Reja: 1.Kutubxonalar tizimining mohiyati. 2.O'zbekistondagi kutubxonalarningtiplari va turlari. 3.Kutubxonalarning jamiyatdagi o'rni va vazifalari. 1. Mustaqillik O'zbekistonga ijtimoiy,iqtisodiy va ma'naviy o'zgarishlarni olib keldi.Markazlashtirilgan buyruqbozlik barham topdi.Erkin iqtisodiy aloqalar tizimiga o'tildi.Mustaqillik sharofati bilan bir qancha afzalliklarga erishildi.Jumladan:Elektron hisoblash texnikalari, INTYeRNYeT dan foydalanish,Elektron kataloglaridan foydalanish, adabiyotlarning elektron versiyalaridan foydalanish kitobxonlarga yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Madaniyatlilikning ajralmas tarkibiy qismi-bu kutubxonachilik, yani axborot xizmatidir. Kitob-yuksak darajada rivojlangan malum tuzilmadir. Kitob-jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismidir. Insoniyat madaniyati taraqqiyotining eng to'liq va har tomonlama ifodasi sifatida kitobning shaxsni tarbiyalashda uning aqliy rivojlanishida ahamiyati kattadir. Kutubxona-jarayonlarning birligini,kutubxona sistemasining boshqaruvini ta'minlash va shu asosda kitobxonlarga xizmat ko'rsatish- markazlashtirish tizimining eng muhim mezonidir.Kitoblar-aholini g'oyaviy,siyosiy va axloqiy jihatdan tarbiyalash hamda ularni umum-ta'lim,madaniyat va kasbiy bilimlarini oshirishda xizmat qiladi.Har bir kutubxona markaziy kutubxona tizimining tarkibiy qismi bo'lib,u tashkilot rahbarligida ishlaydi. Markaziy kutubxona tizimida abonoment, o'quv zali, kitobxonlarga xizmat ko'rsatish bo'limlari va ixtisoslashgan bo'lim va sektorlar bo'lishi mumkin. Kitobxonlarga xizmat ko'rsatish bo'limii,adabiyotlarga ishlov berish bo'limi,yagona fond va kutubxonalararo abonomentdan foydalanish bo'limi, markaziy kutubxona tizimining strukturasi (tuzilishi)ni hisoblanadi. Kishilik jamiyati tarixi bilmaslikdan bilishga tomon tutilgan yo'l, hur fikrlikning jaholatparastlikka qarshi kurashi, aql-idrok va ma'rifatning nodonlik va mutaassiblik ustidan g'alabasi tarixidir.Insoniyat uzluksiz ijtimoiy taraqqiyot yo'lidan olg'a qarab bormoqda.Inson tafakkurining buyuk g'alabalarini o'zida saqlab kelayotgan insoniyatning ijtimoiy xotirasi esa ana shu taraqqiyot asosini tashkil etadi.Ijtimoiy xotira hamma davrlarda axborotni qayd qilish yoki ro'yxatga olish, satrlash, qaytadan tiklash va avloddan-avlodga etkazishning muayyan davrga mos bo'lgan shakllarini topar edi.Odatda bu shakllar malum sifatga ega bo'ladi.Insoniyat tarixining ibtidosida tilning paydo bo'lishi dastlabki tajribalarni o'zlashtirishda, mehnat qurollarini takomillashtirishda, ulardan foydalanishda hal qiluvchi rol uynadi. Fikrlarni uzoq vaqt mobaynida saqlashga, ularni bir kishidan ikkinchi kishiga, avloddan-avlodga etkazishga imkon bergan yozuv eng muhim belgilar tuzilmasi bo'lib qoldi. O'z navbatida kitobning o'zi yuksak darajada rivojlangan malum tuzilmadir.Ko'p asrlar davomida kitobning tashqi ko'rinishi, mujassam holda namoyon bo'lishi,ishlab chiqarilishi uzluksiz ravishda takomillashib keldi.Antik davrning o'rama kitoblari o'rniga,eramizning IV asrida, hozirda biz foydalanayotgan muqovalangan qo'lyozma kitob paydo bo'ldi.Bizning davrimiz matn va rasmlarlar bilan berilgai axborotlarni qayta ishlashning elektron uslublarini joriy etish yo'li bilan kitob chiqarishni tubdan o'zgartirib yubordi.Kitob jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismidir.Insoniyat madaniyati taraqqiyotining eng to'liq va har tomonlama ifodasi sifatida kitob ko'p asrlar mobaynida shaxsni tarbiyalashda va uning aqliy rivojlanishida muhim rol uynaydi. 2.Kutubxonalarning tiplari va turlari. Kutubxonalarning tiplari kutubxonashunoslik fanining eng dolzarb va murakkab muammolaridan biridir.Hozirgi kunda ommaviy,madaniy-ma'rifiy va ilmiy axborot muassasalari bo'lmish kutubxonalarning roli uzluksiz o'sib bormoqda.Kutubxonalar madaniyat yutuqlaridan foydalanish borasida fuqarolarning asosiy insoniy huquqlarini keng ro'yobga chiqarish imkonini beradi,onglilikni oshirishga ko'maklashadi, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.07 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.07 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:16 ]
Arxiv ichida: doc