Kurs ishi, Kurs loyihasi va Diplom (loyihasi) ishi matnlari hamda grafik topshiriqlarini yozishning tartib qoidalari

Kurs ishi, Kurs loyihasi va Diplom (loyihasi) ishi matnlari hamda grafik topshiriqlarini yozishning tartib qoidalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kurs ishi, Kurs loyihasi va Diplom (loyihasi) ishi matnlari hamda grafik topshiriqlarini yozishning tartib qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Kollejlar o'quvchilari uchun: Kurs ishi, Kurs loyihasi va Diplom (loyihasi) ishi matnlari hamda grafik topshiriqlarini yozishning tartib qoidalari QO'LLANMA A. A. Qurbonov tomonidan tayyorlangan «Institutlar talabalari va kollejlar o'quvchilari uchun: Kurs ishlarii, Kurs loyihalari va diplom ishi (loihasi) matnlari hamda grafik topshiriqlarini yozishning tartib qoidalari» Qo'llanmasining, NavDKI Uslubiy kengashining 28.04.2009 yildagi № 5 bayonnomasi bilan tasdiqlangan va institut hamda kollejlar talabalari uchun o'quv jarayonida qo'llashga tavsiya etilgan varianti, «Kollejlar o'quvchilari uchun: Kurs ishi, kurs loyihasi va Diplom ishi matnlari hamda grafik topshiriqlarini yozishdagi tartib qoidalar» nomi bilan yangi tahriri Navoiy viloyati o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasining Kengashida qayta ko'rib chiqildi va 10.09.2009 yildagi №2 bayonnomasi bilan tasdiqlanib, kollejlarda o'quv jarayoniga tadbiq etish uchun Qo'llanma sifatida tavsiya qilindi. Annotatsiya Mualliflar tomonidan tayyorlangan Qo'llanmada O'zbekiston Respublikasining standartlari talab va qoidalariga amal qilgan holda «Kollejlar o'quvchilari uchun: Kurs ishi, Kurs loyihasi va Diplom ishi (loyihasi) matnlari hamda grafik topshiriqlarini yozishning tartib qoidalari» to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan va o'rta maxsus kasb - hunar kollejlari o'quvchilari hamda ularning musta'qil ishlarining rahbarlari, mutaxassis xodimlar va o'qituvchilar ommasi uchun foydalanishga tavsiya etiladi. Taqrizchilar: NKMK Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifatni bashqarish bo'limining yetakchi mutaxassisi YA. Husanov. Navoiy viloyat o'rta maxsus kasb- hunar ta'limi boshqarmasi boshlig'i dots. B.B. Sobirov Mundarija KIRISH O'zbekiston Respublikasi musta'qillikka erishganidan so'ng 1991 yilda Vazirlar Mahkamasi qoshida Respublika Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Markazi ochildi. 1997 yil avgustda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Davlatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan esa Respublikamizdagi mavjud Oliygohlar, qolaversa o'rta-maxsus kasb hunar kollejlari hamda o'rta maktablar murabbiylarining va mutaxassislarining zamontalab kadrlar tayyorlashdagi mas'uliyatlari yanada oshirildi. Ana shu nuqai-nazardan mualliflar tomonidan olib borilgan kuzatishlar oqibatida, nafaqat kollej o'quvchilari, qolaversa murabbiylar, musta'qil ish, kurs ishi, kurs loyihasi va diplom ishlari rahbarlarining o'zlari ham o'quv jarayoni bilan bevosita bog'liq bo'lgan me'yoriy hujjatlarni to'g'ri to'ldirishni, ularni to'g'ri tanlashni matnlar va illyustiratsiyalarni qog'ozga tushirishni hali ham eski Soyuz davridan qolib kelayotgan standartlar asosida bajarayotganliklari qayd etildi. Bizning, musta'qil davlatimiz oshib borayotgan bir paytda, endi mujassamlashib, o'sib kelayotgan, ertangi kunda bizning o'rnimizni egallab bizdan ham yaxshiroq va sifatliroq ishlashga shay turgan yosh avlodni to'g'ri o'qish, yozish va ish yuritishga o'rgatish bizning asosiy vazifalarimizdan ekanligini unutmasligimiz zarur deb hisoblaymiz. Ko'p hollarda o'quvchi-talabalarimiz musta'qil ishlarni, kurs ishi, kurs loyihasi va bitiruv ishlarini matnlar materiallarini qaysi qoidalar asosida qog'ozga tushirish lozimligi, topshiriq blankalarini qanday tanlash va to'ldirish, qog'oz va chizmalardagi burchak tamg'alarini qaysi standartlar asosida chizish va to'ldirish, qolaversa ishni to'laligicha qay yo'sinda yozish kabi muammolarga duch ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga