, innovatsiyasi» nomli o'quv qo'llanma va darsliklarida kreativlikka alohida to'xtab o'tgan. Odam bolasining rivojlanishi - bu muhim jarayon sanaladi. Ma'lumki, hayoti davomida inson jismoniy va ruhiy tomondan o'zgarib boradi. Lekin bolalik, o'smirlik va o'spirimlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o'sishi, o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga etadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta'sir etishi natijasida bola jamiyat a'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o'ziga munosib o'rin egallaydi. E'tboringiz uchun rahmat. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.1 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.1 MB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga