Litsey va kollej o'quvchilari o'quv faoliyatining psixologik xususiyatlari

Litsey va kollej o'quvchilari o'quv faoliyatining psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Litsey va kollej o'quvchilari o'quv faoliyatining psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Litsey va kollej o'quvchilari o'quv faoliyatining psixologik xususiyatlari Reja: o'quv ishlari turlarining psixologik asoslari. Malaka va ko'nikmalarni shakllantirish shartlari. Ishlab chiqarish ta'limidagi mashqlarning psixologik tasnifi. Kasb-hunar ta'limi psixologik nuqtai-nazardan-murabbiy va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo'lib, o'quvchilarning kasb-hunar egallashiga, ishlab chiqarish jarayonida kasb-hunar sirlarini bilib olishga, ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashti-rish uchun hozirgi zamon ishlab chiqarishi texnologik jarayonlarini uzlashtirishga, hozirgi zamon ilg'or ishchisi uchun zarur bo'lgan kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishga va malakali ishchi shaxsini shakllantirishga yo'naltirilgan, ta'limiy va tarbiyaviy jarayonlar majmuidir. Kasb-hunar ta'limining psixologik qonuniyatlarini bilish ta'limning barcha shakllarida, tizim va metodlarida juda muhimdir. Chunki u kasb o'rganish jarayonini to'g'ri tashkil qilish bilan ta'lim samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi, jumladan kasb o'rganish uchun sarflanadigan o'qish muddatini qisqartirishga, kasbiy tayyorgarlik sifatini yuksaltirishga, kasb-hunar ta'limi tizimidagi bilim yurtlarida, kollejlarda o'quvchilarning o'qishni tashlab ketishlarini kamaytirishga yordam beradi. Kasb-texnika ta'limi turli shakllarda amalga oshiriladi: korxonalarda yakka tartibdagi «usta-shogird» shaklida; ishlab chiqarish korxonasida uziga zarur ixtisosdagi ishchini tayyorlab olish va qayta tayyorlash uchun mo'ljallangan kurslar tashkil qilish tizimida; va nixoyat, kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi. Kasb-hunar kollejlarida o'quv ta'lim ishlari tarixan shakllangan ta'lim nazariyalari va ular oldiga qo'yilgan maqsadlar asosida olib boriladi. Bu nazariyalar turli davrlarda, turli mamlakatlarda yaratilgan va turli maqsadlarda hayotga tadbiq qilingan bulsada, bugungi kunda yangidan tiklanib kelayotgan uslub va tadbirlar katorida bularni bilib kuyish kollej o'qituvchi-murabbiylari uchun foydadan xoli emas. ta'lim nazariyalari eng avvalo ta'lim mazmuniga taaluklidir. ta'lim mazmuni tarixiy xarakterga ega bo'ladi. Kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida u turlicha bo'lgan. Utgan asrning boshlarida maktabdagi ta'lim mazmunini tanlab olishga nisbatan ikki yo'nalish: formal ta'lim nazariyasi hamda moddiy ta'lim nazariyasi vujudga keldi. Formal (yoki klassik) ta'lim nazariyasi tarafdorlari maktabning asosiy diqqat-etibori bolalar yoki aqli xali tushunib etmaydigan tabiat va jamiyat haqidagi konkret bilimlarni uzlashtirib olishga emas, balki o'quvchilarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga karatilishi kerak, deb hisoblar edilar. Bu rivojlanish vositasi-formal aqliy mashqlar, uning materiali esa tillar, avvalo qadimgi tillar (lotin, qadimgi yunon, qadimgi slavyan, fors va eron) va arab tillari, matematika singari fanlar birinchi uringa kuyildi. Guyoki, mutaxassis kaysi kasb egasi bo'lishidan katiy-nazar tillarni bilishi, chiroyli suzlashi, uziga karata olishi, chiroyli yozishi, mazmunini tushuntirib berolmasa xam kupgina formula va qoidalarni bilishi shart deb karalar edi. Kuruk yodlashdan boshqa iloji yuk edi, bu esa bilimga kizikishni yukotar edi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va uni texnika bilan qurollantirishning o'sishi amaliy hamda real bilimlarni egallagan mutaxassislarni talab kilar edi. Ana shu sharoitda moddiy ta'lim nazariyasi vujudga keladi, bu nazariya o'quv materialining amaliy jihatdan foydali bo'lishi uni tanlash mezonidir, deb hisoblar edilar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.91 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.91 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga