Kutubxona bo'limlari va kutubxonadan foydalanish tartib qoidalari. Axborot resurslar markazi haqida ma'lumot RYeJA: 1.Kitobxonlar bilan ishlash. Kitobxonlarga xizmat ko'rsatishning tartib qoidalari. 2.Kitobxonlar qiziqishini o'rganish. 3.Kutubxona axborot resurslar markazi haqida ma'lumot. Mustaqil O'zbekistonning kuch-qudrati manbayi xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir.Xalqimiz adolati,tenglik,ahil qo'shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab-asrab kelmoqdalar.Hozirgi kunda kutubxonachilarimiz oldidagi asosiy talablar shundan iboratki,o'tmish ajdodlarning ko'p asrlar davomida ta'lim -tarbiya sohasida orttirgan boy, ijobiy tajribasini o'zlashtirish asosida yosh avlodni O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash yo'lida olib borayotgan ishida faol ishtirok etadigan fidoiy qilib kamol toptirishga etibor berilmoqda. Markazlashgan kutubxona tizimi kitobxonlarga yagona kitob jamg'armasidan yoki ular uchun qulay bo'lgan tarmoq kutubxona ,kutubxona punkti yoki ko'chma kutubxonalardan Axborot-resurs markazlardan foydalanish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabul kilinganda Prezidentimiz ta'limni yangi modeli jamiyatda erkin fikrlovchi shaxsni kamol toptirish uchun xizmat qiladi va jahon axborot tizimiga ulangan holda jamiyat tarakkitini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi degandi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «ta'lim to'g'risida»gi qonunda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi huquqiy asoslari yaratib berildi, yani o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining yangi modeli - «O'zbek modeli» yaratildi. Bu model yaratilishida rivojlangan davlatlar kasb-hunar ta'limi tizimi jiddiy urganilib, bunda uzlikka xos bo'lgan milliylik o'z ifodasini topdi. Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda viloyat kutubxonalari tarmog'ini tashkil etishni takomillashtirish bugungi kun yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo'naltirilgan tubdan yangi axborot markazini barpo etish, shuningdek keng aholi qatlamini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Prezidentimizning 2006 yil 20 iyun Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risidagi PQ-381-sonli qarori chiqarildi. Axborot-resurs markazlari tashkil etilishining asosiy mohiyati va mazmuni shundan iboratki, milliy model - O'zbek modeli ishlayapti, demak, endi intellektual salohiyatni oshirish uchun imkoniyat yaratildi, uni amaliyotga tadbigi uchun Axborot-resurs markazlariga zaruriyat paydo buldi. Endi o'quvchi-talaba, o'qituvchi, shuningdek aholini barcha ma'lumotga, axborotga tashna, intiluvchi qatlamini ma'lumotga, yangilikka, ko'yingki, barcha zaruriy axborotlarga ega bo'lishi uchun yul ochish zaruriyati tugildi. Shuningdek, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari kuyidagilardan iboratligi ko'rsatilgan: - moddiy-texnika ta'minoti barcha bosqichdagi ta'lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi; - ta'lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish. yuqorida keltirilgan ta'lim tizimining bir butun yaxlit axborot bazasini vujudga keltirish zarurati paydo buldi. Axborot-resurs markazlari moddiy texnika bazasi asosini tashkil qiluvchi jihozlar kuyidagilardir: - nusxa kuchiruvchi apparat (kseroks) - telefon va faks apparatlari - multimediya - videoglaz - kompyuter - skaner, printer va x.k. ARMni mazmun jihatdan boyitish yoki boyitilishi, bu undagi mutaxassislarni intellektual salohiyatiga asosan bog'liq bo'ladi, bu urinda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:16 ]
Arxiv ichida: doc