Kutubxonachilik tarixi va uning hozirgi davrdagi turlari

Kutubxonachilik tarixi va uning hozirgi davrdagi turlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Kutubxonachilik tarixi va uning hozirgi davrdagi turlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Antik davr kutubxonalari. 2. o'rta asrlarda sharq kutubxonalari. 3. XX asrda O'zbekistonda kutubxonalar tarmogining rivojlanishi. 4. hozirgi davrda kutubxonalarning turlari. «Insoniyat tarixidagi dastlabki kitoblar va kutubxonalar kachon, qanday ijtimoiy-madaniy sharoitlarda vujudga kelgan?», degan savol kupchilik pedagog xodimlarni, jumladan kutubxonachilarni kiziktirmasdan kolmasa kerak. Birok bu savolga mufassal javob qaytarish oson emas, chunki ma'lumotlar turli manbalarda turlicha talqin kilinadi va o'z-uzidan ularni solishtirish, anikliklar kiritish, tuldirish zarurati tugiladi. O'zbekcha komusni varaklaymiz. Uning 6-jildida (191-bet) aytiladiki, «Kutubxona yozma yodgorliklar saqlanadigan joy sifatida kadim zamonlarda paydo bo'lgan. Mil.av. VII asr o'rtalarida sharqdagi ko'p mamlakatlar podshoxlari saroylarida sapol va pergamentdan iborat hujjatlar to'plamlari saqlangan». «Tong yulduzi» gazetasida bosilgan «Kutubxona - nurxona» sarlavxali xabarnoma (199 yil 20 aprel) bu ma'lumotni kisman tuldiradi. «Ura shaxridagi (Abraam patriarxlar shaxri) kazilma ishlarini olib borgan kishilar, - deyiladi xabarnomada, - yozuvlar tushirilgan taxtachalar topib olishdi. Bu yozuvlar eramizdan avvalgi 800 - yillarga to'g'ri kelib, birinchi kutubxonalarga qarashli ekan». Shundan sung xabarnomada miloddan oldingi 600-yillardayok Mesopotamiya (hozirgi Irok) saroylarida yaxshi tashkil etilgan kutubxonalar bo'lganligi, misrliklar, yunonlar va rimliklar xam ushandan ko'p utmay o'z yozma yodgorliklarini saqlash ga kirishganliklari bayon kilinadi. O'zbekcha komusda bu masala kuyidagicha izoxlangan: «qadimgi Misr ibodatxonalarida ruxoniylarga xizmat kilgan kutubxonalar bo'lgan. Yunonistonda birinchi yirik kutubxonani Aristotel tashkil etgan (mil. av. 4-asr). qadimgi davrdagi kutubxonalardan eng mashxuri Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasidir». Endi nashr etilganiga 2004 yilda bir asr tuladigan «Bolshaya ensiklopediya»ning 3-jildiga razm solamiz. Unda takidlanishicha, qadimgi misrliklar kitoblarning ancha yirik jamgarmalariga ega edilar, ulardan eng ko'hnalari Xristos tavalludigacha bo'lgan XIX asrga mansubdir. Assiriya va Vavilon shaharlari xarobalaridan topilgan bazi yodgorliklar xam kutubxonalarning koldiklari hisoblanadi. Yunon saltanati kulaganidan keyin ellin madaniyati kushni mamlakatlarda - Osiyo, Misr, Italiyada rivojlandi, bu erlarda kutubxonalar tashkil topishiga olib keldiki, bulardan eng nomdorlari Ptolomiy asos solgan Aleksandriya kutubxonasi va Pergame'dagi kutubxonadir. Xakikatan xam bizgacha saqlanib kolgan shunday kutubxonalar, yozuvlar va kitoblar bo'lmaganida insoniyat o'z o'tmishini xam, bilim, donolik va xikmatlarni xam bilolmagan, ilm-fanni taraqqiy ettira olmagan bulardi. Yurtdoshimiz Yusuf Xos Hojib «Kutadgu bilig» asarida (1066 yil) yozib kuyganidek: Bitib kuymasaydi dona kalami, Korongi kolardi moziy olami. Ona tilimizdagi komusda tarixiy manbalarning guvoxliklariga tayanib yoziladiki, «o'rta Osiyoning ko'p davlatlarida, xususan Sugdiyona, Xorazmda II asrlardayok anchagina boy kutubxonalar bo'lgan». Shu yerga kelganda o'qishni tuxtatishimizga to'g'ri keladi. Negaki, Markaziy Osiyodagi eng qadimgi xalqlarning yozuvlari miloddan avvalgi V, IV asrlarda shakllana boshlagani, ajdodlarimiz bu davrda xorazmiy, sugdiy, boxtar tillarida yodgorliklar bitganliklari misol sifatida keltirilmayapti. Loakal yaratilish o'rni Amudaryo buyidagi viloyatlar, Balx bilan Xorazm oraligi, sanasi bugungi kunlarimizdan 3 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 90.29 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 90.29 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga