Lavozimga da'vogar imidjini korreksiyalash va talablarga moslashtirish nazariyalari

Lavozimga da'vogar imidjini korreksiyalash va talablarga moslashtirish nazariyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Lavozimga da'vogar imidjini korreksiyalash va talablarga moslashtirish nazariyalari - rasmi

Material tavsifi

Lavozimga da'vogar imidjini korreksiyalash va talablarga moslashtirish nazariyalari Ma'lumki, boshqaruv - murakkab kasblardan biri bo'lib, u nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik bilimlarni nazariy jihatdan, balki amaliy jihatdan ham o'zlashtirgan holda yetarli tayyorgarlikka ega bo'lishlikni talab etadi. Bunda umumiy, texnik, iqtisodiy, omilkorlik va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo'lish bilan birga, rahbar barcha haqiqatlarni tushunish orqali ko'p qirrali vaziyatlarda, sharoitlarda o'z qiyofasini amaliy tarzda to'g'ri ifoda eta olishni bilishi zarur. Vaholanki, rahbar tomonidan olib boriladigan boshqaruv jarayonini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshishi uchun qiyofaning roli ham katta ahamiyatga ega bo'ladi. Ta'kidlab o'tish joizki, rahbar shaxsining barcha qobiliyatlarini mukammallashtirish boshqaruvda qanchalik ahamiyat kasb etsa, rahbarda qiyofani maxsus shakllantirish bilan professonal faoliyatda kamolotga erishish ham shunchalik muhim. Rahbar qiyofasi deganda, imidj so'zining ifodasi namoyon bo'lar ekan, bu boradagi turli xil ta'riflarni keltirish, ularni tahlil qilish va o'rganish uning yanada chuqurroq mohiyatini anglab yetish hamda ushbu mazmunda teran fikr yuritishga undaydi. Masalan, boshqaruv jarayonida rahbar imidjini yaratish va shakllantirishning turli tamoyillarini tadqiq qilish imidj fenomeni shaxs tamoyili va ta'sir ko'rsatish psixologiyasi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tahlil etilganligini e'tirof etish kerak. Ko'plab mutaxassislar tadqiqotlar orqali qo'lga kiritilgan natijalarga tayanib - imidj - uni uzatish usulini o'zgartirish orqali yaratiladi, deb hisoblaydilar. Zero, qandaydir ta'sir ko'rsatuvchi ko'rinishdagi imidjni shakllantirishning zamonaviy tamoyillari hali XIX-XX asrlarda ishlab chiqilgan g'oyalarga asoslangandir. Masalan, A.Panasyukning taklif etayotgan yondashuvida psixoanaliz usullariga asoslanganligini aytib utish mumkin. U imidjni qabul qilish ko'pincha ongsiz ravishda sodir bo'ladi deydi. A.Panasyuk fikricha: Odamlarning o'zini tutishi ko'pincha ongdagi axloq me'yorlari orqali determinasiya qilinadi. Uning, resipiyent ongiga ma'lumot yetkazish tamoyili shunday qilish kerakki ma'lumot ongga yetib borishi kerakligi bilan ifodalanadi. Muallif ma'lumot qabul qilish mexanizmini o'rganib chiqib, qabul qilish stereotipini faqatgina qo'shimcha imidj yaratuvchi ma'lumotlar orqali ongga ta'sir qilib o'zgartirish mumkinligi haqidagi xulosasiga keladi. Bunda imidjni yaratuvchi ma'lumot takrorlanib, tasdiqlanib, muallif fikricha ishonchlilik testidan o'tishi kerak. A.Panasyuk har xil qabul qilish oqimlaridan keladigan axborotlarni o'zaro mos kelishiga alohida e'tibor beradi. O'zaro mos kelmaslik ishonchsizlikni tug'diradi. Muallif qabul qilishning konservatizm ya'ni, ongga singgan ijobiylik va salbiylikni o'zgartirish murakkablik xususiyatiga alohida urg'u beradi. A.Panasyukning tamoyili real Menning tashqi o'zgarishlari asosida quriladi. Muallifning fikricha, xarakteringizning salbiy tomonlarini ko'rsatuvchi munosabatlar harakatini namoyon etmasdan, muloqot qilayotgan odamingizga huzur bag'ishlaydigan xarakteringizning tomonlarini taqdim eting. Shuningdek, u psixotexnikalardan foydalanishni, muallif psixotexnika deganda, xulq-atvorning to'g'ri hisoblangan verbal yoki noverbal usullarini nazarda tutar ekan, ya'ni ochiq ko'zlar - ongli ravishda ishlashni o'rganish zarurligini ta'kidlaydi. A.Bodalevning ijtimoiy persepsiya tamoyili ham ta'sir ko'rsatish psixologiyasi asosida yuzaga kelgan bo'lib, muallif tomonidan olib borilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.25 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.25 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga