Kreativ yondashuv asosida nazariy-amaliy mashg'ulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayyorlash Reja: 1.Kreativ yondashuv asosida o'qitishning didaktik ta'minotini yaratish mexanizmi. 2.Pedagog-tarbiyachi faoliyatiga kreativ yondashuv O'zbekiston Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning asosiy maqsadi - mamlakatimizda ilmiy salohiyatni oshirish, oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta'lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma'lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yaratish shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning ilg'or tajribasini chuqur va tanqidiy o'rgangan holda mamlakatimiz iqtisodiyotini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi bosqichiga olib chiqishdan iborat. Bu borada hukumatimiz tomonidan ko'plab, farmon va qarorlar qabul qilindi. Jumladan: O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktyabr Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risidagi O'RQ-576-son, O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 24 iyulda «Innovatsion faoliyat to'g'risida» gi O'RQ-630-sonli Qonunlari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi PF-5847-son, 2020 yil 29 oktyabr Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida gi PF-6097-sonli farmonlaridir. Ushbu qabul qilingan Qaror va Farmonlarning barchani mohiyatida yurtimizning kelajagini yanada yuksaltirish uchun, mamlakatimizni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo'shish uchun asosiy kuch ilm-fanda ekanligini yana bir isbotidir. Shunday ekan ilmiy faoliyat bilan nafaqat o'qituvchilar, olimlar, professorlar balki, talabalar ham o'z faoliyatining ajralmas qismi sifatida tashkil eta olsa, o'ylaymizki ushbu qonuniy hujjatlardan ko'zlangan maqsadga tezroq erishamiz. Universitet talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari ikki yo'nalishda olib borilishi, ulardan biri o'quv jarayonining ma'lum qismi sifatida o'quv rejalari, kalendar rejalar va dasturlarga kiritilib, barcha talabalar uchun majburiy hisoblangan o'quv-tadqiqot ishlari hamda talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarining keying yo'nalishi o'quv rejalaridan tashqari, mashg'ulotlardan bo'sh vaqtda iqtidorli talabalar yo'li bilan to'garaklarda, kafedra qoshidagi ilmiy laboratoriyalarda, kafedra shoxobchalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlarini, ularning vazifalari, shakllari va usullarini ko'rib chiqamiz. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining mazmuni va tizimi ilmiy-tadqiqot tadbirlari va shakllarining o'quv jarayoni qonuniyatlariga muvofiq ravishda mutassil bo'lishini ta'minlaydi. Bu o'z navbatida ilmiy-tadqiqot ishlari shakl va usullarining kursdan kursga, kafedradan kafedraga, bir fandan ikkinchi fanga, bir xil mashg'ulotlardan boshqa xil mashg'ulotlarga izchil tartibda o'tib borishini, talabalar ilmiy-ishlarni bajarish jarayonida o'zlashtiradigan bilim va mamlakatlarning hajmi asta-sekin ko'payib va murakkablashib borishini ta'minlaydi. Zamonaviy o'qituvchi tadqiqotchi shaxsini tarbiyalash, faoliyatning ichki motivatsiyasini shakllantirish, ma'naviy shaxsni shakllantirish uchun asos yaratadigan qadriyatlar tizimiga e'tiborni shakllantirish uchun ulkan mas'uliyat bilan bog'liq. Tadqiqot faoliyatini tashkil etishning alohida muhim sharti - bu yosh tadqiqotchining tadqiqotchi sifatida maksimal darajada amalga oshiriladigan g'oyaga yo'nalishi, uning intellektining eng yaxshi tomonlarini, tadqiqot qobiliyatlarini ochib berishi va yangi foydali bilim, ko'nikma va malakalarni egallashi. Ushbu ishni bajarishda o'qituvchi, rahbarning san'ati talabani shunday muammoga olib keladiki, uning tanlovini u o'zi tanlagan deb biladi. Bolalar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.2 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.2 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:15 ]
Arxiv ichida: docx