Leksika o'qitish metodlari

Leksika o'qitish metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Leksika o'qitish metodlari - rasmi

Material tavsifi

Leksika o'qitish metodlari Reja: o'quvchilarga so'zning o'z va kuchma manoda kullanish yo'llarini o'rgatish. so'zlarning shakl va mano munosabatiga ko'ra turlari mavzusini utishda turli usullardan foydalanish. Uyadosh va shakldosh so'zlarning bir - biridan farqini tushuntirish yo'llari. nutqimizdagi keng kullanishli va tor kullanishli so'zlarni o'rganish. o'quvchilarga iborani tushuntirish masalalari. Leksikologiya bo'lim o'quvchilarni nutq uslublari bilan xam tanishtirish vositasi ekanligi. Ona tili fanining Leksikologiya (suzshunoslik) bo'limida, asosan, so'zning o'z va kuchma manosi, manodosh (sinonim) so'zlar, uyadosh (bir mavzuga oid so'zlar), zid manoli (antonim) so'zlar, shakldosh (omonim) so'zlar, atamalar, mahalliy so'zlar, tarixiy so'zlar, yangi va eskirgan so'zlar, kasb - hunarga oid so'zlar, ibora va tasviriy ifodalar hamda olinma so'z kabilar urganiladi. 48 soat vaqt berilgan. so'zning o'z va kuchma manolarini bilish nutq uchun muhim ahamiyat kasb etadi. so'zning o'z va kuchma manolarini bilish uchun o'quvchiga so'zlarning matn ichida qanday manoda, matndan ajratib olinganda esa kaysi manoda kelayotganini anglatish lozim. Masalan, «Temir irodali odam» birikmasidagi temir so'zi matn ichida kuchma manoda, matndan ajratib olinganda esa o'z manosida kelyapti. Shuningdek, o'quvchi so'zni eslaganda kuz oldiga keladigan narsa, belgini atovchi mano bilan nutqdagi manosi yaqin bulsa, bunday mano so'zning o'z manosi ekanligini bilib olishi mumkin. Aytaylik, «ok qog'oz oldim» gapida ok so'zi o'z manosida kelyapti, chunki o'quvchi ok so'zini dastavval eslagandagi manosi nutqdagi manoga mos kelyapti. «Ulkamizda ok tonglar otdi» gapidagi ok so'zi esa o'quvchining mazkur so'zni dastlabki eslagan manosiga nutqdagi manosi mos kelmayotgani uchun kuchma manodadir. so'zning o'z va kuchma manolari o'rtasida qanday bog'lanish borligini aniqlash o'quvchilar uchun shakldosh (omonim) so'zlarni utishda xam kul keladi. Malumki, o'z va kuchma manoli so'zlar o'rtasida nisbiy o'xshashlik mavjud, omonim so'zlarda esa bunday xususiyat yuk. o'quvchilarga dars davomida ukiyotgan badiiy asarlaridan parcha tanlab, kuchma manoda ishlatilgan so'zlarni aniqlash, kuchma manoning ta'sirchanligiga, badiiyligiga etibor berish yoki uzlari mustaqil kuchma manoda ishlatilgan so'z yoki so'z birikmalari katnashgan 2-3 ta gap tuzish kabi mashqlarni topshirish mumkin. so'zlarning shakl va mano munosabatiga ko'ra turlari hisoblangan manodosh (sinonim), shakldosh (omonim), zid manoli (antonim) so'zlarni utishda bular o'quvchilarning so'z boyligini, ular nutqining ta'sirchanligini oshiruvchi vosita bo'lishini unutmaslik kerak. o'quvchilar tavsiya etilgan matn yoki gaplardan ajratilgan so'zlarga manodosh, uyadosh va zid manoli so'zlarni topib, matn yoki gaplarni uzgartirish, so'zning o'z va kuchma manodagi uyadosh va manodoshlari ustida ishlashlari, manodosh (sinonim) so'zlar orasidagi farqlarni izoxlash, manodosh so'zlarning ishlatilish o'rinlarini belgilashlari mumkin. Masalan, 5-sinf «Ona tili» darsligining 248-mashqidan parcha keltiraylik. Gaplarni uking. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarni kavsda berilgan so'zlar bilan almashtirib, mano farqlarini tushuntiring. Bola vazifani tez tushundi (faxmladi, angladi). ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.17 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.17 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga