Leksikologiyani o'qitish metodikasi Leksikologiya (yunoncha Lexis - so'z, logos - fan, ta'limot) so'z haqida fan bo'lib (uni o'zbek tilida so'zshunoslik deb ham atashadi)… muayyan tilda ishlatiladigan barcha so'zlar shu tilning lug'at boyligini tashkil qiladi. Tilshunoslikning bu bo'limi so'z va uning ma'nolarini o'rganish bilan shug'ullanganligi sababli o'quvchi so'z boyligini oshirish va boyitishda katta imkoniyatlarga ega. Leksikologiyani o'rganish jarayonida so'zning grammatik hamda lug'aviy, o'z va ko'chma ma'nolari, bir ma'noli va ko'p ma'noli so'zlar, ma'no ko'chish usullari, ma'nodosh, uyadosh, zid ma'noli, shakldosh, talaffuzi yaqin, ma'nosi farq qiluvchi - paronim so'zlar, umumxalq ko'p ishlatadigan va kam ishlatadigan so'zlar, tarixiy, shevaga oid, yangi paydo bo'lgan va eskirgan, kasb - hunarga oid so'zlar, atamalar, ibora va tasviriy ifodalar kabi xoisalar bilan tanishiladi. O'quvchilar nutqining go'zalligi, izchilligi, ta'sirchanligi dastlab ularning lug'at boyligi bilan bog'liq. Boshlang'ich sinflardan boshlab akademik lisey va kasb - hunar kollejlarigacha bo'lgan davrda o'quvchilar o'rganadigan so'zlar lug'ati o'rganilishi, ana shu asosda so'zlar tanlanishi zarur. Bunda bir qator xususiyatlar e'tiborga olinadi. Xususan: so'zlarning amaliy ahamiyati, ya'ni o'quvchilarning butun ta'lim jarayoni uchun ma'rifiy hamiyatga ega bo'lgan so'zlar; - so'zlarning amaliyotda qo'llanish darajasi, uning muntazam yohud alohida holatlardagina qo'llanishi; so'z ma'nosining to'la tushunilishi. SO'ZNING O'Z VA KO'CHMA MA'NOSINI O'RGANISH USULLARI Topshiriq. Berilgan gaplardagi gul, yulduz so'zlarining ma'nolarini aniqlang. Namuna: 1-ustunda berilgan gaplardagi yulduz, gul so'zlari qiz, farzand ma'nosini beradigan ko'chma ma'noda qo'llanilgan. 2-ustundagi mazkur so'zlar esa o'z ma'nosida qo'llangan. Demak, bir xil shakldagi so'zlar ikkinchi tur ma'noda ham qo'llaniladi va mazkur holatni so'zning ko'chma ma'nosi deb yuritiladi. E'tiboringiz uchun rahmat! ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:25:49
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
73.18 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:16
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:25 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
73.18 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:16 ]
Arxiv ichida: ppt