Logann Genrix Pestalotstsi (1746-1827)

Logann Genrix Pestalotstsi (1746-1827)

O'quvchilarga / Pedagogika
Logann Genrix Pestalotstsi (1746-1827) - rasmi

Material tavsifi

Iogann Genrix Pestalotstsi (1746-1827) Reja: Pestalotstsining pedagogik faoliyati Pestalotstsining ijtimoiy-pedagogik va falsafiy qarashlari. Tarbiyaning maqsadi va mohiyati Elementar ta'lim nazariyasi Boshlang'ich ta'limning xususiy metodikalarini yaratish Pestalotstsi pedagogika nazariyasi va tajribasining ahamiyati Pestalotstsining pedagogik faoliyati. Iogann Genrix Pestalotstsi Shveytsariyaning Tsyurix shahrida vrach oilasida tug'ildi. Pestalotstsi otadan yosh judo bo'lib, onasi hamda oddiy dehqon ayol - ularning sobiq xizmatchisi tarbiyasida o'sdi. Pestalotstsi avval boshlang'ich maktabda, so'ngra lotin maktabida o'qib ilm oldi. Pestalotstsi o'rta maktabni tamomlagach, ko'proq gumanitar fanlar o'qitiladigan oliy o'quv yurtiga - kollegiumga, uning filologiya va falsafa bo'limlariga kirib o'qidi. Pestalotstsi kollegiumni tamomlamay turib, xalqning ahvolini yaxshilash to'g'risida o'zining azaldan orzu qilib kelgan niyatini amalga oshirishga qaror qildi. 1769 yilda Pestalotstsi o'zining ijtimoiy tajribasini boshladi. U pul qarz olib, kichikroq qo'rg'on va yer sotib oldi, bu yerga «Neygof» («Yangi qo'rg'on») deb nom berdi va tevarak-atrofdagi dehqonlarga o'z xo'jaliklarini unumdor xo'jalikka aylantirishni o'rgatish maqsadida, bu yerda namunali ferma tashkil qilmoqchi bo'ldi. Tajribasiz va xo'jalik ishlaridan bexabar bo'lgan Pestalotstst oradan ko'p o'tmay sindi, va u xalq foydasini ko'zlab yana yangi yo'llar qidirishga majbur bo'ldi. U 1774 yilda «Neygof»da «Kambag'allar muassasasi»ni ochib, etim va boqimsiz bolalardan 50 ga yaqin kishini shu muassasaga to'pladi. Pestalotstsining fikricha, bolalarning o'zlari ishlab topgan pullar shu etimxonaning xarajatini qoplashi kerak edi. Yetimxonada tarbiyalanayotgan bolalar dalada ishlar, shuningdek, to'quv va yigiruv dasgohlarida ip yigirib, mato to'qir edilar. Pestalotstsining o'zi bolalarga o'qish, yozish va hisob o'rgatar, ularni tarbiyalash bilan shug'ullanar edi. Hunarmand ustalar esa bolalarga ip yigirish va to'qishni o'rgatardilar. Shu tariqa, Pestalotstsi o'z muassasasida bolalarni o'qitishni ularni unumli mehnatga o'rgatish bilan qo'shib olib borishga urindi. Pestalotstsi boshlagan ish tezda barbod bo'ldi, chunki siyosiy hokimiyat va moddiy mablag'larning egalari uni qo'llab-quvvatlamadilar. Bolalar ming mashaqqat bilan mehnat qilish tufayligina o'zlari yashab-ishlab turgan etimxona xarajatlarini ko'tara olar edilar, lekin gumanist va demokrat Pestalotstsi o'zi tarbiyalayotgan bolalarni bunday og'ir sharoitda yashashini istamasdi va bunga yo'l qo'ya olmas edi. U bolalarni mehnatini, avvalo, bolalarning jismoniy kuchlarini aqliy va axloqiy qobiliyatlarini o'stirish vositasi, deb bildi. U bolalarga faqat hunar o'rgatibgina qolmasdan, balki ularni keng ravishda mehnatga o'rgatishga intildi. Pestalotstsi Neygofda o'tkazgan tajribaning pedagogika uchun ahamiyati katta bo'ldi. Pestalotstsi tajribani davom ettirish uchun mablag' bo'lmaganligi sababli oradan ko'p vaqt o'tmay etimxonani yopishga majbur bo'ldi. Lekin bu muvaffaqiyatsizliklar uni, xalqqa yordam berish maqsadidan qaytara olmadi. Pestalotstsi 1798 yil Shveytsariya inqilobi natijasida etim qolgan 5 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan 80 bolaga mo'ljallangan etimxona ochadi. Bu etimxonaning ish mazmuni uni 1799 yili yozgan «Stantsda bo'lishi to'g'risida do'stlaridan biriga yuborgan maktub»ida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.28 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.28 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga